Mavzu: sharqda ilk dexqonchilikning


jadval. Ayrim qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ming t)



Yüklə 116,88 Kb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü116,88 Kb.
#140058
1   2   3   4   5
SHARQDA ILK DEXQONCHILIKNING PAYDO BO’LISHI

jadval.
Ayrim qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ming t)



Yillar
Mahsulotlar

1993

1996

1997

2002

2005

Don

2142,4

3562,0

3775,6

3550,8

6401,8

Shu jumladan: bug`doy

876,0

2741,8

3073,0

4967,4

9575,8


Paxta

4234,5

3350,1

3645,0

3122,4




Kartoshka

472,4

513,5

691,9

777,2

924,2

Sabzavot

3038,7

2497,4

2384,2

2953,0

3517,5

Poliz ekinlari

622,3

469,7

367,6

475,4

615,3

Meva

560,1

604,8

547,7

818,5

949,3

Uzum

381,0

478,3

511,5

516,4




Ayni paytda O`zbekistonda har yili o`rtacha 5,0-5,5 mln tonna sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Jumladan, 2005 yilda respublikamizda 222,7 ming gektarga ushbu tarmoq ekinlari ekilib, 3517,5 ming t sabzavot, 615,3 ming t poliz ekinlari, 924,2 ming t kartoshka yetishtirilgan. Sabzavot mahsulotlari yetishtirishda Toshkent viloyati (716,5 ming t), Samarqand (625,0 ming t) va Andijon viloyatlari (461,7 ming t) yetakchi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyatlariga esa mamlakatda yetishtirilgan sabzavotlarning mos holda 1,4 va 2,4 foizi to`g`ri kelgan (2005 y). Polizchilik Sirdaryo (109,9 ming t) va Jizzax viloyatlarida (107,4 ming t) eng yaxshi rivojlangan. Umuman olganda, O`zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlarining 1/3 qismidan ortiqrog`i Mirzacho`l iqtisodiy rayoniga to`g`ri keladi. Kartoshka hosili bo`yicha Samarqand viloyati Respublikada 1-o`rinda turadi. 2005 yilda mamlakatda yetishtirilgan kartoshkaning 22,6 foizi (208,7 ming t) mazkur viloyat hissasiga to`g`ri kelgan. Shuningdek, Toshkent (15,5 %), Farg`ona (10,6 %), Surxondaryo viloyatlarida (9,4 %) ham kartoshka nisbatan ko`p ekiladi.


Mevachilik va uzumchilik. O`zbekistonning agroiqlim resurslari har qanday meva va uzum donasining qandlilik darajasini oshirishga qodir. Shuning uchun serquyosh diyorimizda yetishtiriladigan turli mevalar va uzum navlari shirin-shakar, o`ta lazzatli bo`ladi.
O`zbekiston hududida meva daraxtlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar miloddan avvalgi I ming yillik o`rtalariga to`g`ri keladi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida shaftoli, o`rik, olma, yong`oq, bodom, anor, tut hamda tokning juda sarxil mevali navlari yaratilgan. XX asr boshlarida hozirgi O`zbekiston hududida 24 ming ga bog`, 30,6 ming ga tokzor bo`lgan. Respublika bog`larida meva va rezavor meva beradigan 20 turga mansub daraxt, buta va o`t o`simliklar o`stiriladi. Urug`li meva daraxtlari (olma, nok, behi), danakli meva daraxtlari (o`rik, shaftoli, olxo`ri, gilos, olcha), subtropik o`simliklar (anor, anjir), yong`oq mevalilar (yong`oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smarodina (qoraqat)) asosiy o`rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va qishki navlari muhim xo`jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Samarqand, Toshkent viloyatlari va Farg`ona vodiysida taraqqiy etgan. Tokchilik xo`raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo`nalishlariga ega.
1995 yilda respublikada bog`larning umumiy maydoni 382 ming gektardan ortib ketdi (meva bog`lari 253 ming ga, tokzorlar 131 ming ga). Har yili yalpi hosil qariyb 1 mln tonnani tashkil etadi. 2002 yilda esa o`rtacha 842,9 ming. t. meva va 500 ming. t. atrofida uzum hosili yig`ib olindi. Mevachilikda Andijon (20 %), Samarqand, Namangan, Farg`ona, Toshkent (11-12 %) viloyatlarining, uzumchilikda esa Samarqand (27 %) viloyatining salmog`i kattadir.
Mamlakatimizning janubiy mintaqalarida, xususan Surxondaryo viloyatida subtropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Ayniqsa, xurmo, bodom, anjir, anor, limon, mandarin, apelsin ko`p ekiladi. Biroq, bu mevalarning ayrimlari qish faslida issiqxonalarda saqlanadi yoki vaqtincha usti plyonkalar bilan yopib qo`yiladi.
Respublikada meva va uzumning yangi, serhosil navlarini yaratishda R. R. Shreder nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



  1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997.

  2. Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996.

  3. Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004.

  4. Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983.

  5. Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992.

  6. Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990.

  7. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994.

  8. Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002.

  9. Axmedov E.A., Boltayev M.J. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 2000.

  10. Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O`zbekiston. T., 2001.

Yüklə 116,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin