Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə13/14
tarix01.12.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#136888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish

Magnit materiallar - kuchsiz magnit maydonlarda magnitlanadigan va bu maydonlarning qiymatini jiddiy oʻzgartiradigan materiallar. Tabiiy magnitlangan mineral — magnetit (magnit temirtosh) qadimdan maʼlum boʻlgan. Xitoyda 2 ming yillar ilgariyoq undan magnit kompasining mili (strelkasi) yasalgan. Magnetit — kuchsiz magnetik. 19-asrdaX. K. Ersted, M. Faradey, E. X. Leni, elektr magnetizm qonunlarini ochishdi, B. S. Yakobi oʻzgarmas tok mashinalarini, P. N. Yablochkov oʻzgaruvchan tok generatori va transformatorini yaratishdi, M. O. Dolivo-Dobrovol-skiy uch fazali tokni kashf etdi. Shundan soʻng ancha kuchli magnetik — temir amadda Magnit materiallar sifatida ishlatila boshladi. 1990-yildan telektrotexnikada temir silitsiyli poʻlat, aloqa texnikasida temirnikelli qotishmalar keng tarqaldi. Ferromagnetizm nazariyasining taraqqiyoti yangidan-yangi Magnit materiallar ishlab chiqarishni ancha tezlashtirdi. 20-asr oʻrtalarida oksid Magnit materiallar — ferritlar paydo boʻldi. Magnitlanish va qayta magnitlanish xossalariga qarab Magnit materiallar ferromag-netiklar, ferritlar, magnit jihatdan yumshoq va magnit jihatdan qattiq materiallarga boʻlinadi. Magnit jihatdan yumshoq materi allarning boshlangʻich va maksimal magnit kirituvchanligi yuqori; toʻyinish magnit in-duksiyasi — 0,2 — 2,4 T, koersitiv kuchi — 0,5 — 10 A/m, solishtirma elektr qarshiligi 10~7 — 10~8 Om-m. Bularga molibden bilan legirlangan temir, temirnikelli qotishmalar, vanadiy qoʻshilmali temir-kobaltli qotishmalar, temirnikel-kobaltli qotishmalar, marganetsruxli, nikelruxli ferritlar, elektrotexnika poʻlati, shuningdek, magnit dielektriklar, magnitostriksion materiallar va boshqa kiradi. Ulardan magnit oʻtkazgichlar, drossellar, elektromagnit rele, transformator oʻzaklari, ferritlardan magnit antennalar va boshqa tayyorlanadi. Magnit jihatdan qattiq material l arning koersitiv kuchi (5-YU3 — 1 ■ 105 A/m), qoldiq magnit induksiyasi (0,2—1,2 T) va magnit energiyasi (103—105 T A/m)ning kattaligi bilan farq qiladi. Bularga magnitli poʻlat, temir-kobaltmolibdenvolfram, temirnikel-alyuminiykobalt asosidagi qotishmalar, platina-kobalt, berilliyli, stronsiyli va kobaltli ferritlar, magnit jihatdan qattiq dielektriklar kiradi. Magnit jihatdan qattiq materiallardan, asosan, oʻlchash asboblarida, mikrodvigatel va gisterezis elektr dvigatellarda, soat mexanizmlarida ishlatiladigan doimiy magnit tayyorlanadi.
Elektrotexnika poʻlatiga oltingururt bilan legirlangan temir asosidagi krtishmalar kiradi. Tarkibida 0,1—0,3% marganets ham boʻladi. Bulardan elektr toki generatorlari, transformatorlar, elektr dvigatellar va boshqa ishlab chiqariladi. Maxsus Magnit materiallarga termomagnit qotishmalar va magnitostriksion materiallar kiradi. Termomagnit qotishmalar temperatura taʼsirida asboblarning magnit tizimlarida magnit oqimlari oʻzgarishlarini

Nano materiallar


Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir.
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchtayo‘nalish tushuniladi:
- o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash;- nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish;- alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikroob'ektlarni yig‘ish.
Nanomateriallar – nanozarrachalar yoki nanotexnologiyalar yordamida yaratilgan va o’lchamlari juda kichikligi hisobiga i ajoib xusussiyatlarga ega bo’lgan materiallar. Nanomateriallarga hech bo’lmasa bitta o’lchami 1 dan 100 nm oralikda yotgan materiallar tegishli.
Odatdagi o’lchamlar
Bir necha ming yillar davomida odamlar hamma narsalarni ko’zlari o’rgangan me’yor bilan, ya’ni odam bo’yi bilan baholab kelgan. Barcha halqlarda ham o’lcham birligi metr, yoki unga yaqin bo’lgan kattalik bo’lgan.XVII asrda odam ko’zi mikroskop tufayli ming marta kichik ob’yektlarni ko’rib boshlagan. Ammo buyumlarni va mexanizmlarning kichrayishi materiallar va kurilmalarning kichrayishiga bo’liq.ХХ asrning o’rtasida vakuum lampalar elektronikani rivojlanishiga olib keldi. Ommabop holatda televizorlar ishlab chiqildi.
ХХ asrning o’rtasida o’lchamlar yana ming marta kichraydi – natijada hisoblash mashinalarning imkoniyatlari keskin oshdi. 15 yil ichida 1981 yilda birinchi personal kompyuter yaratildi. Odamzod tarixida internet bilan bog’liq bo’lgan yangi sahifa ochildi –Internet.
Nanofizika va nanotexnologiyalarni asoschisi yirik fizikolim Richard Feynman (1918-1988). Amerika fiziklar jamiyatining majlisida 1959 yilda qilgan “Pastda hali ko’p joy” ma’ruzasida bashorat qilib, qator g’oyalarni oldinga surdi. R.Feynmanni fikri bo’yicha odamlar juda uzoq vaqt davomida yonida bir dun’yo borligini bilmasdan yashab kelgan. Biror narsani ko’rmasak u bilan ishla olmaymiz. 1993 yildan boshlab R.Feynman nomidagi mukofot har yili nanotexnologiyalar sohasida buyuk yutuqlarga erishganlarga beriladi. Mikroob’yektlar yaratishni rag’batlantirish uchun R.Feynman 1mm dan kichik elektromotor yaratganiga 1000$ mukofot e’lon qilgan. Va ko’p vaqt o’tmasdan bunday motor yaratilgan.
Kompozitsion material.


Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin