Tayyorlov tibbiy guruh Maxsus tibbiy guruhga salomatligida biron bir kamchiligi bo`lgan, avval boshidan kechirgan kasalliklarining sezilarli, tibbiy nuqtai nazardan tasdiqlanadigan asoratlari saqlanib qolgan yoki vaqtinchalik o'zgarish yuz bergan, yaqin orada kasalxonada davolangan, jarroxlik operasiyalaridan keyingi holatdagi, chegaralangan jismoniy yuklamani talab etadigan o`quvchilar qo'yiladi.
Bu tibbiy guruh o'quvchilariga maxsus o'quv dasturi bo'yicha jismoniy mashq mashg'ulotlari ruxsat beriladi.
Maxsus tibbiy guruh Turli kasallikka chalingan, davolanishga muhtoj o‘quvchilarda jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat. - o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va chiniqishni ta’minlash; - jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish; - maktab jismoniy tarbiya dasturida ko‘rsatilgan asosiy amallarni o‘zlashtirishga ko‘maklashish va unumli dam olishga o‘rgatish; - to`g`ri qad-qomatni shakllantirish va zarur bo‘lgan paytda ularni muvofiqlashtirish va h.k. Maxsus jismoniy mashg‘uloti hisoblangan davolash jismoniy madaniyati tashkil qilinadi. Uning aniq dasturi esa o‘qituvchi tomonidan shifokor bilan hamkorlikda tuziladi. Davolash jismoniy madaniyatning asosiy vositasi bo‘lib jismoniy mashqlar, uqalash «massaj» tabiatning tabiiy sog‘lomlashtiruvchi omillari xizmat qiladi. Bularning qay birini tanlash boladagi kasalikning tavsifi, og‘irligi, davom etgan muddati, yoshi va boshlangan holatlariga bog‘liq. Bunday bolalar bilan vazifalarni xal etish uchun Maxsus tibbiy guruhlarda mashg‘ulotlarni tashkil qilish shakllari quyidagilardan iborat - Davolovchi jismoniy madaniyat darsi. - Uy sharoitlarida mustaqil shug‘ullanish. Davolovchi jismoniy madaniyat darsi 30-45 daqiqa davom etib kirish tayyorlov qismi 3-5 daqiqadan iborat. Bu qismda shug‘ullanuvchini asosiy ishga tayyorlash bilan birgalikda xushqomatlikni shakllantirish quvnoq muhitni yaratishdan iboratdir. Darsning asosiy qismi 25-30 daqiqa davom etib kassallikni tugatish shartlariga oid vazifalar hal qilinadi. Yakunlovchi qism esa 3-5 daqiqa davom etib yuklanish pasaytiriladi tana a’zolari ishini me’yoriga tushiriladi, xushqomatlikni shakllantirishga e’tibor beriladi. Mashg‘ulot guruhlari kasallik turlariga qarab 10-15 kishidan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulotlar haftada 2-3 marta dars jadvalidan tashqari o‘tkazilib qolgan kunlarda o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil shug‘ullanishlari kerak. Ijtimoiy tadqiqotlar sport bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat unum-dorligi sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3-8% ga yuqori yekanligini ko‘rsatadi.
Butun mamlakat miqiyosida shuning o‘zi katta iqtisodiy foyda beradi.
Tashqi omillar: ishlab chiqarish faoliyati xususiyati, ma’naviy-ruhiy yuklama, gigienik shart-sharoitlar, ishchining malakasi va mahorati, jinsi, ish staji va organizmining jismoniy holati kiradi.