Respublikamiz mustaqil bo‘lgandan so‘ng, xalq xo‘jaligining hamma
sohalarida o‘zgarishhlar ro‘y berrmoqda. Hozirgi vaqtda fantexnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan turli amaliy masalalarni yechish uchun har
bir yoshh bo‘lajak mexanik-muhandis va texnikaning boshqa turlari bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassishlar metallarning prog‘ressiv olinishi usullari
yangi metall va nometall materiallar, ularning xususiyatlari va texnikaning
qaysi sohasida ulardan ratsional foydalanish lozimligini bilishhlari kerak.
Hozirgi kunda bo‘lajak yosh muhandis, mexanik, konstruktor, ilmiy xodim,
tadqiqotchi, loyihacxilardan texnologiya asoslari chuqur talab qilinadi, chunki
busiz mustahkam, uzoq muddatga chidaydigan tejamli konstruktsiyalar,
mashinalar, pribor jihozlar, mexanizmlar yaratish mumkin emas.
Ma‘lumki, har qanday mashina, mexanizm detallari ish jarayonida turli
nagruzkalar ta‘sirida bo‘lib, har xil muhitlarda ishlaydi. Ularning belgilangan
muddatda me‘yorda ishlashi uchun materiali konstruktor tomonidan
belgilangan kompleks xossalarga ega bo‘lishi kerak. Shundagina texnika
iqtisodiy ko‘rsatkichlari talab darajasiga ega bo‘lgan turli xil mashinalar
yaratiladi.
Materialshunoslik va (KMT) konstruksion materiallar texnologiyasi fani
asosan qora va rangli metallar ishlab chiqarish, metalshuninoslik asoslari,
metalmash materiallar va ularni ishlash texnologiyasi, tayyorlamalarni
tayyorlash usullari, quymakorlik hamda metall va metalmash materiallarga
mexanik ishlov berish asoslarini o‘rgatadi. Shu bilan birga mashina detallari
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlarni, mustaqil ravishda
mashina detallarining loyihalashda texnologik masalalarni yechishni talabalar
o‘rganadilar.
Mashinasozlikda talab darajasidagi sifat o‘zgarishhlarini amalga oshirish,
mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirish, uning sifatini yanada
yaxshilash va mehnat sharoitlarini yanada yengillashtirishga qaratilgan
tadbirlarga, ya‘ni ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada
mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga katta e‘tibor berilishi lozim.
Ko‘pgina materiallarning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga bog‘liqdir.
Materiallarning tuzilishi deganda, uning bir butunligini ta‘minlovchi, ya‘ni
tashqi va ichki ta‘sirlarga faol qarshilik ko‘rsatuvchi ichki bo‘glanishlar
tushuniladi. Ichki bog‘lanishlarga muvofiq materiallarning xossalari ham
o‘zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak materialning tarkibi, tuzilishi hamda
xossalari o‘rtasidagi amalliy bog‘lanishlarni o‘rganadigan fan
materialshunoslik deb ataladi. Materiallarning tarkibi deganda Shu
materiallarning qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligi tushuniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma‘nodagi tushuncha
bo‘lib, ko‘z yoki oddiy lupa bilan ko‘rib bo‘ladigan mikrotuzilish maxsus
(500-2000 marta katta qilib ko‘rsatadigan) optik asboblar
metallomikroskoplar yordamida o‘rganiladigan mikrostruktura hamda
100000 marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskoplarda yoki rentgen
nurlari ta‘sir ettirish bilan kuzatiladigan supmikroskopik strukturalarni o‘z
ichiga oladi. Materialning xossalari deganda, uning kimyoviy, mexanik va
texnologik xossalari tushuniladi.