Sotuvchi modeli (Merchant Model) -bunday modellar turiga barcha sotuv maydonlarini (mahsulot va xizmatlar bo’yicha ko’tara va chakana savdo),internet-magazinlarni (VirtualMerchant), internet-kataloglarni (CatalogMerchant) kiritishimiz mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: AppleiTunesMusicStore,OZON.ru,Amazon.com,Lands’ End.
Ishlab chiqaruvchi modeli (Manufacturer (Direct) Model) –bunday modelni mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar tanlaydilar. Ular biznesni xaridor bilan vositachlarsiz aloqaga chiqqan xolda amalga oshiradilar va bu ularga bahoni pasaytirish va moslashuvchan bo’lishga imkon beradi. Misol sifatida Dell Computerva M.Video larni keltirishimiz mumkin.
Hamkorlik Modeli (Affiliate Model) – internetda pul ishlashni istaydigan, ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini (BannerExchange), saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (Pay-Per- Click) larni kiritish mumkin. Misol sifatida Amazon.com,OZON.ruva Barnes&Noblelarni
keltirish mumkin.
Jamoaviy Model (Community Model) –bunday model vositasida ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services), kraudsorsing platformalari, Ochiq boshlag’ich kodli tizimlar (Open source), Ochiq content tizimlari (Open Content), Jamoaviy ko’ratuvlar (Public Broadcasting) va boshqalar faoliyat ko’ratadilar. Misol sifatida Facebook,Wikipedia,Friendster, Flickr, Red Hat,VKontakte larni keltirishimiz mumkin.