Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning-fayllar.org
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri shizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri shizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?
Don birjasida bug’doyga bo’lgan talab va taklifning umumiy hajmi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz:
Talab, ming tsentner hisobida
Bir tsentner narxi (so’m) hisobida
Taklif ming tsentner hisobida
Ortiqsha (+) yoki kam (-)
85
80
75
70
65
60
3400
3700
4000
4300
4600
4900
72
73
75
77
79
81
a) Bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday bo’ladi?
Bug’doyning muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni to’ldiring va natijalarini tushuntirib bering; b) shu ma’lumotlardan foydalanib bug’doyga bo’lgan talab va taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering. Muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlang; v) nima uchun 3400 so’m bu bozorda muvozanatli narx bo’la olmaydi? 4900 so’m-shi? g) Endi davlat bug’doyning eng yuqori narxini 3700 so’m qilib belgiladi deb faraz qilamiz. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O’z javoblaringizni grafikda tasvirlang.
4. Talab va taklifning quyidagi o’zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatadi? Javoblaringizning to’g’riligini tekshirish uchun talab va taklif diagrammasidan foydalaning.
a) taklif qisqaradi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; v) taklif ko’payadi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; g) talab ortadi va taklif ham ko’payadi; d) talab ortadi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; ye) taklif ko’payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab qisqaradi va taklif ham qisqaradi.
http://fayllar.org