tushuncha asosida umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning
yechimi sifatida jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish mumkin.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi.
Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki
nazariy jihatdan qanchalik
yetuk bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki, har
qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab
ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari
mavjud:
−
tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
−
etnik jihatga ko‘ra;
−
e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
−
hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi
tasnif keltiriladi:primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik,
animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki
qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga
singib ketgan bo‘lib,
hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi
qabilalarda saqlanib qolgan;
1)
millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga
qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik
(hindlarga xos), konfutsiylik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos)
kiradi;
2)
jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan
qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda
buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik
(yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik)
dinlari va h.k.ga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda
yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskiye
religii) yoki samoviy dinlar deb atash ham kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: