Tayanch iboralar: neyrotexnologiya, neyron tarmoq, sun’iy intellekt, Neyromedikalmuhandislik, Neyrota’lim, Neyro oʻyin-kulgi va sport, Neyroassistentlar, Siri, Bionik, Pragmatik Neyrotexnologiya asab tizimining printsiplariga asoslangan texnologiyalar toʻplamidir. Neyrotexnologiya miyaga neyron tarmogʻi, ya’ni oʻzaro bogʻliq neyronlar toʻplami sifatida qaraydi. Neyron tarmoqlarni ikki turga boʻlish mumkin: “hoʻl” va “quruq”. “Hoʻl” - bizning boshimizdagi biologik neyron tarmoqlari va “quruq” - sun’iy, ya’ni biologik neyron tarmoqlari printsipiga asoslangan matematik modellar, juda murakkab muammolarni hal qilishga va oʻz- oʻzini oʻrganishga qodir.
Inson miyasining tuzilishi va tamoyillarini tushunish dunyo fanining asosiy muammolaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti XXI asrning birinchi oʻn yilligini miya tadqiqotlari oʻn yilligi deb atadi. Neyrotexnologiyalar bozori 180 milliard AQSh dollariga teng boʻlgan. Koʻpgina davlatlar miyani oʻrganish boʻyicha tadqiqot loyihalariga sarmoya kiritishga tayyor edi. Ulardan eng kattasi:
BRAIN tashabbusi - AQSh, 3 milliard dollar;
Inson miyasi loyihasi - Evropa Ittifoqi, 1 milliard 190 million yevro;
Moviy miya - Shveytsariya, 100 million yevro.
Texnik nuqtai nazardan neyrotexnologiyalar hozirgi kunda quyidagi vazifalarni hal etmoqda:
Miya faolligini registratsiyasi va monitoringi. Bu xammaga ma’lum tomograflar: MRT, KT, PET;
Neyronlar funktsiyalarini boshqarish. Masalan, paralij kishiga kompyuter ekranida kursorni boshqarish imkoniyatini ta’minlash;
Neyroinjeneriya. Miya toʻqimalarini tiklash va transplantatsiyasi, neyronlarni bog’lash orqali amalga oshadi.
Rossiya venchur kompaniyasining ma’lumotlariga koʻra, hozirda qator sohalarda neyroishlanmalar amaliyotda faol qoʻllanilmoqda:
tibbiyot (koxlear implantlar – eshitishni tiklaydigan elektron qurilmalar, protezlar); harbiy soha (murakkab texnikalarni boshqarish, shu jumladan jangovar robotlarni
masofadan boshqarish);
koʻngilochar industriya (neyro oʻyinlarini yaratish).
Neyrotexnologiyalarning eng istiqbolli tarmoqlari:
Neyrofarmakologiya. Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta individual diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini olish (qarilik demansi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilashda qoʻllaniladi.
Neyromedikal muhandislik. Organlarning, shu jumladan sun’iy sezgi organlarida neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqishda qoʻllaniladi.
Neyrota’lim. Ta’limda virtual va toʻldirilgan reallik neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va qurilmalarini ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratishda qoʻllaniladi.
Neyro oʻyin-kulgi va sport. Breyn-fitnesni rivojlantirish - miya uchun mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni, shu jumladan neyrorivojlantiruvchi oʻyinlarni yaratishda foydalaniladi.
Neyrokommunikatsiya va marketing. Neyromarketing texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning xatti-harakatini, unga ta’sir qilish imkoniyatlari, shuningdek neyrotexnologiyalar
yordamida aks ta’sirni oʻrganish usullari toʻplami), neyro- va biometrik ma’lumotlarga asoslangan xatti-harakatlarni bashorat qilishda qoʻllaniladi.
Neyroassistentlar. Tabiiy tilni tushunish texnologiyasini ishlab chiqish, chuqur mashinali oʻqish (nutqni aniqlash, kompyuterni koʻrish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi algoritmlarni takomillashtirishga yordam beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan mashinali oʻqish), shaxsiy elektron yordamchilarni (virtual kotib rolini oʻynaydigan veb-xizmatlar yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali intellektni yaratishda qoʻllaniladi.
Neyrotexnologiya mutlaqo yangi soha boʻlishiga qaramay, mutaxassislar quyidagi tendentsiyalarni aniqladilar:
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining biologiya fakulteti, neyrofiziologiya va neyrokompyuter interfeyslari laboratoriyasi boshligʻi, biologiya fanlari doktori, professor, Aleksandr Yakovlevich Kaplan neyrochatni rivojlantirish zarurligini koʻrib chiqadi – bu falaj boʻlgan va gapira olmaydigan odamlarni jamiyatning bir qismi boʻlishiga imkon beradigan Internetda muloqot qilish va hatto ish topishga koʻmaklashadigan qurilmadir.
Oliy Iqtisodiyot maktabining psixologiya boʻlimi boshligʻi, Neyroekonomika va kognitiv tadqiqotlar markazining yetakchi ilmiy xodimi Vasiliy Klyucharev kelajakda toʻgʻridan-toʻgʻri miyaga joylashtirilagan – invaziv interfeyslarni yaratishda katta yutuq boʻladi, deb hisoblaydi. Avvalo, ushbu texnologiya turli xil kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi, ammo nazariy jihatdan uni virtual oʻyinlarda ham qoʻllash mumkin. Sankt-Peterburg politexnika universitetining «miya- kompyuter» mobil interfeyslarini rivojlantirish loyihalari rahbari, «NeyroNet» RF Ekspertlar kengashi a’zosi, NeuroTech tadqiqot markazining bosh direktori va asoschisi Vitaliy Zubchenko hamda Fiztex maktablarini rivojlantirish jamgʻarmasining uzluksiz ta’lim markazi bosh direktorining oʻrinbosari Aleksey Pletenets neyrotexnologiya yaqin orada hatto onlayn aloqalarni ham oʻzgartiradi deb ishonishadi. Masalan, his-tuygʻularni almashish uchun neyrointerfeyslar paydo boʻladi, buning yordamida qaygʻu yoki xursandchilikni suhbatdoshga toʻgʻridan-toʻgʻri va emotsional belgilar toʻplamidan foydalanmasdan yetkazish mumkin boʻladi. Shuningdek, neyro- yordamchilar ham paydo boʻladi – mavjud ovozli yordamchilarning takomillashtirilgan versiyalari, ular egalarining ba’zi vazifalarini oʻz zimmalariga oladilar, uchrashuvni eslatadilar va rejalashtirishdagi xatolarni sezadilar. Bundan tashqari, Vasiliy Klyucharevning fikriga koʻra, yaqin kelajakda neyrotexnologiya rivojlanishidagi muhim yoʻnalishlardan biri bu neyrodegenerativ kasalliklarining oldini olish uchun neyrotexnologik yechimlarni izlashdir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga koʻra, neyrodegenerativ kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash uchun sarf-xarajatlar Rossiyadagi sogʻliqni saqlash xarajatlarining 20 foizini tashkil qiladi.
Sun’iy intellekt – informatikaning alohida sohasi boʻlib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga moʻljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin boʻlgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Sun’iy intellekt (SI; AI – ing. artificial intelligence) kompyuterlarni inson aql-idroki sifatida qaraydi. Bu zamonaviy kompyuter fanlari, statistika, miya nevrologiyasi va ijtimoiy fanlarni birlashtirgan zamonaviy fandir. U insonni tan olish, tahlil qilish, qaror qabul qilish va boshqa koʻplab funktsiyalarni oʻrnini bosadigan dasturiy ta’minotdir. SI 1950- 1960 yillarda taklif qilingan. 1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat boʻyicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter boʻldi. 2016 yilda esa Googlening AlphaGo dasturi koreyalik oʻyinchi Li Shishini yutib oldi, bu yana SI bumini keltirib chiqardi. SI keng qamrovli fan boʻlib, insonni koʻplab
funktsiyalarini bajarishi mumkin.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri boʻlib, u oʻz bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek,
koʻpchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin.
SI bumini infratuzilmaning rivojlanishi va texnologiyaning yangilanishi bilan ajralib turadi. 70-yillarda shaxsiy kompyuterlarning paydo boʻlishidan boshlab, GPU va 2010 yilda murakkab hisoblash kabi apparat vositalarining rivojlanishiga qadar davr sun’iy intellektni yoshartirish uchun asos yaratdi.
Shu bilan birga, Internet va mobil Internetning rivojlanishi SI imkoniyatlarini yaxshilash uchun bir qator axborotlarga olib keldi. Bundan tashqari, hisoblash kuchi an'anaviy protsessor GPUga asoslangan boʻlib, u SI inqilobiga aylandi. Algoritm texnologiyasining yangilanishi SIning koʻtarilishiga yordam berdi. Eng qadimgi algoritmlar odatda an'anaviy statistik algoritmlardir, masalan, 1980-yillarda neyron tarmog'i, 1990- yillarda sayoz qatlam, 2000 yil atrofida SBM, Boosting va konveks usullarini misol keltirish mumkin. Ma'lumotlar hajmi oshgani sayin hisoblash kuchi ortadi va chuqur oʻrganish ta’siri ham ortib bormoqda. 2011 yildan soʻng, chuqur oʻrganishning yuksalishi bugungi sun'iy intellekt rivojlanishining avjiga olib chiqdi.
Sun’iy intellekt (SI) kompyuterlarga oʻzlarining tajribalarini oʻrganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin boʻlgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning koʻp holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur oʻrganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardagi bogʻliqliklarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga “oʻrgatish” mumkin.
“Sun’iy intellekt” atamasi 1956 yilda paydo boʻlgan, ammo bugungi kunda SI texnologiyasi ma'lumotlar hajmini koʻpaytirish, algoritmlarni takomillashtirish, hisoblash quvvatini va ma'lumotlarni saqlash vositalarini optimallashtirish fonida haqiqiy mashhurlikka erishdi.
Oʻtgan asrning 50-yillarida boshlangan SI sohasidagi birinchi tadqiqot muammolarni hal qilish va ramziy hisoblash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 60-yillarda ushbu soha AQSh Mudofaa vazirligining qiziqishini uyg'otdi: AQSh harbiylari insonning aqliy faoliyatini imitasiya qilish uchun kompyuterlarni oʻrganishni boshlashdi.
Masalan, mudofaa vazirligining Ilg'or tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) 1970-yillarda bir qator virtual koʻcha xaritalari loyihalarini yakunladi. Va DARPA mutaxassislari Siri, Alexa va Cortana paydo boʻlishidan ancha oldin 2003 yilda aqlli shaxsiy yordamchilarni yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Ushbu ishlar zamonaviy kompyuterlarda, xususan, qarorlarni qoʻllab- quvvatlash tizimlarida va inson imkoniyatlarini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan aqlli qidiruv tizimlarida qoʻllaniladigan avtomatlashtirish va rasmiy mantiqiy tamoyillar uchun asos boʻldi. Garchi SI koʻpincha ilmiy fantastika filmlari va romanlarida insonga oʻxshash dunyoni zabt etgan qudratli robotlar sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, hozirgi bosqichda SI texnologiyasini rivojlantirish unchalik vahimali emas. Aksincha, sun’iy intellect texnologiyalarini rivojlantirish iqtisodiyotning barcha sohalarida katta foyda keltiradi. Sogʻliqni saqlash, chakana savdo va boshqa sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ayniqsa samaralidir.
Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar ikkita yo’nalishda olib boriladi:
Bionik – sun’iy aql yaratish maqsadida inson miyasi faoliyatining psixofiziologik sun’iy tizimlari yordamida modellashtirishga qaratilgan harakatlar;
Pragmatik – EHM lardan foydalanib, fikrlash faoliyatini o’zini emas, balki jarayonning natijasini ko’rsatuvchi dasturlarni yaratish.
Birinchi yo’nalish – neyrokibernetika asosida katta sonli (14 milliard atrofida) bir-biri bilan bog’langan va o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi nerv to’qimalari-neyronlardan inson bosh miyasi faoliyatini apparatli modellashtirishga tayanadi. 1950-yillardayoq nerv to’qimalarini modellashtiruvchi chegaraviy qurilma – perseptron yaratilgan. Kam unumdorlikka ega birinchi EHMlarda miyaning biologik strukturasini amalga oshirish imkoni bo’lmagan. Hozirda mikroelektronika bir necha ming mikroprotsessorlar-neyrokompyuterlardan iborat hisoblash tizimlarini qurish imkonini beradi. Ularning asosiy xususiyati – ichki tuzilmani o’zgartishi qobiliyati va xuddi insondek o’rgatishdir.
Ikkinchi yo’nalish- SIning pragmatik yo’nalishi intellektual masalalarni yechish uchun EHMlar dasturiy ta’minotining natijasini beradi. Bular birinchi navbatda, tabiiy-til dasturlaridir. Ular matnni bir tildan 2- tilga tarjima qilish, katta hajmli xujjatlardan referatlar tayyorlash, ertak va she’rlar uchun mantlar tuzish, teleseriallar uchun stsenariylar yozish imkonini beradi. Musiqiy dasturlar musiqiy asarlarni yozish, tayyor musiqiy asarlarni tahlil qilish, turli uslubdagi ijrolarni imitatsiya qilishi ham mumkin. Anglovchi dasturlar matnning to’g’riligini tekshirish, skanerlashda qo’lyozmadagi belgilarni o’girish imkoniyatini beradi. Ovoz analizatorlari va sintezatorlari texnik qurilmalardagi tovushni boshqarish va ovozli xabarlarni jo’natish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt tizimining xususiyatlari ichki interpretatsiya tarkibiylik
bog’liqlik faollik
Hozir butun Yer yuziga “koronavirus” infeksiyasi tarqalgan. Oʻzbekistonda hali ham bu virus avj olib bormoqda. Qanchadan-qancha shifokorlar bu virus bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida oʻzlari ham shu kasalga chalinishmoqda. Lekin bunga “Sun’iy intellekt” texnologiyasidan foydalanish orqali yechim topish mumkin. Ya’ni, gʻoya shundan iboratki, shifokorlarni bu yuqumli virusdan omon saqlash uchun ularning oʻrniga bemorlarga qarash uchun har bir kasalxonaga sun’iy intellekt kiritilgan robotni qo’yish kerak. Ular tezlik bilan har bir kasalning oldiga borib uning haroratini o`lchab, kerakli dori-darmonlar berib, boshqa kasalning oldiga yetib borishi mumkin. Shifokorlarning o`rniga robotlardan foydalanish virus yuqush xavfini tug`dirmaydi va ish haqi olmaydi. Lekin bunday robotlardan ko`plab rivojlangan mamlakatlarda sun`iy intellektga asoslangan robotlar kasalxonalarda bemorlarga g`amxo`lik qilmoqdalar.
Saratonni aniqlash uchun foydalanib kelingan sun’iy intellekt endi COVID-19 koronavirusini topishda ham ishlatiladi. Dasturiy ta’minotdan Xitoyning 34 ta gospitalida foydalanildi va uning yordamida 32 mingdan ortiq holat boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazildi.
O`zbekistonda yaqinda Qashqadayo viloyati G`uzor tumanidan ham bir yurtdoshimiz bunday sun`iy intellektga asoslangan robotlar yaratdi. Bu robotlar dezinfeksiyaga mo`ljallangan. Demak, yanada ko`p funksiyali robotlarni taqdim etish imkoniyati bor.
Sun'iy intellektni tadqiq qilishning beshta asosiy yoʻnalishi mavjud.
Ma'lumot va hisoblash quvvatini oʻz ichiga olgan infratuzilma qurilishidir. Ma'lumotlar qanchalik katta boʻlsa, sun'iy aql kuchliroq boʻladi.
Konvulsion neyron tarmoqlari, LSTMni ketma-ket oʻrganish, Q- Learning va chuqur oʻrganish kabi mashinali oʻqish algoritmlaridir.
Kompyuter koʻrish qobiliyati, ovozli muhandislik va tabiiy tilni qayta ishlash kabi muhim texnik yoʻnalish va muammolar. Qurilmani oʻrganish algoritmlari asosida yaratilishi mumkin boʻlgan qarorlarni qabul qilish tizimlari, masalan, mustahkamlashni oʻrganish yoki katta ma'lumotlarni tahlil qilish kabi statistik tizimlar mavjud.
Tasvirni aniqlash, nutqni anglash, mashinali tarjima qilish va shunga oʻxshashlar kabi oʻziga xos texnologiyadir. Sun'iy intellektni moliya, tibbiyot, Internet, transport va oʻyinlarda qoʻllash kabi eng yaxshi sanoat yechimlari muhim boʻlgan qadriyatdir. Shuni ta'kidlash kerakki, mashinali oʻqish va chuqur oʻrganish oʻrtasida hali ham farq bor.
Chuqur oʻrganish - bu mashinali oʻqishning bir turi boʻlsa-da, chuqur oʻrganish - bu modelni yanada chuqurroq tushunish uchun modelni yanada murakkab qilish uchun chuqur neyron tarmoqlaridan foydalanishni anglatadi.
Mashinali oʻqishning uch turi mavjud. Birinchi toifa - bu ma'lumotlardan qoidalarni avtomatik ravishda topish va ularni turli toifalarga ajratish, ba'zan «klasterlash muammolari» deb nomlangan nazoratsiz oʻrganish. Ikkinchi toifa - bu nazorat ostidagi ta'lim. Nazorat ostidagi oʻrganish tarixga yorliq berish va natijalarni bashorat qilish uchun modeldan foydalanishni anglatadi. Agar meva boʻlsa, uning shakli va rangiga qarab meva banan yoki olma ekanligidan xulosa qilish mumkin. Bu nazorat qilinadigan ta'limning namunasi. Oxirgi toifa - bu oʻqitish
usulidir, bu odamlarni qarorlar va rejalarni tuzishda qoʻllab- quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu odamlarning harakatlari va xatti- harakatlarini mukofotlaydigan aloqa mexanizmi boʻlib, u orqali oʻqitish targ'ib qilinadi. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng koʻlamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Bank sohasida SI mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yoʻq. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Sun’iy intellektning juda koʻp ta’riflari mavjud. Ba’zilar sun’iy intellekt (SI) deganda aqlli mashinalarni, kompyuter dasturlarini yaratish texnologiyasini tushunadi. Ayrimlar esa insonning kognitiv funksiyalariga taqlid qilish imkonini beradigan texnologik yechimlar toʻplamini tushunadi.
2010-yilda sun’iy intellektni rivojlantirishda katta neyron tizimlarini yaratish orqali yangi yutuqlarga erishildi. Bunday tizimlar inson miyasi ishlashiga taqlid qiladi. Va endi SI nafaqat oʻrganildi, balki oʻquv jarayonlariga tadbiq etila boshlandi ham. Yaqinda “sun’iy miya” va “kompyuter koʻzi” tushunchalari ham paydo boʻldi. Ayrimlar: “Bizning miyamiz yetarli, sun’iy aql nega kerak?”, deb ham soʻrashdi. Biroq kompyuter orqali soliq deklaratsiyasini toʻldirayotganda va kredit karta bilan toʻlov amalga oshirayotganda ham u bizga koʻmaklashayotgan boʻladi. Hozirda sun’iy intellekt hukumat, sanoat, logistika, ta’lim va tibbiyot hamda moliya sektorining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.
Sun’iy intellektning yorqin va ta’sirchan imkoniyatlarini Shanxay astronomik Observatoriyasi misolida koʻrish mumkin. 1993-yilda 20 mamlakatdagi tashkilotlar, shu jumladan, Shanxay rasadxonasi koinotni oʻrganish uchun dunyodagi eng katta radioteleskop loyihasini yaratdilar. Uning arxiv ma’lumotlari hajmi yiliga 600 petabaytga baholandi. Olimlar ushbu ma’lumotni qayta ishlash va tahlil qilish uchun 200 kundan koʻproq vaqt sarflashdi. Ammo “Huawei” kompaniyasining “Atlas 900” nomli aqlli klasteridan foydalanish tezlikni oʻnlab soniyalarga oshirdi.
Sun’iy intellektning ahamiyati nimada?
SI ma’lumotlardan foydalanish orqali takroriy oʻrganish va qidirish jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Biroq, SI apparatdan foydalanishga asoslangan robotlashtirishdan farq qiladi. SIning maqsadi qoʻl mehnatini avtomatlashtirish emas, balki koʻplab yirik kompyuterlashtirilgan vazifalarni ishonchli va doimiy ravishda bajarishdir. Ushbu turdagi avtomatlashtirish tizimni ishga tushirish va savollarni toʻgʻri berish uchun odam ishtirokini talab qiladi.
SI mavjud mahsulotlarni aqlli qiladi. Odatda, SI texnologiyasi mustaqil dastur sifatida amalga oshirilmaydi. SIni Applening keyingi avlod qurilmalariga qoʻshilganidek, SI funksionalligi mavjud mahsulotlarga yaxshilanishni amalga oshirish uchun birlashtirilgan. Avtomatlashtirish, aloqa platformalari, botlar va aqlli kompyuterlar katta hajmdagi ma’lumotlar bilan birgalikda xavfsizlik ma’lumotlarini tahlil qilishdan investitsiyalarni tahlil qilish vositalariga qadar uylarda va idoralarda ishlatiladigan turli xil texnologiyalarni takomillashtirishlari mumkin.
SI progressiv oʻrganish algoritmlari tufayli moslashadi, natijada ma’lumotlar asosida dasturlash amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yangi ma’lumotlar paydo boʻlishi bilan modellar moslashadi. Agar dastlabki javob notoʻgʻri boʻlsa, yangi ma’lumotlardan oʻrganish orqali modelni sozlaydigan usul ham bor. SI koʻplab yashirin qatlamlarga ega neyron tarmoqlaridan foydalangan holda katta hajmdagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qiladi. Bir necha yil oldin, beshta yashirin qatlamlardan iborat firibgarlikni aniqlash tizimini yaratish deyarli imkonsiz edi. Bularning hammasi hisoblash quvvatining oʻsishi va katta ma’lumotlarning paydo boʻlishi bilan oʻzgardi. Chuqur oʻrganish modellari juda koʻp ma’lumotni talab qiladi, chunki bu ularni oʻqitishga asos boʻladi. Shuning uchun, ma’lumotlar qancha koʻp boʻlsa, model aniqroq boʻladi.
Chuqur neyron tarmoqlari SIga misli koʻrilmagan aniqlik darajasiga erishishga imkon beradi. Masalan, Alexa, Google Search va Google Photos bilan ishlash chuqur oʻrganishdir va biz ushbu vositalardan qanchalik koʻp foydalansak, ular shunchalik samarali boʻladi. Sogʻliqni saqlash sohasida, SI texnologiyalaridan foydalangan holda MRT suratlarida saraton oʻsmalarining
tashxisi (chuqur oʻrganish, tasvirni tasniflash, ob’yektni aniqlash) aniqlik nuqtai nazaridan yuqori malakali rentgenologlarning xulosalaridan kam emas.
SI mavjud ma’lumotlardan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi. Oʻz-oʻzidan oʻrganish algoritmlari paydo boʻlishi bilan ma’lumotlarning oʻzi intellektual mulk ob’yektiga aylanadi. Ma’lumotlar ichidan kerakli javoblarni SI texnologiyalaridan foydalangan holda topish kerak. Ma’lumotlar har qachongidan ham muhimroq rol oʻynashi sababli, u raqobatdosh ustunlikni ta’minlashi mumkin. Raqobat muhitida bir xil texnologiyalardan foydalanganda eng aniq ma’lumotlarga ega boʻlgan texnologiya yutadi.
Sun’iy ong inson faoliyatning barcha sohalarida yangi imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish uchun ishlatilishi mumkin, shu jumladan:
avtomatik ravishda yaratilishi orqali odamni monoton ishdan ozod qilish; dasturiy ta’minot;
qarorlarni qoʻllab-quvvatlash;
xavfli ish turlarini avtomatlashtirish;
odamlar oʻrtasidagi aloqani qoʻllab-quvvatlash.
SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha uning foyda yoki zarari haqida bir toʻxtamga kelishgani yoʻq. Ba’zilar ularning ommalashib odamlar oʻrnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik koʻrsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda boʻlish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni odamdan koʻra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni koʻrmay qolishlari mumkin”. Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga toʻxtalib oʻtadi. “Bir necha oʻn yildan soʻng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada Ilon Maskning fikriga qoʻshilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts. “Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan boʻlsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida koʻramiz”, deya Ilon Maskning fikriga e’tiroz bildirgan edi.
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi koʻrinishini imkon qadar odamlarnikiga oʻxshatishga urinishmoqda. Bundan tashqari, SI jurnalistlarning doimiy koʻmakchisiga aylanib ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy hisobotlarni yozib boradi. SIning qoʻllanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi. Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga koʻra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qoldi. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI ularning vazifasini bemalol bajara oladi. Yuqoridagilardan tashqari, aksariyat iste’molchilarning robotlarga ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan toʻsiqlardan biridir. Odamlar oʻziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiyalar qurshovida oʻsib- unayotgan yosh avlodda buning aksi boʻlib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yoʻq. Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan toʻxtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning
tibbiyot hodimlari bilan oʻziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi. Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqdi. Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega boʻldi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari oʻrganib chiqildi. Bu endi odamlar oʻz salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega boʻlishadi deganidir. Koʻrib turganingizdek, SI ning hayotimizdagi oʻrni kundan-kunga chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak.
SIdan foydalanishga asoslangan texnologik yechimlarning global bozori yiliga qariyb 30 foizga oʻsib bormoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, 2024-yilga kelib uning hajmi 140 milliard dollarga yetishi mumkin. Sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mamlakatlar qatoriga AQSh, Xitoy, Yevropa Ittifoqi (Fransiya, Germaniya, Shvesiya, Finlyandiya), Isroil va Buyuk Britaniya kiradi. Hindiston, Koreya Respublikasi, Yaponiyada ham SI bilan bog‘liq tadqiqot ishlari jadal rivojlanmoqda.
Transport sohasida SI algoritmlarini amalga oshirishning birinchi amaliy natijalari allaqachon koʻrinib qoldi. Bu – ertami-kechmi uchuvchisiz transport vositalarida toʻliq harakatlanish imkoniyatini yaratadi.
Sekin-asta, ammo ishonch bilan sun’iy intellekt odamlarni ilgari faqat mexanik operatsiyalar amalga oshirilgan joylardan chiqishga majburlayapti. Bir soʻz bilan aytganda, ularning oʻrniga robot tizimlar kiritilgan. Yaqin kelajakda, mutaxassislarning fikriga koʻra, kassir, buxgalter, transport nazorati, soliq inspektori, qoʻriqchi kabi kasblar yoʻq boʻlib ketadi. Chunki ularning ishi mexanik xarakterga ega. Shu bilan birga, insonga koʻproq intellektual va ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar ochilmoqda. Inson xohishiga qarab, rasm yoki haykaltaroshlik bilan shug‘ullanishi, she’r yoki musiqa yozishi mumkin. Shuningdek, kompaniyalar va davlatlar odamlarga ishlash uchun emas, balki oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun pul toʻlash foydaliroq boʻlishini bashorat qilishmoqda.
Jamiyatda hayotni tashkil etish uchun doimo inson ishtiroki talab qilingan. Ammo buning uchun miyangizni qaytadan ishga tushirishingiz lozim. Agar sun’iy intellekt doimiy ravishda oʻrganishda boʻlsa, unda odamlar ham bunga moslashadilar: uzluksiz ta’lim davri allaqachon keldi.
Mavzuyuzasidansavollar
Sun’iy intellekt rivojlanishining tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Sun’iy intellekt bozori nima?
Sun’iy intellekt bozori ekotizimi nima?
Sun’iy intellektning texnologik yoʻnalishlari.
Sun’iy intellekt sohasida ishlovchi kompaniyalar faoliyati