Zamonaviy menejerlarning turlari quyidagicha bo’ladi:
1. Moliyaviy menejerlar: Bu turlar moliyaviy muammolarni hal qilish bilan shug'ullanadilar. Masalan, moliyaviy hisob-kitob, pul muomalalari, kreditlar va boshqa muammolar.
2. Boshqaruvchi menejerlar: Ushbu turlar ish faoliyatidagi har bir jarayonni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bular odatda kompaniya direktorlari yoki bo'sh ish o'rinlari tomonidan belgilanadi.
3. Marketing menejerlar: Bu turdagi menejerlar kompaniyalar marketing strategiyalarini belgilash, reklama kampaniyalarni rejalashtirish va mijozlarga xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadilar.
4. Xodimlar menejerlari: Ushbu turlar kompaniya xodimlarining barcha ish jarayonlarini boshqarish bilan shug'ullanadi.
5. O'rta darajali menejerlar: Bu turdagi menejerlar yuqori darajadagi rahbarlikning tarbiyalashiga kiradi va ularning kelgusidagi vazifalar uchun tayyorlanishi kerak bo'ladi.
6. Maxsus loyiha , programmalar uchun menejerlar: Ushbu turlar ma'lum bir loyiha yoki dastur uchun yuklatilgan maksadli odamlardir. Masalan, IT loyihalari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va boshqalar.
7. Ommaviy aloqa menejerlari: Ushbu turlar kompaniyalar va mijozlar o'rtasidagi aloqalarni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bu turlar xizmat ko'rsatish, shikoyatlar va talablar uchun xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi.
Hozirgi vaqt menejerlari ko’p hollarda o’zlari tanlagan texnologiyalarni va bu texnologiyalar bilan ishlovchilarning faoliyatlariga o’rgangan. Yangi texnologiyalar faqat tashvish va ortiqcha vaqtni olishiga qat’iy ishonchda bo’lgan tartibni qabul qilgan va bu tartibdan yangi bir tartibga o’tishni xoxlashmaydi. Bu usul ham to’g’ri bo’lishi mumkin. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha yo’nalishlaridagi ilg’or tajribalar va yangi texnologiyalar menejer yoki tashkilot rahbarining qanchalik ishbilarmonligidan, hohishi-e’tiboridan qat’iy nazar raqobatni keltirib chiqarmoqda. Biz hozirgi xaridorlar va iste’molchilarning yangi mahsulotlar va xizmatlarga bo’lgan talablari ham keskinlashgan, o’zgaruvchan zamonda yashamoqdamiz. Hatto, juda ko’p yillar davomida o’ziga ma’qul bo’lgan, faqat aynan shu tashkilotlarning mahsulotlari va xizmatlariga o’rgangan va xarid qilgan iste’molchilar ham, birinchi navbatda yangi mahsulot va xizmatlarni xarid qilmoqdalar. Bu vaziyatda moddiy va nomoddiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona rahbari yoki menejerlar albatta o’zlari kutmagan raqobatga duch kelmoqdalar.
Menejer novator(yangi g’oyalar, yangi texnologiyalar bilan ishlovchi boshliq, rahbar) bir texnologiyaga va shu texnologiya- ning ishlab chiqarish sharoitlariga o’rgangan va bu texnologiyadan ajralgisi kelmagan ishchilarini yangi texnologiyalar tizimiga o’tishning afzalliklari va samaradorligiga ishontirishning uddasidan chiquvchi, ijodiy fikrlovchi, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan, axborotlaridan yaxshi xabardor, tashkilotchi va tashabbuskor rahbardir.
Salohiyatli innovatsion menejerning dunyoqarashi va fikrlashi standartsiz, qolipsiz bo’lishi, ular boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda hatto kam sonli bo’lsa ham o’zlarining haq ekanligini ilmiy-texnika yutuqlariga, zamonaviy boshqaruv usullariga asoslanib isbotlab beradilar va g’olib bo’ladilar.
Novatorlar o’zlarida qat’iy ishonch bo’lishi uchun doimo izlanishda bo’ladilar.
Mutaxassisligi yoki ixtisosligidan tashqari Jahon taraqqiyotidagi yangi
texnologiyalar bilan tanishib boradi. Menejer novatorlar murakkab muammolarga duch kelishini va bu vaziyatlardan chiqilmasa «chet»da qolib ketishini juda yaxshi anglab olgan. Shuningdek, ular o’zlarining tashkilot yoki korxona taqdiridagi o’rnini, mavqe’ini ham yaxshi anglab olgan.
Shunday qilib, har bir mutaxassisni, zamonaviy menejerni har taraflama baholash va tanlashning quyidagi to’rtta talablari asosida amalga oshirilishi to’g’ri
deb topilmoqda:
1. Professional tayyorliligi.
2. Psixologik sifatlari.
3. Umumiy madaniy darajalari.
4. Umumiy ilmiy darajalari.
Professional tayyorliligi. Bu guruhga kiruvchilar uchun asosiy talab bilimlarni egallash hisoblanadi. Menejerning novator bo’lishligi uchun u o’rganishi talab qilinadigan fanlarning xili ko’p. Bu fanlarni marketing elemetlariga muvofiqlashgan holatlarda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Product (mahsulot siyosati va mahsulotni ishlab chiqarish) – texnik fanlar, ishlab chiqarish texnologiyasi, huquqshunoslik va korxonaning iqtisodiyoti.
2. Price (baho siyosati va samarali baho tashkillanishining nazorati) – makro va mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, oliy matematika, statistika, moliyalar va kredit), soliq huquqi, buxgalteriya hisobi.
3. Place (bozor ulushini egallashdagi samaradorligi) – muzokaralarni olib borish texnikasi, merchendayzing.
4. Promotion (sotuv tizimining samaradorligi) – sotsiologiya, psixologiya, nisbiylik nazariyasi va statistika.
Boshqaruv pog‘onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo‘linadi.
- Yuqori pog‘onadagi menejerlar.
- O‘rta pog‘onadagi menejerlar.
- Quyi pog‘onadagi menejerlar.
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish masqadida biror bir organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuasidir.
Masalan: 1) mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
2) vazirlik, qo‘mita, hokimiyatlarning ish uslubi;
3) sud, prokuraturalarning ish uslubi;
4) korxona, tsexlarning ish uslubi;
5) ayrim rahbarlarning ish uslubi
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir.
Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi.
Rahbarlik fazilatlari to‘g‘risidagi Gippokrat fikrlari: “Sangviniklar”, “Flegmatiklar”, “Xoleriklar”, “Melanxoliklar”.Rahbarga quyiladigan talablar.
Fazilat-bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo‘lishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: |