O‘quv materialini muammoli bayon etish. O‘quv jarayonini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari – o‘quvchilarning ta’limiy ishlarini faollashtirish, muastaqilligini rivojlantirish, o‘qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir. Bu shakllardan biri o‘quv materialini bayon etishni muammoli qilib tuzatishdir. Bunda o‘quvchi ongida muammoli vaziyat yoki ilmiy izlanishni eslatuvchi vazifa shakllanadi. O‘quvchining o`zi savolga javob topishga, muammoni hal qilishga intiladi. Odatda, u to‘g‘ri javobni o‘qituvchi yordamida topadi. Ammo o`zi kidirib topishga intilishi va yechim variantlarini topishi unda bilish faolligini, mustaqil fikrlashni vujudga keltiradi, uning bilish faoliyatiga ijodiy tus beradi.
O‘qitishda tafakkur yangi xarakat usullarini va uzlashtirilishi lozim bulgan yangi bilimlarni “kashf etish”lariga xizmat qiladi va shunda o‘qituvchilarda ruy beradigan psixik xolatni ketirib chikaradigan muayyan vaziyatlar hamda ularga mos vazifalar muammoli vaziyat va vazifalar deb ataladi. Shunday vaziyatni yaratish va usha muammoni hal qilishda o‘qituvchining tutgan yuli, usuli muammoli bayon qilish deyiladi.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish va muammoni hal qilish asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni muammoli o‘qitishdir.
Muammoli vazifalar va vaziyatlar quyidagi xollarda vujudga kelishi mumkin:
-Topkirlik yuzasidan topshiriqlar, vazifalardan, muammoli vaziyatni uz ichiga olgan boshqa vositalardan foydalanishda.
Mana shularning xammasi bilish va kizikish faolligini keltirib chikaradi. O‘quvchilar uzlarida yechimni topish uchun zarur bilimlar borligini tushunadilar va muammo javobning to‘g‘ri variantini topishdan iborat bo‘ladi.
Ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta’limning tarbiyaviy xarakteri uning ob’yektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o‘qituvchi o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda xamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Darsning xar qanday bosqichida ta’limning eng kerakli metodlarini tanlash; o‘qitish metodini to‘g‘ri tanlash o‘qituvchi mehnatining samaradorligini va o‘quvchilarning eng yuqori faolligini ta’minlaydi, o‘quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi. Darsda o‘quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to‘g‘ri qo‘shib olib borish; o‘qituvchi dars davomida butun guruh bilan ishlashdan tashqari o‘quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo‘yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim.