Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə4/14
tarix01.12.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#136888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish

Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga ;reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi.

  • Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi. Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).

    • Metallar korroziyasi -hammaga ma’lumki, temir buyumlar havo va nam ta’sirida zanglaydi. Buning natijasida metall qurilmalar, mashina qismlari asta-sekin yemiriladi va har xil asbob uskunalar yaroqsiz bo‘lib qoladi. Bu har yili xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Metallarning yemirilish jarayoni korroziya (lotincha corrodere — yemirilish) deb ataladi.

    • Korroziya—metallar va ular qotishmalarining tashqi muhit ta’siridan kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilishidir. Yemirilishning sodir bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, korroziyaning ikki xil—kimyoviy va elektrokimyoviy turlari bo‘ladi. Metallning tevarak-atrofdagi muhitda oksidlanib yemirilishida sistemada elektr toki paydo bo‘lmasa, bunday yemirilish kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning tarkibiy qismlari—gazlar va noelektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi. Kimyoviy korroziyalanishning gaz muhitida korroziyalanishi deyiladigan turi, ya’ni metallarning havo kislorodi bilan birikishi katta zarar keltiradi. Тemperatura ko‘tarilganda ko‘pchilik metallarning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Masalan, temirda 250—300 °C dayoq oksidlarning ko‘rinadigan pardasi hosil bo‘ladi. 600 °C va undan yuqorida metallarning sirti temirning turli xil oksidlari: FeO, Fe3O4; Fe2O3 dan iborat kuyindi qatlami bilan qoplanadi. Kuyindi temirni keyingi oksidlanishdan muhofaza qila olmaydi, chunki unda darz ketgan joylar va g‘ovaklar bo‘lib, ular metallga kislorodning o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Shuning uchun temir 800 °C dan yuqorida qizdirilganda uning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi.

    • Noelektrolitlardagi kimyoviy korroziyalanishga ichki yonuv dvigatellari silindrlarining yemirilishi misol bo‘la oladi. Yonilg‘ida qo‘shimchalar — oltingugurt va uning birikmalari bo‘ladi, ular yonganida oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarga—korrozion aktiv moddalarga aylanadi. Ular reaktiv dvigatellarning detallarini — soplo va boshqalarni yemiradi. Elektrokimyoviy korroziya eng katta zarar keltiradi. Metallning elektrolit 20 muhitida yemirilishida sistema ichida elektr toki vujudga kelsa, bunday yemirilish elektrokimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda kimyoviy jarayonlar (elektronlar berish) bilan birga, elektr jarayonlar (elektronlarning bir qismdan boshqa qismga o‘tishi) ham sodir bo‘ladi. Elektrokimyoviy korroziyalanishga misol tariqasida xlorid kislota eritmasida (ya’ni vodorod ionlari H ning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda) misga tegib turgan temirning korroziyalanishini keltirish mumkin. Korroziya jarayonining mohiyati. Тemir va uning qotishmalari korroziyaga eng ko‘p uchraydi. Bu jarayonning mohiyati

    • Metallmas materiallar. Yog‘och materiallar. Polimer materiallar xossalari, ishlatilishi.



    • Vatanimizning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning borgan sari ortib borayotgan talablarini yanada to`laroq qondirmoq uchun sanoatni va qishlok xo`jaligini katta odimlar bilan rivojlantirish lozim. Ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish esa yangi materiallarni tobora ko`proq yaratish va ularni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratishni talab etadi.

    • Hozirgi zamon sanoatida va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan mashinalar juda ko`p ishqalanish yuzalariga (sirtlariga) ega bo`lib, ularning anchagina qismi kuchlar ta'sir etuvchi sharoitlarda ishlaydi. Ishqalanish juftlarini takomillashtirish mavjud materiallarni modifikasiyalash va yangi materiallarni, xususan, polimerlarni qo`llash hisobiga bo`lishi mumkin. Laboratoriya izlanishlari va antifriksion polimer materiallarining qo`llanishdagi tajribalar ko`rsatdiki, eng iqtisodiy samaradorlik va texnologik jihatdan qulaylik ularni qoplama sifatida qo`llashda erishilar ekan. Masalan, mashina va mexanizmlarning ishqalanish juftlarida polikaproamid (kapron) qoplama ko`p tarqalgan. Bunday qoplamalar metallni qizdirilgan yuzasiga poroshok holidagi polimerni purkash yo`li bilan olinadi.

    • Shunday qilib, har xil fizik- ximik, elektr va mexanik xususiyatlarga ega bo`lgan yuqori molekulyar birikmalarni (polimerlarni) sanoat miqyosida ishlab chiqarish, mashinasozlikning progressiv texnologiyasini tashkil etishga mashina va mexanizmlarning tannarxini va solishtirma og`irligini kamaytirishga, shuningdek, sanoat estetikasi talablarini tobora to`laroq qondirishga yordam beradi. Polimerlarda mujassamlangan mexanik, antifriksion, elektroizolyatsiya, antikorrizion va shunga o`xshash muhim xossalar ularni mashina qismlarida qora va rangli metallarni, shuningdek ularning qimmatbaho qotishmalarini qisman almashtirishga imkon beradi. Bu sohada Belorusda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdki, bunday materiallar ishqalanishda ishlatiladigan an'anaviy babbit, bronza, cho`yan kabi materiallar bilan bemalol bellasha olar ekan.

    • Poroshok holidagi polimer materiallaridan qoplama olish nisbatan yangi yo`nalishdir. Bu

    • yo`nalishning vujudga kelishi va uning rivojlanishi polimer ishlab chiqarishning juda tez o`sishi,

    • shundan ishlab chiqarish maxsulotlarini korroziyadan saqlash va ularga dekarativ ko`rinish berish kabi talablarning taqozosida kelib chiqadi. Masalan, sobiq Sovet ittifoqida 15 yil mobaynida (1950-1965 y.) polimer ishlab chiqarish 75 ming tonnadan 871 ming tonnaga ko`tarilgan bo`lsa,. AQShda xuddi shu davr mobaynida 1.1 million tonnadan 5,6 million tonnagacha ko`paytirildi. Birinchi marotaba polimer qoplama bundan 20 yil avval gaz - alangali usulda olingan edi. Shundan buyon qoplama olish usullari rivojlanib kelayotir. Masalan, AQSh da qoplama olish bilan 1959 yilda 20 ta eng yirik firmalar shug`ullangan bo`lsa, hozir ularning soni 100 dan oshib ketdi. Sobiq Sovet Ittifoqida ilmiy tekshirish institutlarida, korxonalarda va konstruktorlik byurolarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuzlab korxonalarda qoplama olish usullari juda keng qo`llanila boshlangan.

    • To’ldiruvchi va armaturaning tartibsiz (a-г, и), bir o’q yo’nalishida

    • (д-з) hamda murakkab (н, л, м) joylashishini tushuntiruvchi chizma:

    • а-kukun, б-kalta tolalar, в-payraxalar, г- kukun bilan kalta tolalar

    • аralashmasi, д- kalta tolalar, е-и- uzun tolalar, ж- to’qima va

    • yupqa materiallar chiqindisi, з- to’qima va kukun aralashmasi
      Polimer qoplamalar haqida polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan

    Metallarning kristallanishi. Metall allotronnik shakl o‘zgarishlari

    Ma’lumki xar qanday modda sharoitga kо‘ra gaz va qattiq xolatda bо‘lishi mumkin. Sof metallarning bu agregat xolatlarining о‘zgarishi muayyan temperaturada boradi. Metallarni suyuq xolatdan qattiq xolatga о‘tishi ularning birlamchi kristallanishi deb aytiladi. Metallarning atomlari tartibsiz xarakatdagi suyuq xolatdan atomlari tartibli joylashgan qattiq xolatga о‘tish jarayoni kristallanish jarayoni deyiladi. 1878 yildayoq rus olimi D.K.Chernov о‘zining kо‘p yillik ilmiy va amaliy kuzatishlariga asoslanib metallariing kristallanish qonuniyatini birinchi bо‘lib topdi. Uning kо‘rsatishicha metallarning kristallanish jarayoni о‘z navbatida ikki elementar jarayonini о‘z ichiga oladi. Ulardan biri kristallanish markazlarining xosil bо‘lishi, ikkinchisi esa xosil bо‘lgan markazlar atrofida kristallarning usishi. 


    Yüklə 52,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin