Ichki omillar: birinchi navbatda, organizmning turli organlari va tizimlarining holatini o‘z ichiga oladi.
Ish qobiliyati fazalarining ketma–ketligi ish kuni davomida turli shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Insonning ish qobiliyati, asosan, sutkaning turli vaqtlariga bog‘liq bo‘ladi: kunduzi organizmdagi fiziologik jarayonlar yuqori shiddat bilan, kechasi esa pasaygan shiddat bilan sodir bo‘ladi.
Ertalabki smenadagi shiddatning eng yuksak bo‘lishi tabiiy hol, albatta. Kechki va tungi paytlari ishlaganda esa ikkilangan (ikki karra ko‘p) charchashni: biri – mehnat faoliyatida bajariladigan ishlardan, ikkinchisi – tungi dam olishga tabiiy talabni yengib o‘tishdagi charchashni his etishga to‘g‘ri keladi
Ish qobiliyati hafta davomida ham o‘zgarib boradi. Dushanba kuniga moslashish bosqichi, seshanba, chorshanba va payshanba kunlariga – yuksak ish qobiliyati mos keladi, shanba va yakshanba kunlarida esa charchash namoyon bo‘ladi.
Charchash – bu shiddatli va uzoq muddatli ishlash natijasida vujudga keladigan organizmning fiziologik holati bo’lib, organizm funksiyalarining diskoordinatsiyasi (harakatlarning o`zaro mosligi, muvofiqligi) va ishchanlik qobiliyatining vaqtinchalik pasayishida namoyon bo’ladi.
Mehnatni ilmiy tashkil etish tizimida jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllarini o‘zaro farqlaydilar: boshlang‘ich (gigienik) gimnastika, jismoniy tarbiya tanaffusi (pauza), faol dam olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi, mikropauza, tushlik tanaffus paytida jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish.
Bunday shakllarning barchasi mehnat kuni tartibida jismoniy tarbiya tadbirlarining tizimini tashkil etadi.
Gigienik gimnastika
Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni yechishga xizmat qiladi: organizmning asosiy fiziologik (mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish; xizmatchining hissiy tonusini ko‘tarish; organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish; butun mehnat kuni mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish.
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |