For operatori, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma’lum bo‘lganda qo‘llaniladi.
1–misol. “O’zbekiston – vatanim manim!” matnini ekranga 20 marta chiqaruvchi dastur tuzing.
Yechish. Shartga ko‘ra ekranga “O’zbekiston – vatanim manim!” matni 20 marta chiqarilishi kerak. Ya’ni WriteLn(‘O’zbekiston – vatanim manim!‘) operatori 20 marta takrorlanishi lozim. Quyidagicha dastur tuzamiz:
Program Takrorlash;
Var I : Integer;
Begin
For I:=1 To 20 Do WriteLn(‘O’zbekiston – vatanim manim!‘);
End.
Ushbu dasturda takrorlash parametri I ning boshlang‘ich qiymati 1 ga, oxirgi qiymati 20 ga tengdir. Takrorlash tanasi bitta – WriteLn(‘O`zbekiston – vatanim manim!‘) operatoridan iborat. Dastur bajarilganda takrorlash parametri navbat bilan 1, 2, 3,…, 20 qiymatlarni qabul qiladi va har safar WriteLn(‘O`zbekiston – vatanim manim!‘); operatori bajariladi. Natijada ekranga “O’zbekiston – vatanim manim!” matni 20 marta yangi satrdan chiqariladi. Dasturda takrorlash parametrining boshlang‘ich qiymatini 41 va oxirgi qiymatini 60 ga o‘zgartirsak ham natija shunday bo’ladi, chunki takrorlanishlar soni 60–41+1=20 ta.
Tizimli platani tanlash va o‘rnatish
Reja:
1. Tizimli platani o‘rnatish
2. Ichki va tashqi magistrallar
3. Tashqi portlar
Tizimli platani o‘rnatish
Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi. Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iy qayd qilingan. 8-rasmda
8-rasm. Tizim platalarining standart mahkamlash nuqtalari.
Tizimli plata
Tizimli plata
Olti qirrali
baland shayba
9-rasm. Platani olti qirrali 10-rasm. Platani plastmassali baland metall shayba yordamida moslama yordamida mahkamlash. mahkamlash. tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan.
Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak.
Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) quril malar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi. Shun dan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.
Tizimli platani mahkamlash uchun olti qirrali baland metall shaybadan (9-rasm) va plastmassali moslamadan foydalaniladi (10-rasm). Metall moslamalar asosan tizimli platani kompyuter g‘ilo fining yerga ulanishini ta’minlaydigan B va C nuqtalarda mahkamlash uchun ishlatiladi. Qolgan nuqtalar uchun plastmassali moslamalar ishlatiladi. Agar konstruksiyaning mahk amligini oshirish kerak bo‘lsa, plastmassa moslama va olti qirrali baland metall shaybadan foydalanadilar.