Maxsus va tayyorlov guruhlarida jismoniy tarbiya. Mehnatni ratsional tashkil etish hamda ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlikda jismoniy tarbiyaning o`rni va ahamiyati Reja


Chigal yozish mashqlari variantidan og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar uchun majmualar tuzishda



Yüklə 137,36 Kb.
səhifə4/5
tarix15.04.2023
ölçüsü137,36 Kb.
#125334
1   2   3   4   5
2-ma\'ruza mavzusi 4-kurs sirtqi

Chigal yozish mashqlari variantidan og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar uchun majmualar tuzishda;
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan (masalan dastgohda ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi asosini tashkil etishda;
Yaxlit ta’sir ko‘rsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport haydovchilari va b.) xizmatchilar uchun mo‘ljallangan.
Gigienik gimnastika

Dinamik stereotip – kishilarning mehnat yoki sport faoliyatida harakatlarning elementlarini ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlanishi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deyiladi
Turli kasb egalari uchun boshlang‘ich gimnastika majmualarini tuzishda mehnat faoliyatining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi:
1) ishlash (o‘tirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki to‘g‘ri, erkin yoki kuchlanishli);
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta yoki kichik amplitudali, bir xil yoki turli xildagi harakatlar);
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya tezligi, diqqat-e’tiborning kuchliligi va konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning bir maromliligi va b.);
4) sub‘yektiv ko‘rsatkichlar bo‘yicha charchashning darajasi va xususiyati (diqqat-e’tiborning tarqoqligi, mushaklarda og‘riq sezish, bosh og‘rishi, asabiylashish va boshqalar);
5) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar orasida salomatligida og‘ishi bo‘lgan shaxslar mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq);
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi).

Jismoniy tarbiya pauzasi


Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, organizmning funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya pauzasi


Gigienik gimnastikadan farqli o‘laroq, jismoniy tarbiya pauzasi bevosita mehnat faoliyati jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi yarimlarida ikki martadan bajariladi.
Jismoniy tarbiya pauzasi, hal qilinadigan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda, ishchilarda charchoqning rivojlanishi arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq o‘tkazilishi kerak.

Jismoniy tarbiya pauzasi


Kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini o‘tkazishda uning yuklamalari yig‘indisi kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30–40 % kam bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot o‘tkazish guruhli usulda tashkil etiladi, shug‘ullanuvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruhga deyarli sog‘-salomat kishilar, ikkinchisiga salomatlik holatida deyarli sezilmaydigan og‘ishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy og‘ishlari bor shaxslar kiritiladi. Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda yuklama qiymati birinchi guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil yesa, u holda ikkinchi guruh uchun 90 %, uchinchisi uchun esa 80 % bo‘lishi kerak.

Yüklə 137,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin