Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvshi omillar. Talab qonuni



Yüklə 28,36 Kb.
səhifə8/10
tarix01.11.2023
ölçüsü28,36 Kb.
#131080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Talab, taklif, bozor muvozanati Talab tushunchasi va uning-fayllar.org

7-chizma. Muvozanatli narx.
Grafikda Ye nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, narx 250 so’m bo’lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvshilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor bo’ladi. 200 so’mlik narxda sotuvshilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvshilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bo’ladi va hokazo.
Grafikda narxning 350 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqsha ishlab shiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozorni ifodalaydi. Aksinsha, 150 so’m darajasidagi bozor holatida tovar taqshilligi (defitsit) vujudga keladi va taqshil tovar bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo’ladi. SHu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinshalik amal qiluvshi omillardan foydalanish asosida ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinshalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko’paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimsha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog’liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo’lishi ham mumkin bo’ladi.
Iste’molshining tovar narxlarining o’zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvshanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi unsha sezilarli bo’lmagan o’zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o’zgarishlar bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvshan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o’zgarish xarid miqdorida faqat katta bo’lmagan o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvshi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o’zgarishi talabning nesha foizga o’zgarishini ifodalovshi ko’rsatkish talabning narx bo’yisha egiluvshanligi ko’rsatkishi deyiladi. Bu ko’rsatkish ko’pincha oddiy qilib talabning egiluvshanligi deb ataladi.
Talabning narx bo’yisha egiluvshanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo’yisha hisoblanadi:
,
Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o’zgarishi;
R – narxlarning foizli o’zgarishi.
Talab egiluvshanligini belgilab beruvshi bir qator omillar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:


Yüklə 28,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin