Ana shularga ko’ra o’zbek xalq shevalarini 4 katta guruhga bo’lib ko’rsatgan:
Ana shularga ko’ra o’zbek xalq shevalarini 4 katta guruhga bo’lib ko’rsatgan:
1)O’rta o’zbek dialekti. Bu dialektga 2 guruh sheva kiritilgan:
a)O’rta O’zbekiston shevasi (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona tipidagi shevalar); unlilar miqdori 6-7 tadan iborat. So’zlarning birinchi va keyingi bo’g’inlarida ochiq o fonemasi ishlatiladi.
b)shimoliy o’zbek shevasi (Chimkent, Sayram, Jambul,Marki va Janubiy Qozog’istonning ba’zi bir o’zbek shevalari). Unlilar 8 ta fonemadan iborat. Bu guruh shevalarda o o’rnida a qo’llanadi.
2.Shayboniy-o’zbek yoki j-lovchi dialekt. Bunga hamma j-lashgan shevalar kiradi. Bu shevalarda unlilar 8-9 ta
2.Shayboniy-o’zbek yoki j-lovchi dialekt. Bunga hamma j-lashgan shevalar kiradi. Bu shevalarda unlilar 8-9 ta
3.Janubiy Xorazm dialekti. Bunga Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G’ozovot, Sho’raxon va unga yondosh bo’lgan shevalar kiritilgan. Bu shevalarda unlilar soni 9 ta.
4.Alohida guruh shevalari. Bunga yuqoridan 3 ta guruh kirmagan shevalar (Qorabuloq, Iqon, Mankent, Bog’don) va «umlautli» (Namangan) shevalari kiritilgan.
Bu tasnif o’zbek dialektologiyasining eng yaxshi tasniflaridan biridir
V.V.Reshetov tasnifi
V.V.Reshetov o’zbek shevalarining tarixiy lingvistik xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qardosh tillar (tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman) munosabatini hisobga olgan holda o’zbek shevalarining tasnif sistemasini tuzdi.
O’zbek xalq tarkibida tarixiy-lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan (farq qiladigan) uch dialekt borligi mavjud (bu birlik o’zbek, qozoq, uyg’ur, turkman, qoraqalpoqlar sostavidagi turk qabilalarining migratsiyasi tufayli ham paydo bo’lgan).
Bu dialekt birliklari o’z navbatida o’zbek tili tarkibida uch lahjani, ya’ni qipchoq,o’g’uz, qorluq-chigil-uyg’ur lahjalarini vujudga keltirdi. Bular hozirgi kunda ham o’zbek tilining alohida lahjasi sifatida davom etib kelmoqda. Demak, o’zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan: