mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish


Raqamli iqtisodiyotning ijobiy jihatlari



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə4/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Raqamli iqtisodiyotning ijobiy jihatlari. O‘zbekiston Respublikasida raqamli biznesga qarshi har qanday buyurtma ishlarni befoyda qilib qo‘yishi va mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitiyaratishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot quyidagi vazifalar to‘plaminibajarishi mumkin:

  • raqamli iqtisodiyot ilk marta shahar, mintaqa, tarmoq, butun mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarini umumiy bir maydon sifatida ko‘rishga imkon beradi. Bu, masalan, «Biznesning raqamli diagnostika laboratoriyasi»ga yangi mahsulot va bozorlar yaratishga, mavjud bozorlarni eng ilg‘or tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos holda strukturalash, sun’iy intellektdan foydalanish asosida boshqaruv tizimini optimallashtirishga imkon beradi;

  • muhim infratuzilmani himoya qilish darajasini oshirish;

  • raqamli iqtisodiyotning qonunchilik bazasini shakllantirish;

  • raqamli iqtisodiyotda jinoyatchilikning qattiq ta’qib qilinishi;

  • huquqlarni raqamli kodlarga o‘tkazishga tayyorlik;

  • butun iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqamli iqtisodiyot umumiy universal standartlari ishlab chiqish;

  • hukumat, biznes va jamiyat uchun o‘zaro aloqalar umumiyqoidalariga o‘tish;

  • raqamli iqtisodiyotdan mamlakatda tizimli ishsizlik, aholining xarid layoqati va turmush darajasining pasayishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi pasayishi, davlat byudjet daromadlarining pasayishiga olib keladigan vayron qiluvchi sifatida emas, balki iqtisodiyotning real sektori poydevori sifatida foydalanish;

  • aqlli shahar, aqlli militsiya, aqlli temir yo‘llar va h.k. – fuqarolar hayot sifatining yaxshilanishi;

  • raqamli iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’ati va raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy samaradorligi;

  • umumiy raqamlashtirishga tahdidlarni, mutaxassislar va jamiyatning bu mavzudagi suhbati chuqurligi va ochiqligini anglab yetish.

Raqamli iqtisodiyotning salbiy jihatlari. Raqamli iqtisodiyotni lobbistika yondashuvi nuqtai nazaridan iqtisodiyot tarmoqlarining o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lgan qismi sifatida emas, birinchio‘rinda bir million tonna virtual oltin, oltin-dollar standartidan voz kechilgandan so‘ng jahon iqtisodiyotini ikkinchi Buyuk depressiya xavfi oldiga olib kelgan 1000 trillion dollar hech narsa bilan ta’minlanmagan derivatdan iborat bo‘lgan AQSh davlat lobbistikasi eksport qilinadigan vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shunday kilib, lobbistika yondashuvi asosida, ma’naviy omilni hisobga olgan holda raqamli iqtisodiyotni baholashda insoniyat uzra muallaq turgan jiddiy xavfning ko‘lamini belgilaydi.
Ma’naviy nuqtai nazardan raqamli iqtisodiyotning vazifasi dunyo pul tizimini tugatish hisoblanadi. Hamma pullarni yo‘q qilish. Bugungi kunda pul – shartli narsa, xuddi papuaslarda shisha munchoqlar kabi hech narsa bilan ta’minlanmagan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida banklarda pul emas, raqamlar yotadi. Virus hamma raqamlarni yo‘q qilishi, davlat va aholini bir kunda qashshoq qilib qo‘yishi mumkin. Bularning barchasi ehtimoliy salbiy jihatlar hisoblanadi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin