Toshkent moliya instituti



Yüklə 65,26 Kb.
səhifə1/4
tarix29.10.2022
ölçüsü65,26 Kb.
#118759
  1   2   3   4
Buxgalteriya hisobi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Mustaqil Ish

Mavzu: Buxgalteriya hisobining memorial-order hamda jurnal-orderlarining tuzilishi, ularni rasmiylashtirish usullari.


Bajardi: J.Abdupattayev
Tekshirdi: dots. I.Xusainov

Toshkent 2022
Reja:


  1. Buxgalteriya hisobining shakllari

  2. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

  3. Buxgalteriya hisobining Jurnal–order shakli.

  4. Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining asosiy printsiplari.



  1. Buxgalteriya hisobining shakllari

Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi.
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir.
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;
- korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo.
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • memorial order shakli

  • bosh daftar shakli

  • jurnal order shakli

  • elektron-avtomatlashtirilgan shakl

Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi:

  1. Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.

  2. Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.

  3. Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.

  4. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.

  5. Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra.




  1. Yüklə 65,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin