Adabiy me’yor muhim ijtimoiy va madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me’yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me’yorlashgan tilsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adabiy me’yor muhim ijtimoiy va madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me’yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me’yorlashgan tilsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adabiy til me’yori dialekt yoki jargon me’yorlaridan farqli o‘laroq, ongli ravishda madaniylashadi: lug‘atlarda, grammatikalarda qayd qilinadi, maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va televideniyeda targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti, odatda, adabiy til me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2. Nutqiy muloqot “Nutqiy muloqot” termini “nutqiy kommunikatsiya” terminiga sinonim hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har ikkala sinonim ham ikki taraflama jarayonni, ya’ni muloqot chog‘ida kishilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi. Nutqiy muloqotning holatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Nutqiy muloqotning holati
|
Kim bilan gaplashamiz?
|
Bir kishi bilan
| | |
Bir necha kishi bilan
| |
Qayerda?
|
qulay /noqulay sharoitda
| | |
Rasmiy bo‘lmagan muhitda
| | |
Rasmiy muhitda
| |
Qaysi maqsadda?
|
Muloqot
| | |
|
Dostları ilə paylaş: |