mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə2/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Axborot jamiyati barpo etishning

Axborot jamiyati barpo etishning

ijobiy tomonlari

salbiy tomonlari

Axborot inqirozini bartaraf qilinishi, axborot ummoni va axborot yetishmasligi o‘rtasida
ziddiyatlarni yumshatadi

har qanday ommaviy axborot vositalari jamiyatga ta’sirining ortishi

axborotning boshqa resurslar bilan taqqoslaganda ustuvorligini ta’minlanishi

axborot texnologiyalari odamlarning xususiy hayotiga aralashadi, ko‘pincha vayron kiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, tashkilotlar faoliyati bziladi

ustunlik qiladigan rejalashtirish shakli
– axborot iqtisodiyotining shakllanishi

axborotni sifatli va ishonchli tanlash maummosi hal etilmaydi

eng yangi axborot texnologiyalari va texnika vositasida xilma-xil bilimlarni avtomatlashtirilgan tarzda hosil qilish, qayta ishlash, saqlash va foydalanish jamiyat asosiga aylanishi

ko‘pchilik odamlar axborot jamiyatga qiyin moslashadi

axborot texnologiyasi barcha faoliyat sohalarini qamrab oladigan global xarakterli bo‘lishi lozim

iste’molchilar va «axborot elitasi» (axbo- rot texnologiyalari ishlab chiqish va taq-simlash bilan shug‘ullanadigan kishilar) o‘rtasida xavfni bartaraf qilishdagi qiyinchiliklar

inson tamadduni axborot umumiyligini shakllantirilishi

axborot himoyasi va axborot huquqlari dolzarb ishlanmalari

informatika vositasida har bir kishi-ning butun tamaddun axborot resurslariga erkin ulanishini amalga oshirilishi

axborot ma’lumotlari maxfiyligibuzilish
xavfi

jamiyatni boshqarish insonparvar tamoyillarini amalga oshirish va atrof-muhitga ta’sirni nazorat qilinishi

shaxsiy axborot makoni xavfsizligi tegishli ravishda ta’minlanmagan

Axborot xavfsizligiga qattiq talablarni ta’minlash axborot texnologiyalari hayotiylik davrining barcha bosqichlarida mos keluvchi chora- tadbirlarni ko‘zda tutadi. Bu chora- tadbirlarni rivojlanish risklarni tahlil qilish va javob tariqasidagi choralar tanlash yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi. Mavjud rejimning xavfsizlik siyosatiga muvofiqligini vaqti-vaqti bilan tekshirish, axborot tizimi (texnologiyasi) belgilangan xavfsizlik standarti talablariga muvofiqlikni sertifikatlash bu rejalarning majburiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Sanab o‘tilganlarning barchasi risklarni boshqarish hisoblanadi.


Umuman olganda, har qanday murakkablikdagi tizimni boshqarish uchuntizimga xizmat ko‘rsatishning qat’iy, lekin oddiy reglamentni yaratish va tizim sozlamalari ushbu reglamentga muvofiq o‘zgarishi ustidan nazoratni ta’minlash zarur.
Bunday tizimlarni joriy qilishda tashkilot aniq ifodalangan xavfsizlik siyosatiga ega ekanligi ko‘zda tutiladi. Bu siyosat axborot tizimlari haqidagi axborot bilan birgalikda kelgusida boshqaruv tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Axborot tizimining o‘zini tavsiflashga keladigan bo‘lsak, odatda quyidagilarni bilish zarur:

  • axborot resurslari ro‘yxati. Resurs deganda muayyan serverlar va ulardagi papkalar, foydalaniladigan ilovalar, asbob-uskunalar va hatto tarmoq segmentlari tushuniladi;

  • bu resurslar xavfsizligi uchun javobgarlar. Bu resurslar egalari, bo‘linmalar rahbarlari, xavfsizlik xizmati tomonidan kuratorlar va boshqalar bo‘lishi mumkin;

  • bu resurslarni idora qilish uchun mas’ullar;

  • axborot tizimi resurslari o‘zaro bog‘liqligi. Gohida ilovaning normal ishlashi uchun sozlamalar kompleksi zarur – ilovaning sozlamalaridan tortib kommunikatsiya asbob- uskunalarigacha. Axir hattoki barcha sozlamalarni bajarib, lekin ichki tarmoqlararo ekranda ruxsat beradigan qoidani yozib qo‘yishni esdan chiqaradigan bo‘lsak, vazifaning yechimi barbod bo‘ladi;

  • kompaniyaning shtatlar strukturasi. Ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs qaysi resurslarga va qanday ulanishi mumkin.




Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilganlar, olingan axborot asosida boshqaruv tizimi korxona axborot tarmog‘ining axborot xavfsizligi me’yorlarga mos keladigan ideal modelini tuzadi. Bu fursatni xavfsizlikni boshqarish tizimining ishida boshlang‘ich deb hisoblash mumkin. Endilikda axborot tizimi sozlamalarining o‘zgarish masalalari bo‘yicha barcha muloqotlar axborot xavfsizligi bo‘limining nazorati ostida bo‘lgan xavfsizlikni boshqarish tizimi tarkibiga kiradigan hujjat aylanmasi ixtisoslashgan tizimi ortadi.
Mamlakatimizda axborot xavfsizligi bozorining o‘ziga keladigan bo‘lsak, bu yerda vaziyat quyidagicha. O‘zbekistonda axborotni himoya qilish masalalariga axborot texnologiyalari, bank sektori, uyali aloqaga aloqasi bo‘lgan kompaniyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan kompaniyalar ko‘proq to‘g‘ri keladi. Boshqa tashkilotlarga keladigan bo‘lsak, turli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, butashkilotlarning aksariyati rahbarlari asosiy tahdid turlari haqida biladi, lekin ko‘zga tashlanadigan tahdidlar bo‘lmasa, axborot xavfsizligini ta’minlashdan ma’no yo‘q deb hisoblaydi. Ya’ni axborotni himoya qilish sohasida asosiy muammo – unga kompaniyalar rahbariyati tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilmasligi va oqibatda, uni moliyalashtirishda yuzaga keladigan taqchilliklar hisoblanadi.
Kompleksli axborot xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llanadigan tizimlar strukturasiga o‘tishda shuni aytib o‘tish joizki, sezilarli darajada rivojlanishga qaramay, hozirgi paytda mamlakat axborot xavfsizligi bozorining asosiy qismini tarmoqlararo ekranlar, hujumlarni aniqlash tizimlari (IntrusionDetectionSystems - IDS) va antivirus tizimlari tashkil qiladi. Biroq bu vositalar himoya tizimlariga qo‘yiladigan axborot xavfsizligining hozirgi sharoitlarida ko‘pincha zamonaviy talablarga javob bermay qo‘ydi.



      1. Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari

Uzoq yillar davomida raqamli iqtisodiyotni o‘rganish va ushbu sohadagi ekspertlar vakolatlari faqat raqamli iqtisodiyot bilan bog‘lash kabi, texnologiyalarga chuqur nazar solmasdan raqamli iqtisodiyotning mohiyatini tushunishning imkoni yo‘q deb ta’kidlashga imkon beradi.


Raqamli iqtisodiyotni yangi xizmat turlari paydo bo‘lishi va ularning YaIMdagi ulushi o‘sishi, yangi biznes-modellar, internet tarmog‘ida biznes olib boradigan kompaniyalar kapitallashuviga, foydalanuvchilar – kontent iste’molchilari, qatnashchilar soniga, bozorda agregatorlar va yangi turdagi boshqa kompaniyalar paydo bo‘lishiga va raqobat kurashi xarakterining o‘zgarishiga bog‘liqligini tavsiflaydi. Ishlab chiqarish sikliga Sanoat 4.0 texnologiyalarini joriy qilish, qiymat yaratishning gorizontal zanjirlarini qisqartirish, moslashtirilgan mahsulot va xizmatlarga o‘tish, shaxsiylashgan xizmat ko‘rsatish, innovatsiyalar hayotiylik dasturining qisqarishi va yangi texnologiyalarni bashorat qilish qiyinligi muhim ahamiyatga ega. Raqamli iqtisodiyot belgilari qatoriga shuningdek, iste’molchilar ongida mahsulot (xizmat) haqida fikr shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlar rolining o‘sib borishini, jamoaviy ongdan foydalanishga imkon beradigan yangi texnologiyalar paydo bo‘lishini, moddiy resurslardan birgalikda foydalanishni, dropshipping modeli bo‘yicha omborsiz va so‘rovlar asosida biznes yuritishni, intellektual mulk uchun yangi litsenziyalardan foyalanishni, ta’lim muassasalaribitiruvchilari vakolatlarining parchalanish tezligini va real ish o‘rinlarini o‘z ichiga oladi. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, elektron biznesni va elektron tijoratni boshqarish ilmiy bilimlarning fanlararo sohasiga kiradi. Aynan ular zamonaviy yoshlarni va rakamli iqtisodiyot evolyusiyasini kuzatibgina qolmay, unda o‘zi ham ishtirok etayotganlarni qiziqtiradi.

  1. Birinchi navbatda, internet vujudga kelgunga qadar ulardan foydalanish imkoni bo‘lmagan yangi xizmat turlari paydo bo‘lishi. 1990 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha onlayn- texnologiyalar va internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan tovarlar va xizmatlar yangi bozorlari shakllandi, masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet- qidiruv, internet-reklama, internet-savdo, elektron kouching, elektron o‘qitish va b.

  2. Elektron biznes vakillari bo‘lgan kompaniyalar kapitallashuvi to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchilar (kontent iste’molchilari, qatnashchilar) soniga va ularning o‘sish tezligiga bog‘liq. Bu kompaniyalarni sotishdanyuqori daromad olishga olib keladi.

  3. Raqobat kurashi xarakterining o‘zgarishi. Bozorda agregatorlar va yangi turdagi boshqa kompaniyalar paydo bo‘lishi.

Qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, elektron tijoratning yangi texnologiyalari va rakamli iqtisodiyot ta’siri ostida biznes-modellar o‘zgaradi. Bu bozorda xizmatlar taklifi strukturasining sezilarli, ba’zida esa jiddiy o‘zgarishida namoyon bo‘ladi va raqobat kurashi xarakterida aks etadi.

  1. Raqamli iqtisodiyot biznes uchun tezkor biznes-tahlil asosida yangi g‘oyalar izlab topish va mijozlar bilan tezkor qaytuvchan aloqa amalga oshirish imkonini beradi, bu esa kompaniyalarga potensial mijozlarning innovatsion istaklariga zudlik bilan javob qaytarishga imkon beradi. Bunga Google Analytics, ―Yandeks.Metrika‖ va boshqa bepul servislar paydo bo‘lishi xizmat qildi.

  2. Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalar hayotiylik davrining qisqarishi bilan tavsiflanadi. Bu ommaviy ishlab chiqaruvchilarning yangi modeldagi smartfonlar, kompyuterlar, yangi mobil ilovalar, kompyuter o‘yinlariningyangi variantlari olib chiqish uchun poygasiga olib keldi, bu modellar qatorining tez-tez almashtirilishi bilan tavsiflanadi va mahsulot, xizmatlar assortimentining tez o‘zgarishiga olib keladi.

  3. Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari qatoriga yangi texnologiyalar paydo bo‘lishini oldindan aytish qiyin ekanligi bo‘lib, bu shuni anglatadiki, ma’lum bir sharoitlarda ular mavjud ijtimoiy- iqtisodiy tizimlarni yo‘q kilishga olib keladigan ilg‘or innovatsion texnologiyalar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu jarayonlarning ro‘y berish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, biznesning texnologik tarkibiy qism eng xavfli sanalgan, lekin shu bilan bir paytda iqtisodiyotning yangicha rivoji uchun yangi istiqbollar ochib beradigan murakkab va yuqori dinamikali bozor muhiti tomonidan javob qaytarishga ulgurish shunchalik qiyin bo‘ladi.

  4. Innovatsion g‘oyalar hosil qilish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish kraudsorsing) va Kraudsorsing, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jamoaviy

―hamyon‖ imkoniyatlarini tahlil qilish jamoaviy ongdan foydalanish imkonini beradigan sof yangi hodisalar paydo bo‘lishi.

  1. Internet tufayli, biznes uchun yangim imkoniyatlar paydo bo‘lishi sababli rivojlangan mamlakatlar YaIM tarkibida xizmatlar ulushi yanada o‘sdi.

  2. Moddiy ne’matlarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing economy), bu moddiy ne’matlarga ega bo‘lish bobida jamiyatning a’zolarining katta qismiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirib yubordi. Masalan, yoshlar taassurotlar to‘plashga ko‘proq berilgan bo‘lib, o‘z mulkini xarid qilish va unga egali qilish zaruratisiz dnyoning turli mintaqalarida erkin harakatlanish (ishga, o‘qishga) hissiyoti bilan bog‘laydi.

  3. Iste’molchilarda mahsulot (xizmat) haqida fikrlar shakllanishida ijtimoiy tarmoqlarning roli o‘sish borishi.

  4. Internet tarmog‘ida biznes yuritadigan kompaniyalar kapitallashuvining asossiz ravishda o‘sishi va kriptovalyutalar qiymatining o‘sishi hisobiga moliyaviy ―pufak‖lar sonining o‘sishi.

  5. Internet-reklamaning rivojlanishi elektron biznesga reklamada pul ishlab topish imkonini berdi, ya’ni reklama xarajatlari modeli

―reklamadan daromad‖ modeliga aylandi.
Hozirgi paytda internet tarmog‘ida biznesni yo‘lga qo‘yayotgankompaniyalar ko‘pincha reklamaga sarflagan puldan ana ko‘proq miqdorda reklamada pul ishlab oladi. An’anaviy ravishda reklamada faqat reklama agentliklari pul ishlab topardi.

  1. Hozirgi kunda ishbilarmonlar nafaqat moddiy, balki elektron, raqamli tovarlarni sotish imkoniyatii qo‘lga kiritgan.2019 yil internet- savdo bozori 849 mlrd so‘m miqdorida

baholandi. Internet-savdo bozorining o‘sishi sharoitlarida raqamli tovarlar va chiptalar sotishdan kompaniyalar daromadining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Elektron tijoratda avia va temir yo‘l chiptalari sotish eng katta ulushga ega.

  1. Intellektual mulk huquqlariga yangi litsenziyalar, yaratilgan mahsulotga egalik huquqi hammaga tegishli bo‘lgan xalq litsenziyalari paydo bo‘lishi.

Masalan, intellektual mulkka xalq egaligi: Creative Commons (SS) litsenziyalari, erkin dasturiy ta’minotga (DT) jamiyat litsenziyasi.

  1. Virtuallashtirish bo‘yicha xizmatlar DT va kompyuterlar ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqaradi.

Hattoki Sony korporatsiyasi faqat korporativ buyurtma asosida noutbuklar ishlab chiqara boshladi. Mijoz masalan, bankda sifatli servis olishda yanada talabchan bo‘lmoqda, u jamoat transportida ham xuddi shunday xizmat ko‘rsatilishini kutadi.

  1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilar chuqur bilimga egaligining yarim parchalanish tezligi ortishi va ta’lim jarayonida olingan chuqur bilimga egalik bilan real ish o‘rinlarida zarur professional chuqur bilimga egalik o‘rtasida tafovutning tobora o‘sib borishi.

  2. Biznes-modellar o‘zgarishi. Raqamli iqtisodiyot alomatlari biznes-modellarida o‘z aksini topadi, bu esa boshqa bozor ishtirokchilari tomonidan zanjir reaksiyasini yuzaga keltiradi, bu yerda moslashtirilgan tovar va xizmatlarga yo‘naltirilganlik, shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatishga o‘tish, ye-tijorat vsitalarini kompaniyalar rivojlanish strategiyalari va biznes- arxitekturaga kiritish eng ommaviy hisoblanadi.


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin