Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media zamondagi o’rni


Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/4
tarix19.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#133205
1   2   3   4
XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI MEDIA ZAMONDAGI O’RNI

Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish.


MAS yoshlarni media va axborot platformalari bilan o’zaro munosabatga kirishish, kasbiy muloqot hamda kontentni tayyorlash bo’yicha zarur kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Ushbu ko’nikma va qobiliyatlar sirasiga xalqaro standartlar va madaniyatlararo bag’rikenglikni e’tiborga olgan holda media va axborot axloq-odobi tamoyillarini o’zlashtirish kiradi.
MAS materiallari va vositalarini saralash, moslashtirish va yoki yaratish qobiliyati uchun zarur bo’lgan ko’nikmadir. OAVning bo’lajak mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko’nikmasi shakllanishi ham juda muhim, chunki bu narsa uni mediatadqiqotlar olib borishga undaydi va kasbi doirasida tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.
Foydalanuvchi kontenti ham yangi, ham an’anaviy medialarga diqqatni jalb etishning asosiy omili bo’lib bormoqda. Shu ma’noda O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mobil media imkoniyatlarini fuqarolarning jamiyat hayotida hamda millat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan ijtimoiy muloqot-munozaralarda faol ishtirok etishini ta’minlash nuqtai nazaridan yanada faollashtirish zarur.

Amerika Qo’shma Shtatlari dunyodagi eng erkin matbuotga ega mamlakatlardan biridir


Matbuot boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda, qonuniy yoki hukumat tomonidan o’tkaziladigan turli ta’sirlar va cheklashlardan nisbatan holi. Eng muhim kafolat esa AQSh Konstitutsiyasiga kiritligan birinchi qo’shimcha hisoblanadi. “Birinchi qo’shimcha”da shunday deyiladi: ”Kongress... so’z va matbuot erkinligini cheklovchi qonunlar qabul qila olmaydi...”. Bunga qo’shimcha tarzda Shtatlar hukumatlariga «biror-bir odamga zaruriy qonun ijro etilishida rad qilishni» man etadigan AQSh Konstitutsiyasiga 14 – o’zgartirish qo’llaniladi. Shuningdek “Fuqorolik va siyosiy institutlarimizning umrboqiyligi so’z erkinligi bilan bog’liqdir...”.
AQSh inson huquqlari to’g’risida xalqaro kelishuvlarning ayrimlarigagina a’zo bo’lgan. Shulardan biri “Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro Pakti”ga 1992 yilda AQSh hukumati qo’l qo’yar ekan, Pakt mamlakat hududida to’g’ridan-to’g’ri ta’sir kuchiga ega emasligini va 20 – moddaga (urush va nafratni targ’ib qilish to’g’risida) nisbatan AQSh qonunchiligida qabul qilingan va juda katta so’z erkinligini ta’minlaydigan me’yorlar asosida ish ko’rish to’g’risidagi istisnoni kiritib ketgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin