Mavzu: Tadbirkorlik etikasi va madaniyati. Reja


Kengash va majlislarni olib borish madaniyati



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə8/9
tarix24.11.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#133913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tadbirkorlik etikasi va madaniyati.

Kengash va majlislarni olib borish madaniyati. Tadbirkor rahbarkengash va majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak.Kengash - jamoa fikri. Aql zakovatini muayyan masalani muhokama etish vaoqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtirilgan majlisdir. Sohibqiron Amir Temur kengash to‘g‘risida shunday deydi:
“Kengash ikki turli bo‘lur. Biri - til uchida aytilgani, ikkinchisi - dildan chiqqani. Til uchida ay- tilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog’iga quyardim va dilimga joylardim. Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo‘lsam, urush-yarashdan o’rtaga so‘z tashlab, amirlarim ko’ngillarining bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so‘z ochsalar. Buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim. Agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyo- niga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni ixtiyor qi- lardim”.
Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo‘lishi mumkin. Shart-sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o‘z mehnatiga yarasha daromad ol- ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil qilsin.

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin