Mavzu: Xalqaro moliyaviy munosabatlarda tmklarning o’rni. Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/9
tarix02.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoil

Kurs ishining obyekti: TMK larning paydo bo’lish sabablarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi va globallashuvdagi roli.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 3ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kurs ishining maqsadi: TMKlar faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari: TMKlarning mohiyatini, ahamiyatini aniqlash, zamonaviy mashxur TMK larni tahlil qilish.
1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati
Xalqaro kompaniyalar milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning ko’pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bo’yicha esa konsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va ishtirokchilari o’z kapitallarining mulkdori bo’lib qolgan kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XX asrning tipik kontserni odatda turli tarmoqlar va hududlar bo’yicha diversifikatsiyalangan kapitalning yagona mulkdoridir.
BMT metodologiyasi bo’yicha xalqaro korporatsiyalarga an’anaviy ravishda uzoq vaqt mobaynida yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq va kamida 6 ta davlatda filiali bo’lgan firmalar kiritilgan. Keyingi yillarda boshqa bir ko’rsatkich, ya’ni rezident-davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar miqdori ham kiritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda Shveytsariyaning - Nestle firmasi (98%) ilg’orlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Zamonaviy xalqaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni bir millatli yoki ko’p millatli bo’lishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini o’z ichiga oluvchi sub’ektlar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi xorijiy filiallarining aktivlarini nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida o’z ulushiga ega bo’ladi.
Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy rejimi tashkil topgan filiallar va sho’’ba korxonalari orqali turli davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Bu korporatsiyalar nisbatan mustaqil bo’lgan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy tadqiqot, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish xizmatlariga egadirlar. Umuman ular yagona ishlab chiqarish - sotish majmuini tashkil etib, bu majmuada hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. Shu bilan birga filial va sho’’ba korxonalari aralash korxonalar bo’lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi ham mumkin. Transmilliy korporatsiyalarning optimal boshqaruvi asosiy korporatsiya tomonidan xorijiy filiallarni uzluksiz boshqarib turish imkoniyatini yaratishi kerak. Lekin ayni paytda bu boshqaruv xorijiy filiallar menejerlariga mahalliy bozor xususiyatlari va mahalliy qonunchilikka mos ravishda iste’molchilar talablarini qondiruvchi qarorlar chiqarish imkoniyatini bermog’i lozim.
lozim.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin