Mavzu: Taloqning anatomiyasi va morfologiyasi. Suyak ko’migi va uning tuzilishi



Yüklə 239,58 Kb.
səhifə3/8
tarix05.04.2023
ölçüsü239,58 Kb.
#124852
1   2   3   4   5   6   7   8
Taloq

Ko’payish markazi va yopqich (mantiy) zona asosan B-limfotsitlardan, B-limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu zonalar B-zonalar bo’lib, bu yerda B-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi follikulyar dendritli hujayralar joylashadi. Qirg’oq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo’lib, unda T- va V-limfotsitlar va yakka makrofaglar uchraydi. Qirg’oq zonani qirg’oq sinusoidal tomirlari o’rab turadi.Qizil pulpa (pulpa lienis rubra) taloqning asosiy qismini tashkil etib, retikulyar to’qima va unda joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon tomirlarga juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi pulpar yoki taloq tasmalari (chordae lienalis) deb ataladi. Bu tasmalarda V-limfotsitlar va ulardan hosil bo’lgan plazmotsitlar uchraydi.

  • Ko’payish markazi va yopqich (mantiy) zona asosan B-limfotsitlardan, B-limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu zonalar B-zonalar bo’lib, bu yerda B-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi follikulyar dendritli hujayralar joylashadi. Qirg’oq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo’lib, unda T- va V-limfotsitlar va yakka makrofaglar uchraydi. Qirg’oq zonani qirg’oq sinusoidal tomirlari o’rab turadi.Qizil pulpa (pulpa lienis rubra) taloqning asosiy qismini tashkil etib, retikulyar to’qima va unda joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon tomirlarga juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi pulpar yoki taloq tasmalari (chordae lienalis) deb ataladi. Bu tasmalarda V-limfotsitlar va ulardan hosil bo’lgan plazmotsitlar uchraydi.
  • Qizil pulpaning retikulyar stromasida monotsitlardan hosil bo’lgan fagotsitoz qiluvchi hujayralar – makrofaglar (taloqda ular «splenotsitlar» deb yuritiladi) va eritrotsitlar juda ko’p bo’ladi. 
  • Taloqning oq pulpasi massasi taloq umumiy massasining 18,5—21% ini tashkil qilsa, qizil pulpa 82—85% ini tashkil qiladi.

Taloq immun-himoya sistemasining periferik a’zosi bo`lib, organizmda bir qancha muhim vazifalarni o`taydi.

  • Qon yaratuvchi va himoya vazifasi.Taloqda T- va V-limfotsitlarning ko`payishi hamda ularning mikromuhit hujayralari bilan hamkorlikdagi faoliyati kuzatiladi. Shu tufayli taloq hujayraviy va gumoral immunitetda aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda yot zarrachalar ushlanib qolib, makrofaglar tomonidan yemiriladi. Embrion taraqqiyoti davomida taloqda granulotsitlar, eritrotsitlar va qon plastinkalari ham hosil bo`ladi. Ammo bu jarayon homila tug`ilishi paytiga kelib yo`qolib ketadi.

Yüklə 239,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin