Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1


-mavzu: Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Seminar Topshiriq

2-mavzu: Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi 
2.1
 
Din metodologiyasi nima? 
 
Dinshunoslik metodologiyasi deganda - hodisasini tadqiq etuvchi turli fanlar 
dinning ma’lum bir jihatlarini tahlil qiladilar. Faqat sotsiologiya dinni yaxlit sosial 
fenomen sifatida o‘rganib, uni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan aloqa va 
munosabatlarda ekanligini tizimli tarzda tadqiq etadi. Shu ma’noda din sotsiologiyasi 
dinshunoslik fanlari orasida markaziy o‘rinni egallaydi. 
Ma’lumki, dinni o‘rganuvchi ayrim fanlar uchun umumiy tamoyil – empirik 
ma’lumotlarga tayanishdir. Din haqidagi amaliy bilimlarni yuzaga chiqaradigan 
ushbu tamoyil din hodisasini tajribalarga tayanib, o‘rganuvchi fanlar va dinga 


fenomenologik, falsafiy hamda teologik yondashuvlar orasidagi chegara bo‘lib 
xizmat qiladi. Chunki din bilan bog‘liq shunday hodisalar borki, ularni empirik 
jihatdan asoslashning hozircha iloji yo‘q. Lekin bunday hodisalarning mavjudligini 
inkor ham etib bo‘lmaydi.Dinning sermahsul sosiologik tahlili asosan ilmiy bilimning 
boshqa sohalari tadqiq qilgan ma’lumotlarga tayanish orqali ro‘yobga chiqadi. 
Sosiolog o‘z faoliyatida har qanday ma’lumotlardan – u ilmiy bo‘ladimi, yoki ilmiy 
emasmi, bundan qat’iy nazar, unumli foydalanishi lozim. Sosiologdan bilimning 
haqiqiy fikr sifatida belgilash o‘rniga inson qabul qilayotgan barcha ma’lumotni bilim 
tariqasida adekvat idrok qilishi talab qilinadi. Chunki har qanday ma’lumot kishining 
diniy yoki dunyoviy xulq-atvori haqidagi biror-bir xulosani chiqarishga ko‘mak 
beradi. 
Dinni tadqiq qilish jarayonida bilishning turli xildagi metodlaridan 
foydalaniladi. Bular: umumfalsafiy, sosiologik, nazariy, empirik va boshqa metodlar. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, din sotsiologiyasining tadqiqotlarida quyidagi 
metodlardan faol foydalaniladi va ular o‘zida muayyan sifatlarni mujassamlashtiradi: 
— genetik metod din rivojini uning barcha davrlardagi, ya’ni ilk davrdan to hozirga 
vaqtgacha bo‘lgan holatini tasvirlashni o‘zining asosiy maqsadi sifatida ilgari suradi; 
— tarixiy metod dinning shakllanish jarayoni, uni tarixiy qonuniyatlar va har xil 
vaziyatlar bilan bog‘liqlik jihatlari holatini tadqiq qilishda benazirdir; 
— qiyosiy metod ma’lum bir dinning turli davrdagi holatlarini, bir vaqtda mavjud 
bo‘lgan har xil dinlarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rinlarini o‘zaro taqqoslash orqali 
olimlarga o‘z ilmiy xulosalarini ilgari surishlariga ko‘maklashadi. Buning natijasida 
dinshunoslikda yangi yo‘nalish – qiyosiy dinshunoslik shakllandi; 
— strukturaviy-funksional metod din, diniy tashkilot, ramz va boshqa diniy 
tushunchalar strukturasi va ularning funksiyalarini ochib berishga xizmat qiladi. 
Diniy tizim elementlarini alohida ajratib olish va ularni o‘zaro taqqoslash ular 
faoliyatini chuqur o‘rganishga muhim omil bo‘ladi. Din bunday sharoitlarda tizimosti 
shaklida namoyon bo‘ladi; 
— sosiologik metod dinni ma’lum bir sosial tizim yoki sosial tizimosti sifatida 
jamiyatning boshqa sosial institutlari bilan o‘zaro munosabatlar hamda aloqalarga 
kirishish jarayonlarini bilishning mexanizmlaridan biri bo‘lib gavdalanadi. 
Sosiologik tahlil metodi diniy e’tiqodlar va ta’limotlar faoliyat ko‘rsatishining 
mexanizmlarini ochib berib, turli omillarning diniy mazmundagi vaziyatlarning 
rivojlanish tendensiyalarida tutgan o‘rnini ifodalab berishga xizmat qiladi; 
— tipologik metod dinning tarixiy turlarini tavsiflaydi. Uning yordamida diniy 
ob’yektlarni biridan birini ajratish, guruhlash tufayli ularning konkret turlari haqida 
mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi; 
— kazual (sababiy) metod turli diniy hodisalar genezisi va evolyusiyasining sabab-
oqibatli aloqalarini bilishga imkoniyat beradi. Ushbu metod orqali kishilarning 
hayotiy faoliyatlarini diniy va dunyoviy shakllarining farqini anglash mumkin bo‘ladi; 


— falsafiy-mantiqiy metod yo‘nalishi dinning kishilar ongida aks etishi, diniy 
qadriyatlar, ramzlar va tushunchalarni falsafiy fanlarning ob’yekti hamda jamiyatning 
sosial-ma’naviy fenomeni tariqasida tadqiq etishga qaratiladi. Bunday mazmundagi 
tahlilda tadqiqot ob’yekti bo‘lib nafaqat din, balki unga ta’sir ko‘rsatayotgan tabiiy 
va sosial muhit ham namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin