-Mavzu: XVII asr adabiyoti.
Reja
1. Klassitsizm adabiyoti.
2. Ispan adabiyoti.
3. Fransuz adabiyoti.
4. P.Kornel ijodi.
Tayanch konspekt
Klassitsizm. XVII asr ispan adabiyoti.Barokko oqimi. Drama. Ingliz adabiyotida
poema. Ispan adabiyotida barokko oqimi. Realizm. Milliy drama. Fransuz miliy
teatri. Komediya. Masal. Satira. Drama.
XVII asrning o‘rtalarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feodal jamiyati
xiyla zaiflashgan, Niderlandiya (1516—1609) va Angliyadagi (1640) inqiloblar
o‘rta asr idora usuli va diniy-cherkov xukmronligiga
qaqshatqich zarba bergan,
binobarin, feodal tuzumining butunlay yemirilish davri ancha yaqinlashib qolgan
edi.
Kapitalistik ishlab chiqarish usulining bunyodga kelishi eski ishlab chiqarish
munosabatlarini yemiradi, xunarmandchilikni yo‘q.
qiladi. XVII asrdagi ijtimoiy o‘zgarishlar jamiyatdagi ziddi-yatlarni ham
ko‘chaytiradi.
Angliyadagi inqilob o‘sib borayotgan burjuaziya va sobiq dvoryanlarning
yildagi kompromissi (kelishuvchiligi) bilan tugadi. «Qizil» va «oq» gullar urushi
natijasida bir-birlarini qirib yuborgan feodal-baronlar o‘rniga vujudga kelgan yangi
dvoryanlik feodallarga qaraganda burjuaziyaga yaqin turar, mamlakatning savdo-
sanoat ishlariga aralashib, undan ko‘proq foyda orttirishga intilar edi. Bu voqealar
XVII asr ingliz tarixiy taraqkiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
edi.
XVII asr Yevropa mamlakatlarida xukmronlik qilgan absolyut xokimiyat feodal
o‘zboshimchaliklarini bostirishda dvoryanlardan foydalanadi vaburjua tabaqalarini
o‘ziga qaram xolda saqlashga intiladi. Burjuaziyaning tez o‘sib
borishi u bilan
dvoryanlik o‘rtasidagi ziddiyatni keskinlashtirib yuboradi, natijada revolyutsion
voqealar kelib chiqadi.
Uyg‘onish davri adabiy traditsiyalarini davom ettirgan XVII asr ilg‘or
yozuvchilari ijodida o‘libborayotgan dvoryan-aristokratiya sinfi va uning urf-
odatlari qattiq masxara qilinadi. Molyer komediyalarida tasvirlangan ma’naviy
ojiz, shuxratparast kishilar obrazi XVII asr dvoryan sinfi nuqsonining tipik ifo-
dasidek namoyon bo‘ladi. Badiiy adabiyotda aristokratiya bilan mu-rosaqilishga
tayyor turgan burjua sinfi vakillarining egoistik intilishlari ham ayovsiz tanqidga
uchraydi.
XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti realizm, klassitsizm vabarokko nomi bilan
ataluvchi uchasosiy adabiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Realizm Uyg‘onish davri
gumanist yozuvchilarining traditsiyalarini davom ettiradi. Bu adabiy yo‘nalishning
vakillaridan
biri
bo‘lgan
Lope
deVega
o‘zkomediyalarida
barokko
yozuvchilarining pessimistik kayfiyatlariga xushchakchaq xayotni qarshi kuyadi;
Sharl Sorel ham«Fransionning xaqqoniy vaqo‘lgili xayot tasviri» romanida
dunyoviy kuvonchlarni qo‘ylaydi.
Barokko o‘rtaasr madaniyati tushkunligi natijasida kelib. chiqqan, absolyutizm
ko‘chayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi ta’sirini aks ettirgan adabiy
yo‘nalish xisoblanadi. Uning yorkin ifodachisi dramaturg Kalderondir.
Uyg‘onish davri mutafakkirlarining dinga shubha bilan qarash-lari o‘rnini endi
diniy mutaassiblik oladi. Xudo daxshatli va shafkatsiz kuch, uning qudratioldida
inson zaif va ayanchli max-luq deb karaladi. Barokko yozuvchilarining tilida oddiy
iboralar yo‘qolib, undagi tasvir nozik va«bejirim» tusga kiradi. Ular ijodida
vazmin tabiatli qahramonlar gavdalanadi, uzoq ekzotik mamlakatlarga qizikish
ko‘chayadi. Adabiyotdagi bunday aristokratik
uslub Italiyada marinizm,
Ispaniyada gangorizm, Fransiyada pretsioz deb ataladigan oqimlarda ochiq
ko‘rinadi. Binobarin, barokko xasta xis-tuyg‘ularni ifodalovchn chirib borayotgan
dvoryan-aristokratiya sinfining adabiy uslubidir.
Klassitsizm XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqkan adabiy
okimdir. Bu vaqtda fransuz qiroli bebosh feodal-larning qarshiligini bartaraf etib,
markazlashgan xokimiyat o‘rnatish uchunkurash olib bormokda edi. Lyudovik
XIV (1643— 1715) zamonasida absolyutizm mustaxkamlanadi. Anarxiyaga chek
qo‘yish,juz’iy narsalarni umumiylikka buysundirish absolyutizm ximoyachilari
ilgari surgan muxim masalalardandir. Siyosatdagi singari
adabiyotda hamqattiq
qo‘llik bilan ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma’lum koidaga itoat ettiriladi.
Kardinal Rishelye yangi tashkil qilingan akademiya orqali adabiyotni o‘z na-zorati
ostiga oladi. Qonundan chetga chiqishsan’atda ham boshbosh-doklikka olib boradi,
degan qat’iy fikrga keladi. Klassitsizm qoidalarigarioya qilmagan Kornel vauning
«Sid» tragediyasi jiddiy tanqidga o‘chraydi.
Klassitsizm yozuvchilari absolyut xokimiyat mamlakat milliy birligi
manfaatlariga moskeladi, deb uni mustaxkamlash g‘oyasini qullaydilar. Ular
qirollik siyosati bilan xisoblashishga majbur bo‘lganliklaridan, qisman, saroyga
bog‘lik hamedilar. Lekin, bulardan kat’i nazar, ular ijodida davlat manfaatlarini
ko‘zlash hammavaqt birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun klassitsizm
nazariyachilari vayozuvchilari mamlakat xalqi ruxini aks ettiruv-chi adabiyot
yaratishga intiladilar. Bu badiiy ijodning shaklla-nishida davrning ilg‘or
ratsionalistik
falsafasi, xususan, De-kartning xaqiqatni anglash uchun yagona
mezon akl-idrokdir, degan qarashlarikatta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga binoan, ular
idrokni san’atga hamto‘g‘ri yo‘l belgilab beruvchi birdan-bir mezon deb xisoblab,
uni xis-tuyg‘uga qarshiqo‘yadilar.
Klassitsizmning asosiy prinsiplaridan yana biri tabiatga taqlid qilish, real
turmushni gavdalantirish talabidir. Demak realizm klassitsistlar estetikasiga
yotemas, Biroq Uchegaralangandir. Uning yirik nazariyotchisi Bualo «Poeziya
san’ati» degan asarida «yaramas» tabiatga, vokelikning «qo‘pol»
tomonlariga
emas, balki faqat «go‘zal» tabiatga taqlid qilishga chakiradi. Klassisistlar inson
hayotidagi muhim voqealarni ochish kabi vazifani ilgari surishlari bilan birga,
umumiylikni xususiy xolat bilan ajratib qo‘yadilar, insonning ruxiy xalati moddiy
turmushga bo‘lgan intilishlari bilan bog‘lik ekanligini bilmaydilar. Bular esa
personajlarni bir yoqlama tasvirlashga olib boradi.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha, butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos,
qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma) turlarga bo‘linadi. «Yuksak»
janrlarda davlat ishlari qirol va hukmron tabaqa vakillarining harakatlari tantanali
uslubda tasvirlanishi kerak «Tuban» janrlarda esa, uchinchi toifa vakillarining
kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Janrlarning bu tariqa
sun’iy tasnif etilishi klassitsizm adabiyotining sosloviyeli dvoryan xarakteridan
kelib chiqqan. Klassitsist yozuvchilar asar tilining
aniq obrazlarning ratsional,
kompozitsiyasining pishiq uslubning qo‘poliboralardan xoli bo‘lishiga katta e’tibor
beradilar. Biroq go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon iste’doddir, deb unga
ortikcha baho beradialr. Qahramonlarni oldindan belgilab qo‘yilgan sxema va
logik qonunlariga ko‘ra«yaxshi» va «yomon»ga ajratib, natijada xarakterlarning
hayotiyligini chegaralab qo‘yadilar.
Klassitsizm adabiyotida drama janri muxim o‘rin egallaydi. Undagi asosiy
prinsip uch birlik qonuniga rioya etishdir.