Publitsistika. (lot. Publika—Xalq, omma). Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o’quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda bo’layotgan voqealarni singdirish, ularni ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televidenya) oliy majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda qo’llaniladigan nutq uslubi sanaladi. Publitsistika uslubi ikki xil shaklda namoyon bo’ladi.
Yozma shakl
Og’zaki shakl
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga , o’zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga , o’zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi.
Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o’quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi.
Rasmiy uslub quydagi turlarga bo’linadi
.
.
1. Sof qonunchilik uslubi(qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi)
2. Idoraviy-devonxona uslubi( buyruq, ariza, talabnoma,bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi xol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatic uslub ( nota, bayonotnoma, bitm, konvensiya va boshqalar).
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o’ziga xos leksik, Grammatik xuxusiyatlari mavjud. Masalon, qaror, farmonlarning o’ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.