96
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni,
vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi.
Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning
past sur’atlari (W
1
; u
1
), davriy tebranishning
pasayish fazasida esa
aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W
2
, ; u
2
)
kuzatildi. O‘rtacha holat (W
0
; u
0
) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng
maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi.
Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga
erishiladi.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan:
taniqli
iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini
narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (8. 7. 2-
rasm).
9.7.2-rasm. Modifikatsiyalangan qisqa muddatdagi
Fillips egri chizig‘i
41
Bunday yangi ko‘rinishdagi modifikatsiyalangan Fillips egri
chizig‘ining gorizontal o‘qi bo‘ylab ular ishsizlik darajasini (u), vertikal
o‘qi bo‘ylab tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati (R)ni
belgiladilar. Endilikda bu chizma davriylikning turli fazalarida inflatsiya
va ishsizlik darajalari tebranishlarini aniqroq aks ettirdi.
Yuksalish
fazasida (R
1
;u
1
) inflatsiya sur’atlari ko‘tariladi, ishsizlik esa kamayadi.
Pasayish fazasida (R
2
;u
2
) ishsizlik ko‘payib, inflatsiya sur’atlari pasayadi.
41
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
97
«Stagflatsiya» atamasi ikki so‘zning yig‘indisidan tashkil topgan:
stagnatsiya (turg‘unlik) va inflatsiya. Grafikda u qisqa muddatdagi Fillips
egri chizig‘ini (shot-term Phillips curve) koordinatalar o‘qiga nisbatan
o‘ngga siljiganligi bilan tushuntiriladi (9.7.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: