Mavzu: xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini tahlili


MAHSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH TAHLILI AHAMIYATI VA ASOSIY MAQSADI



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/8
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#126743
1   2   3   4   5   6   7   8
4 1 Xo`jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot ish, xizmatlar ishlab

MAHSULOT (ISH, XIZMATLAR) ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH TAHLILI AHAMIYATI VA ASOSIY MAQSADI:
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi va uning o‘zgarishiga baho berish;
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini o‘rganish hamda ularning o‘zgarishiga baho berish;
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga qanday omillar qay darajada ta’sir ko‘rsatganligini aniqlash;
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotishni ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash;
  • aniqlangan imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha choratadbirlar ishlab chiqish.
  • MАHSULОT ISHLAB CHIQARISH VA SОTISH HАJMINI TАHLIL QILISHNING АSОSIY VАZIFАLАRI:
  • Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
  • - biznes reja ma’lumotlari;
  • - “Buxgalteriya balansiˮ ma’lumotlari;
  • - “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotˮ ma’lumotlari;
  • - statistik hisobot ma’lumotlari;
  • - mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini hisobda aks ettirish uchun mo‘ljallangan tegishli schot ma’lumotlari va boshqalar.
  • MАHSULОT ISHLAB CHIQARISH VA SОTISH HАJMINI TАHLIL QILISHNING АXBOROT MANBALARI:
  • Mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish hajmi natural, shartli natural, mehnat va qiymat o‘lchovlarida ifodalanishi mumkin.
  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar odatda, qiymat o‘lchovi (pul)da baholangan holda olinadi. Buning uchun taqqoslama yoki joriy narxlardan foydalanish lozim.
  • Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash uchun ishlab chiqarish va mahsulot sotish hajmlarining natural ko‘rsatkichlari (dona, metr, tonna va h.k.) ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini alohida turlar va bir turdagi mahsulotlar guruhlari bo‘yicha tahlil qilishda foydalaniladi.
  • Shartli natural ko‘rsatkichlar ham qiymat ko‘rsatkichlari kabi mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini umumiy tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Masalan, tomat pastasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ming shartli banka, sharbat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda ming dona idish kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
  • Normativ mehnat sarfi (norma-soatlar yoki normalashtirilgan maosh), shuningdek, ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarish sharoitida natural yoki shartli natural o‘lchovlardan foydalanish imkoni bo‘lmaganda foydalaniladigan mahsulot chiqarish hajmini umumlashtirib baholash uchun mo‘ljallangan.
  • Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish hajmi esa ularning xaridorlarga yuklab jo‘natilishi yoki to‘lov (tushum) bo‘yicha belgilanadi. U
    Yüklə 1,02 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin