8 – MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA BIGDATA TEXNOLOGIYALARI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH
Reja
1. Katta ma’lumotlar (BigData) analitikasi
2. Katta ma’lumotlarning xususiyatlari
3. Katta ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga an’anaviy yondashuv
Tayanch iboralar: BigData, ETL, blokcheyn, AKT, 3D-modellashtirish, 3D-printer, intellectual konlar.
Bu katta axborotlar oqimi bo‘lib, ularni an’anaviy usullarda qayta ishlashning iloji yo‘q. Uni ma’lumotlar bazasi bilan tenglashtirish noto‘g‘ri. Avvalgi ma’lumotlar statistikasini matematik modellashtirish yordamida hisoblash mumkin edi. Elektron hisoblash mashinasi yordamida, to‘plangan ma’lumotlarni saralash, kodlash mumkin edi. Bugungi kunda juda katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yakka qurilmalarda qayta ishlash imkonsiz. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari yordamida katta ma’lumotlar (hozir 3 trln GB baholanmoqda) quyidagilar kanallar orqali shakllanmoqda.
maxsus tarmoqlardan kelayotgan xabarlar, hisobotlar;
veb va mobil ilovalardan ma’lum bo‘layotgan voqealar;
Buyumlar Internetagi ma’lumotlar;
veb kanallaridan oqib kelayotgan shoshilinch muhim xabarlar; - bank-to‘lov xabarlari, palstik karta to‘lovlari, elektron to‘lovlar; - soliq, bojxona ma’lumotlari.
Bunda axborotlar jadvallar ko‘rinishida maxsus ma’lumotlar omborlariga joylashtiriladi, odatda klasterlar ko‘rinida saqlanayotgan ma’lumotlar formati o‘zgartirilmaydi va SQL serverlarida qayta ishlanadi. Katta ma’lumotlarni saralash uchun elektron hisoblar mashinalari yordamida interaktiv usulda qayta ishlanadi. PaaS Bulutli servisi orqali katta ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Katta ma’lumotlarni o‘rganishda paketli, oqimli (potok) va interaktiv usullaridan foydalaniladi. Paketli usul katta ma’lumotlarni hisoblashda, hisobot berishda qo‘llaniladi. Oqimli usul katta ma’lumotlarni to‘g‘ri va foydali ekanligini aniqlaydi. Interaktiv usulda ma’lumotlar aniq iste’molchilarga yuboriladi. Avvalgi ma’lumotlar bazasi, ya’ni veb-jurnal, video yozuvlar, matnli hujjatlar, mashina kodlari va boshqalar bo‘lib, bularning xammasi turli arxivlarda, banklarda saqlanardi. Hozirgi vaqtda katta ma’lumotlar internetda bulutli omborlarda – blokcheynda saqlanadi va ular doimo yangilanib, kattalashib boradi. Katta raqamlar, odatda, avtomatik dasturlash tilida amalga oshiriladi.
Big Data - bu katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va muntazam ravishda ajratib olishning turli usullarini o‘rganadigan soha. Bu murakkab biznes muammolarini hal qilishda tezkor ma’lumot olish uchun mexanik yoki algoritmik jarayonlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Big Data mutaxassislari strukturalanmagan ma’lumotlar bilan ishlaydi, ularning tahlil natijalari biznesda qaror qabul qilishni qo‘llabquvvatlash uchun ishlatiladi.
Katta ma’lumotlarning ta’riflaridan biri quyidagicha: “Agar uning hajmi muammoning bir qismiga aylangansa, ularni katta ma’lumotlar deb aytish mumkin”. Bunday hajmdagi ma’lumotlarni ma’lum vaqt davomida an’anaviy hisoblash usuli yordamida saqlash va qayta ishlash mumkin emas.
Ammo ma’lumotni katta deb atash uchun qanchalik katta bo‘lishi kerak? Odatda biz gigabayt, terabayt, petabayt, ekzabayt yoki undan kattaroq birliklar haqida gapiramiz. Bu yerda noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘ladi. Hatto kichik ma’lumotni ham ishlatilgan kontekstga qarab katta deb atash mumkin.
Masalan, pochta serveri 100 megabayt qo‘shimchali elektron pochta xabarini yuborishga yo’l qo‘ymasligi mumkin yoki aytaylik, bizda ishlash kerak bo‘lgan taxminan 10 terabaytli grafik fayllar mavjud. Statsionar kompyuterdan foydalanib, biz ushbu vazifani qisqa vaqt ichida hisoblash resurslari yetishmasligi sababli bajara olmaymiz. Katta ma’lumotlar qanday tasniflanadi?
Keling, uchta toifani ajratamiz:
Strukturalangan ma’lumotlar, bular bir-biri bilan jadvallar tuzlishida va munosabatlar ko‘rinishida bog‘lanadi. Masalan, MBBT dagi axborot, CSV fayllari yoki Excel jadvallarida saqlanadigan ma’lumotlar.
Yarim strukturalangan (zaif strukturali) ma’lumotlar bir-biri bilan jadvallar va munosabatlarning qat’iy tuzilishiga amal qilmaydi, lekin semantik elementlarni ajratish va yozuvlar va maydonlar uchun ierarxik tuzilishni ta’minlash uchun turli xil markerlarga ega. Masalan, elektron pochta va jurnal fayllaridagi ma’lumotlar.
Strukturalanmagan ma’lumotlar umuman u bilan bog‘liq bo‘lgan biron bir tuzilishga ega emas yoki tartibli ravishda tashkil etilmagan. Odatda bu tabiiy ravishda matn, rasm fayllari, audio fayllar va videofayllar misol bo‘la oladi.
Katta ma’lumotlarning xususiyatlari
Katta ma’lumotlar to‘rtta qoidalar bilan tavsiflanadi (inglizchadan- 4 V’s of Big Data: Volume, Velocity, Variety, Veracity):
Hajmi: Kompaniyalar juda katta miqdordagi ma’lumotlarni to‘plashlari mumkin, ularning hajmi analitikaning hal qiluvchi omiliga aylanadi.
Axborotni yaratish tezligi. Atrofimizda sodir bo‘layotgan deyarli hamma narsa (qidiruv so‘rovlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar) yangi ma’lumotlarni keltirib chiqaradi, ularning aksariyati biznes yechimlarda ishlatilishi mumkin.
Turli xillik: Olingan ma’lumotlar turlicha bo‘lib, turli xil formatlarda taqdim etilishi mumkin, masalan, video, matn, jadvallar, raqamlar ketma-ketligi, datchik ko‘rsatkichlari va boshqalar. Katta ma’lumotlarning turini tushunish uning qiymatini aniqlash kalitidir
Ishonchliligi: Ishonchliligi tahlil qilingan ma’lumotlarning sifatiga ishora qiladi. Yuqori darajadagi ishonch bilan ular tarkibida tahlil uchun qimmatli va umumiy natijalarga muhim hissa qo‘shadigan ko‘plab yozuvlar mavjud. Boshqa tomondan, past ishonchlilik ma’lumotlari shovqin deb ataladigan ma’nosiz ma’lumotlarning yuqori foizini o‘z ichiga oladi.
Katta ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga an’anaviy yondashuv
An’anaviy yondashuvda tashkilotlarda hosil bo‘lgan ma’lumotlar ETL (Extract, Transform and Load) tizimiga beriladi. ETL tizimi ma’lumotni ajratib oladi, o‘zgartiradi va ma’lumotlar bazasiga yuklaydi. Ushbu jarayon tugagandan so‘ng, oxirgi foydalanuvchilar hisobotlarni tuzish va analitik protseduralarni bajarish kabi turli xil operatsiyalarni bajarishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumotlar hajmi o‘sib borishi bilan an’anaviy yondashuv yordamida boshqarish qiyinlashadi va qayta ishlash qiyinlashadi. Uning asosiy kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
Amalga oshirish yoki yangilash uchun katta sarmoyalarni talab qiladigan, kichik va o‘rta kompaniyalar bunga qodir bo‘lmagan qimmat tizimlardir.
Ma’lumotlar hajmi oshgani sayin tizimni masshtablash qiyinlashib boradi.
Infratuzilma eskirgan hisoblash tizimlarida ishlab chiqilganligi va qurilganligi sababli ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardan ma’lumot olish juda ko‘p vaqt talab qiladi.
Katta ma’lumotlar qaerda ishlatiladi
Katta ma’lumotlar tahlili turli sohalarda qo‘llaniladi. Quyida, ulardan ba’zilarini keltirib
o‘tamiz:
Sog‘liqni saqlash provayderlari bemorlarning oqimini kuzatish va optimallashtirish,
asbob-uskunalar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishni kuzatish, bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tartibga solish va boshqalar uchun katta ma’lumotlar tahliliga muhtoj.
Turistik kompaniyalar bir nechta kanallarda xarid qilish tajribasini optimallashtirish uchun katta ma’lumotlar tahlilini qo‘llashmoqda. Shuningdek, ular iste’molchilarning hoxishlarini
va istaklarini o‘rganadilar, konversiyani optimallashtirishga imkon beradigan joriy sotuvlar va kuzatuvlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topadilar.
O‘yin industriyasi Big Data-dan yoqtirish, yoqtirmaslik, foydalanuvchi munosabati va boshqalar kabi narsalar haqida ma’lumot olish uchun foydalanadi.
Aytish joizki, aksariyat mamlakatlar raqamli iqtisodiyot munosabatlariga o‘tishda bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanib yoki rejali iqtisodiyot qoidalariga rioya qilgan holda o‘tmoqdalar. Masalan, bu borada yetakchi hisoblanayotgan AQSh davlati raqamli iqtisodiyotga o‘tishda bozor mexanizmlaridan foydalanmoqda, Xitoy davlati esa rejali iqtisodiyot prinsiplaridan foydalanmoqda, qolgan davlatlar u yoki bu yo‘lni tanlamoqdalar. AQSh davlatining iqtisodiy va texnologik taraqqiyot darajasi dunyoning boshqa davlatlaridan ancha yuqori. Ya’ni AQShda raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi yuqori texnologiyali transmilliy kompaniyalar bo‘lgan Google, Facebook, Amazon, Microsoft, Jonson-Jonson va boshqalarga asoslanmoqda. Yana bir yetakchi Xitoy esa ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirishni sanoat internetini joriy etishdan boshlagan va buning asosida elektron savdoni rivojlantirgan.
Umuman, virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida raqamli iqtisodiyotdan raqamli modellashtirishga o‘tish deganda buyumlar internetini tushunishimiz mumkin. Albatta, milliy iqtisodiyotdagi moliyaviy munosabatlarni milliy kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ko‘plab AKT tizimlari operatsiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajaradi, bu esa xatolar sonini minimallashtirish tufayli misli ko‘rilmagan darajada tezkor harakat qilish va yuqori foydaga erishish imkonini beradi. Hozirgi paytda talabalarga yordam berish uchun robot-yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga ko‘plab misollar mavjud. U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot servislari to‘plami servis biznes- jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi hisoblanadi.
Hozir ko‘plab banklar qarz oluvchini baholash jarayonlarini inson ishtirokisiz amalga oshirmoqda. Yangi shakldagi kompa-niyalarda taksi chaqirishda mijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalar axborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam ishtiroki hatto ko‘zda ham tutilmayapti. Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib boshqarishni ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni xizmatlar sohasida, neft qazib chiqarish, elektr energetikasida va ishlab chiqarishda kuzatishimiz mumkin. Shak-shubhasizki, zamonaviy biznesda “raqamli o‘zgartirish” atamasi tobora ko‘proq yodga olina boshlandi.
Jahon miqyosida faol rivojlanayotgan yangi texnologiyalar tez orada bizning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan yana biri bu – buyumlar internetidir. Ya’ni ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning tobora ko‘plab tarmoqlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash va hatto bu tarmoqlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy hodisaning virtual shakli paydo bo‘lib, bu mazkur ob’ektni internet orqali boshqarishga imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib texnik yordam xizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan virtual ma’lumotlarni uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin.
Buyumlar interneti sohasi rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat
inson bilan, balki bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi ham hisobga olinadi. Bu konveyerli liniyalarda, texnik ta’mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, bular: elektr energiyasini minimal tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish va boshqalar.
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu to‘ldirilgan reallikdir. Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborotlarni ko‘rasiz. To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual dunyo ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, do‘konlarda virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud.
Shuningdek, to‘ldirilgan reallik avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda.
Biznesda virtual reallik texnologiyalari u qadar faol qo‘llanmaydi, u yerda hozir 3D- modellashtirish texnologiyalariga talab kuchliroqdir.
Real dunyoning raqamli 3D-modellarini tuzishga misollar servis, avtomobil korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, neft-gaz qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi. 3Dmodellashtirish doirasida nafaqat ob’ektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va oqibatda mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lashga imkon beradi.
Shubhasizki, raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantazyorlar tomonidan ko‘p marta muhokama qilingan, lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish, ish bajarish tezligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat kompaniyalari yig‘uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu inson omilining ahamiyatini pasaytirish va minimal sondagi odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Masalan, Xitoyda poyabzal fabrikasida tikuvchi 15 daqiqada bajargan ishni robot 20 soniyada bexato bajaryapti. Rossiyaning yirik shaharlari – Moskva, Sankt- Peterburg va Novosibirskda bemorlarni robotlar tez va aniq operatsiya qilmoqda.
Bugungi davrda hatto o‘zini-o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan printerlar ham yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi uchun 3D-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish bilan bog‘liq bir talay savollar ko‘ndalang turgan bo‘lsa- da, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘lganidek, murakkab tarkibiy qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi.
Innovatsion raqamli texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu biznes jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi – ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidir. Sinergetika nazariyasi atamalarida, aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, institutsional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuatsiya) – tizim mikrodarajasida tartibsizlik ko‘rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. Ayrim fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish traektoriyasini belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Buyumlar interneti virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon beradi, sun’iy intellekt esa buyumlar internetidan olingan juda katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plami asosida xulosalar va qarorlarni shakllantirishi mumkin. To‘ldirilgan va virtual reallik yangi dunyoni inson ko‘ziga ko‘rinadigan qilib qo‘yadi. Robototexnika va 3D-bosma esa ko‘plab muntazam bajariladigan operatsiyalarni to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi. Aytish mumkinki, ko‘plab ilg‘or texnologiyalar paydo bo‘lishi odamlar hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, bir qancha eski kasblarni yo‘qotib, yangi kasblarni yuzaga keltiradi va shak-shubhasiz, dunyoni raqamli dunyoga aylantiradi.
Dunyoni bunday raqamlashtirish barcha tarmoqlarda katta o‘zgarishlarga olib keladi va asosiysi, ko‘plab yangi kompaniyalar paydo bo‘ladi, bunda raqamli o‘zgartirish to‘lqinida o‘ziga o‘rin topibgina qolmasdan, uni boshqaradigan kompaniyalar yetakchiga aylanadi. Agar hamma muammolarni hal qilishning uddasidan chiqilsa va raqamli o‘zgartirish bo‘yicha vakolatlar markazi yaratilsa, tarmoqda yangi texnologiyalar, imkoniyatlar va mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qilishni boshlash zarur. So‘ngra ichki biznes jarayonlar va xizmatlarni standartlashtirish istiqbollarini aniqlash va ularni raqamli shaklga o‘tkazish rejasini shakllantirish lozim.
Raqamli o‘zgartirish tashabbuslari, ko‘pincha aksiyadorlari kompaniya biznesini yangi darajaga olib chiqish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish istagida bo‘lgan o‘rta hajmdagi kompaniyalar tomonidan bildiriladi. Raqamli o‘zgartirish yo‘lidan borayotgan o‘zbek kompaniyalariga misollarni bank sektori, telekommuni-katsiyalar, ta’lim, xizmatlar sohasi va axborot texnologiyalari sohasidan keltirish mumkin. Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda startaplar ekotizimi mavjud bo‘lib, ularning doirasida yangi g‘oyalar paydo bo‘lmoqda va ular sinovdan o‘tganidan so‘ng, muvaffaqiyatli tijorat yechimlariga aylanmoqda. Kelgusida bu texnologiyalar yoki yirik xalqaro kompaniyalar tomonidan dunyo miqyosida nusxa ko‘paytirish uchun xarid qilinadi, yoki jahon darajasidagi yangi innovatsion IT-kompaniyalar tashkil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa tarzida quyidagi fikrlarni bildirishni istar edik. Birinchidan, raqamlashtirish bu – hamma sohada kuzatilayotgan real voqelikdir. Yangi raqamli ekotizimlar yaratish orqali “hammaning iqtisodiyoti” vujudga kelishiga misollar hozirgi kunda sanoatning turli tarmoqlarida vujudga kelmoqda. Media, chakana savdo va raqamli bank sohasidagi kompaniyalar eng rivojlangan kompaniyalar hisoblanadi. Masalan, chakana elektron savdo do‘konlari, “kimoshdi” electron birjalar ijtimoiy tarmoqlarda
ishtirok etishimizni tahlil qilish yordamida bizning didimizga mos keladigan yangi tovarlar to‘plamlarini yaratadi.
Chunonchi bank hisob raqamlari egalari operatsiyalarni yetakchi internetkompaniyalar bilan birgalikda banklar tomonidan yaratilgan yechimlar orqali amalga oshirmoqdalar. Raqamlashtirish jarayoni neft va gaz qazib chiqarish kabi an’anaviy tarmoqlarga ham kirib bormoqda. Hozirning o‘zida resurslar sohasi kompaniyalari jiddiy vaziyatlarni bashorat qilish uchun katta hajmdagi “bulutli” ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi vositalardan foydalanib, neft maydonlarini nazorat qiladigan uchuvchisiz qurilmalar yordamida raqamli axborotlarni tahlil qilishmoqda. Masalan, Xitoyda “Pekin-Shaxnay” yo‘nalishi bo‘yicha pilotsiz elektro-poezdlar ishga tushirilgan. Ko‘plab yirik xalqaro neft- gaz kompaniyalari o‘z imkoniyatlarini allaqachon mahsulot ishlab chiqarish sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltiribgina qolmay, u yoki bu ishlab chiqarish uchastkalarida muayyan natijalarga qaratilgan “Intellektual konlar” dasturini amalga oshirishni boshlagan.
Ikkinchidan, hozirning o‘zida raqamlashtirish global miqyosga ega – “raqamli
ekotizimlar”ga misollar turli tarmoqlar va kompaniyalarda mavjud.
Biz yildan-yilga shunga yaqinlashib boramizki, bizning hayotimiz va faoliyatimiz ushbu tizimlar doirasida amalga oshiriladi. Endilikda katta foyda beradigan texnologiyalar haqida boshqotirishimiz lozim.
Uchinchidan, bugungi kunda iqtisodiyotda kompaniyalar va raqamli firmalar o‘rtasida bozordagi munosabatlarni sezilarli darajada o‘zgartirib yuboradigan katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Talabga ko‘ra, oqib kelayotgan buyumlar internet bozorining barcha qatnashchilarini – kompaniyalardan tortib iste’molchilargacha, mahsulotlar, servis va boshqa jarayonlargacha – umumiy bir dunyoga ko‘chirib o‘tkazishni taqozo etmoqda. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni va xizmat ko‘rsatuvchilarni birlashtiradigan yangi “raqamli ekotizimlar” paydo bo‘lishi tufayli ro‘y bermoqda. O‘zgarayotgan dunyoda bozorda o‘z o‘rnini topish va yangi hamkorlar bilan “do‘stlashish” zarur. Kompaniyalar, firmalar ekotizimning almashtirib bo‘lmaydigan qismiga aylanishi lozim. Bu yerda gap moliya va vakolatlarda ham emas, balki hamkorlar o‘rtasidagi ishonchda, sa’y-harakatlarni birlashtirishda, taqdim etilayotgan xizmatlar yoki tovarlarga yangicha qarashdadir.
Bir qator davlatlar (Shveysariya, Angliya, Isroil, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar) mos keluvchi Markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda o‘zlarining virtual valyutalarini yaratish istagini ma’lum qilganlar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa raqamli texnologiyalar joriy qilinishi, albatta, davlat virtual valyutalarining ishonchliligini oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuv kriptovalyutalar g‘oyasiga zid keladi va ularga to‘liq ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi. Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar o‘zining moliya siyosatini va iqtisodiy tizimini kriptovalyutalar bilan parallel ravishda muomalada bo‘lishga tayyorlashi lozim, chunki kriptovalyutalar bugun-erta hayotimizga chuqur kirib kelishi shubhasizdir.
Katta ma’lumotlar (Big Data) – inson idrok qiladigan natijalar olish maqadida strukturalangan va strukturalanmagan (jumladan, mustaqil manbalardan olingan) ma’lumotlar qayta ishlash uchun mo‘ljallangan usullar, vositalar va yondashuvlar yig‘indisidir. Katta ma’lumotlar katta hajm bilan, xizma-xillik va yangilanish tezligi bilan taviflanadi, bu axborot bilan ishlash standart usullari va vositalarini yetarli darajada samarasiz qilib qo‘yadi. Shunday qilib, katta ma’lumotlar texnologiyasi bu – katta hajmdagi axborot asosida qaror qabul qilish vositasidir.
Katta ma’lumotlar boshlang‘ich ma’lumotlar katta tanlamasi mavjud bo‘lgan joylarda paydo bo‘ladi. Ularning asosida makrodarajadagi hodisalarni tahlil va bashorat qilish, ijtimoiy xulq-atvor modellarini o‘rganish, shuningdek, ilmiy eksperimentlar statistika ma’lumotlari va trendlarni aniqlash mumkin.
Tijorat loyihalari uchun ham, davlat loyihalari uchun ham katta ma’lumotlar sohasida muammo bu ma’lumotlarni yakuniy hiobda qo‘llash bo‘yicha vazifalarni boshlang‘ich qismi hisoblanadi.
Tahlil algoritmidagi so‘nggi trendlarni biladigan va kelgusi hisobkitoblar tezligini baholay oladiganlar emas, balki ushbu texnologiyalarni qo‘llash asosida uzoq muddatli va asoslangan moliyaviy model yarata oladiganlar bugungi kunda katta ma’lumotlar sohasida ekspertlar hisoblanadi.
Nimaga faqat mahalliy uskunalarda 5G milliy tarmog‘ini yaratish maqsadini qo‘ymaslik kerak ekan?
Axborot texnologiyalarining ushbu yo‘nalishi 2010 yildan faol rivojlana boshladi. Hozirgi kunga kelib, katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p onli usullar va kompleksli daturiy mahulotlar mavjud, chunonchi IBM, Oracle, Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP) va h.k.
Katta ma’lumotlar bilan ishlash usullari ular uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin: internetda foydalanuvchilar xulq-atvori loglari;
avtomobillardan transport kompaniyasiga GPS-signallar; bankning barcha mijozlari tranzaksiyalari haqida axborot; yirik chakana tarmoqdagi barcha xaridlar haqida axborot; ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborot;
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab chiqarish datchiklaridan axborot va h.k.
Dostları ilə paylaş: |