Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə25/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

Birinchidan, u mehnat huquqining asosiy tarmoq tamoyillaridan biri bo`lib, uning mazmuni namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida, shuningdek, Mehnat Kodeksining 176 va 177-moddalarida bayon etilgan. Mazkur moddalarga binoan, xodim mehnat intizomiga qat`iy rioya qilishi, o`z mehnat vazifasini halol, vijdonan bajarishi lozim. Mehnat intizomini o`rnatish va unga rioya etishni nazorat qilish esa ish beruvchining vazifasi hisoblanadi.
Ikkinchidan, mehnat intizomi mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ajralmas qismi, unsuri sifatida ham namoyon bo`ladi. Mehnat Kodeksining 176-moddasida bayon etilganidek, mehnat intizomining ana shu xususiyatida xodim hamda ish beruvchi o`rtasida mehnat shartnomasi tuzilgani sababli o`rnatilgan mehnat intizomi talablarini halol hamda vijdonan bajarish majburiyatini ifodalaydi. Bu barcha xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan umumiy burchi hisoblanib, keyinchalik har bir hodimning mehnat funktsiyasiga doir vazifasi, uning lavozimi va bajarayotgan ishiga qarab muayyan tarzda aniqlashtiriladi. Bu hol lavozimlarga oid nizomlar, yo`riqnomalar, malaka ma`lumotlarida belgilab qo`yilgan.
Uchinchidan, mehnat intizomi mehnat huquqining instituti sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uning bu jihati korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarini, xodim hamda ish beruvchining burchlarini tartibga soluvchi, shuningdek, halol mehnat va uni rag`batlantirish choralari hamda mehnat intizomini buzganlik uchun xodimlarning intizomiy javobgarligini belgilovchi huquqiy normalar tizimi sifatida namoyon bo`ladi.
To`rtinchidan, mehnat intizomi o`z tabiatiga ko`ra, muayyan darajada xodimning haqiqiy xulq-atvori va axloqining ko`zgusi hamdir. CHunki, bunda ma`lum ma`noda xodimning ishlab chiqarish intizomidan va bu borada belgilangan tartibga qay darajada rioya qilayotganidan dalolat beradi. Zotan, ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi ham ko`p jihatdan mehnat jarayonida xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilish darajasida bevosita bog`liqdir.
Mehnat intizomini ta`minlash usullari xususida to`xtaladigan bo`lsak, aytish joizki, bu masala Mehnat Kodeksining 179-moddasida o`z echimini topgan. Mazkur moddaga muvofiq, mehnat intizomi quyidagi usullar orqali ta`minlanadi:
Birinchidan, korxonada unumli va samarali ishlash uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berish;
Ikkinchidan, halol mehnatni rag`batlantirish va mukofotlash usullarini takomillashtirish bilan;
Uchinchidan, mehnat intizomiga rioya qilmaydigan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo`llash orqali.
Korxonada zarur tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarini ta`min etish Mehnat kodeksining 177-moddasida nazarda tutilgan va ish beruvchining burchlaridan biri sifatida belgilab qo`yilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy shart-sharoitlarining yaratib berilishi ish beruvchi uchun ham, xodimlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Zero, korxonaning barqaror iqtisodiyot holati, samarali mehnat qilish uchun tegishli shart-sharoitlarning yaratilganligi, mehnat unumdorligining muttasil o`sishini ta`minlash va pirovard natijada ish beruvchi hamda xodimlar talab-extiyojlari va manfaatlarini qondirish vositasidir. Bu o`z navbatida mehnat intizomining mustahkamlanishiga, ish unumi va sifatining yaxshilanishiga, korxonadagi barcha xodimlarning moddiy ahvoli va turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin