Neyrofarmakologiya. Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta individual diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini olish (qarilik demansiyasi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilash.
Neyromedtexnika. Organlarning, shu jumladan sun’iy sezgi organlarining neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqish.
Neyroerudisiya. Ta’limda virtual va toʻldirilgan voqelik neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va qurilmalarini ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratish.
Neyrokoʻngil ochish va sport. Breyn fitnesini rivojlantirish – miya uchun mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni yaratish, shu jumladan neyrorivojlantiruvchi oʻyinlar.
Neyrokommunikatsiya va marketing. Neyromarketing texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning hatti-xarakatini oʻrganish usullari toʻplami, unga ta’sir qilish imkoniyatlari, shuningdek neyrotexnologiyalar yordamida ta’sir reaktsiyalar), neyro- va biometrik ma’lumotlarga tayangan holda xatti-harakatlarni bashorat qilish.
Neyroassistentlar. Tabiiy tilni tushunish texnologiyasinirivojlantirish, mashinali oʻqishni puxta ishlab chiqish (nutqni aniqlash, kompyuterni koʻrish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi
algoritmlarni takomillashtirishga yordam beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan mashinali oʻqish), shaxsiy elektron yordamchilarni (virtual kotib rolini oʻynaydigan veb-xizmatlar yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali intellektni yaratish.
Sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt (SI, ing. Artificial intelligence, AI) – (1) intellektual mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fani va texnologiyalari; (2) an’anaviy ravishda insonning huquqi deb hisoblanadigan ijodiy funktsiyalarni bajarish uchun intellektual tizimlarning hususiyatlaridir.
Hozirgi kunda SI bir qator algoritmlar va dasturiy tizimlarni nazarda tutadi, ularning ajralib turadigan xususiyati shundaki, ular ba’zi muammolarni ularning yechimini oʻylayotgan odam kabi hal qilishlari mumkin.
SIning asosiy xususiyatlari – bu tilni tushunish, oʻrganish va fikrlash,eng muhimi, harakat qilish qobiliyatidir.
rasm. Sun’iy intellekt ekotizimi
SI sifatli va tezkor rivojlanadigan tegishlitexnologiyalar vajarayonlar majmui, masalan:
tabiiy tildagi matnga ishlov berish;
mashinali oʻqish;
ekspert tizimlari;
virtual agentlar;
tavsiya tizimlari.
Bular sifat jihatidan yangi mijozlar tajribasini va oʻzaro ta’siroʻtkazish jarayonini yaratishga yordam beradi.
4.-rasm. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash sohalari
SI rivojlanishining ikkita yoʻnalishi mavjud:
SI ixtisoslashgan tizimlarining inson imkoniyatlariga yaqinlashishi va ularning inson tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyasi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish;
Avvaldan yaratilgan SI tizimlarini insoniyat muammolarini hal qilishga qodir yagona tizimga birlashtirishni ifodalovchi sun’iy intellektni yaratish.
Blokcheyn
Blokcheyn texnologiyasi nafaqat moliyaviy sohaga, balki boshqa koʻplab sohalarga ham ta’sir etadigan juda jiddiy oqibatlarga olibkeladigan yutuqdir.
Blokcheyn (ing.blockchain, bloklar zanjiri) – saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Ushbu ma’lumotlar bazasi bloklar deb nomlanuvchi tartiblangan doimiy ravishda oʻsib boruvchi yozuvlarning roʻyxatini saqlaydi. Har bir blokda vaqt belgisi va oldingi blokka havola mavjud boʻladi.
Shifrlashdan foydalanish, foydalanuvchilar blokcheynning faqatgina oʻzlari «egalik qiladigan» qismlarini shaxsiy kalitlari orqali boshqarishlari va faylga yoza olmaydigan qilib oʻzgartirishlari mumkinligini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, shifrlash taqsimlangan blockcheyn nusxalarini barcha foydalanuvchilar uchun sinxronlashtirilishini ta’minlaydi.
5.-rasm. Blokcheyn namunasi
Blokcheyn texnologiyasi ma’lumotlar bazasi avval boshdan xavfsiz boʻlishiga asoslangan. Blokcheyn kontseptsiyasini 2008 yilda Satoshi Nakamoto taklif qilgan. U birinchi marta 2009 yilda kriptovalyutaning (raqamli pul birligi) tarkibiy qismi – bitkoin sifatida amaliyotda qoʻllanildi,bu yerda blockcheyn bitkoinlar bilan barcha operatsiyalar uchun asosiy umumiy reyestr rolini oʻynagan. Blokcheyn texnologiyasi tufayli Bitkoin har qanday vakolatli organ yoki markaziy serverdan foydalanmasdan (moddiy tanga yoki jetonlardan farqli oʻlaroq, elektron fayllarkoʻpaytirilishi va ikki marta sarflanishi mumkin) muammoni hal qiladigan birinchi raqamli valyutaga aylandi.
Blokcheyn texnologiyasida xavfsizlik vaqtni belgilovchi markazlashtirilmagan server va teng huquqli tarmoq ulanishlari orqali ta’minlanadi. Natijada yagona markazsiz, avtonom tarzda boshqariladigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bu esa blokcheynlarni voqealarni roʻyxatga olish (masalan, tibbiy qaydlar) va ma’lumotlar ustida amaliyotlar bajarish, identifikatsiyani boshqarish va manbalarni haqiqiyligini tasdiqlash uchun juda qulay qiladi.
Har bir inson Internetda ma’lumot joylashtirishi mumkin, keyin boshqa odamlar unga dunyoning istalgan joyidan kirishlari mumkin.
Blokcheynlar dunyoning blockcheyn faylini olish mumkin boʻlgan istalgan nuqtasida qandaydir qiymatni yuborishga imkon beradi. Ammo “egalik qilinadigan” bloklarga kirish uchun ruxsat berish uchun uning egasidakriptografik tarzda yaratilgan shaxsiy kalit boʻlishi kerak.
Oʻzgaga shaxsiy kalitni berish orqali, aslida oʻsha odamga blockcheynning tegishli qismida saqlanadigan pul miqdorini beriladi.
Bitkoinlarda bunday kalitlar toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy qiymatga ega boʻlgan ma’lum miqdordagi valyutalar saqlanadigan manzillarga kirishuchun ishlatiladi. Bunda pul oʻtkazmalarini roʻyxatdan oʻtkazish funktsiyasi amalga oshiriladi, odatda bu rolni banklar bajaradilar.
Bundan tashqari, yana bir muhim funktsiya amalga oshiriladi: ishonch munosabatlarini oʻrnatish va shaxsni tasdiqlash, chunki hech kim tegishli kalitlarsiz blokcheynni oʻzgartira olmaydi. Ushbu kalitlar orqali tasdiqlanmagan oʻzgarishlar rad etiladi. Albatta, kalitlarni (moddiy valyutadek) nazariy ravishda oʻgʻirlash mumkin, ammo kompyuter kodining bir necha qatorini himoya qilish odatda kata xarajatlarni talab etmaydi.
Bu shuni anglatadiki, banklar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy funktsiyalar – identifikatsiyani tekshirish (firibgarlikni oldini olish uchun) va tranzaktsiyalarni keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish (soʻngra ular qonuniyholga keladi) – blockcheyn orqali tezroq va aniqroq bajarilishi mumkin.
Blockcheyn texnologiyasi vositachilardan xalos boʻlish uchun jozibali imkoniyatni taqdim
etadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uchta muhim rolni: bitimlarni roʻyxatdanoʻtkazish, shaxsni tasdiqlash va shartnomalar tuzishni oʻz ichiga oladi.
Kvant texnologiyalari
Kvant texnologiyalari – kvant mexanikasining oʻziga xos xususiyatlaridan, birinchi navbatda, kvantli chalkashliklardan foydalanadigan fizika sohasidir.
Kvant (lot. quantum – qancha, nechta) – biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasidir. Kvant texnologiyasining maqsadi kvant printsiplariga asoslangan tizimlar va qurilmalarni yaratishdir, ular odatda quyidagilarnioʻz ichiga oladi:
Energiya sathining uzlukliligi (kvantlanishi) (kvant oʻlchovlieffekti, Xoll kvant effekti)
Geyzenberg noaniqlik printsipi
Tizimlar sof holatining kvant superpozitsiyasi
Mumkin boʻlgan toʻsiqlar orqali kvant tunneli
Holatlarning kvantli birikuvi
Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturlarga kvant hisoblash va kvant kompyuterlari, kvant kriptografiyasi, kvant teleportatsiyasi, kvant metrologiyasi, kvantli sensorlar va kvant tasvirlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |