XIX asr shunisi bilan harakterliki, bu davr mobaynida
ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni
sodir bo‘lgan bo‘lsa; ikkinchidan psixologiya, isotsiologiya,
tibbiyot, falsafa kabi fanlarning yaqinlashuvi ro‘y bergan.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari esa
quyidagilardan iborat bo‘lgan:
-ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
- - ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- - ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-- xayriya va o‘quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi
bo‘yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-- ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi;
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha
yo‘nalishlarini asosiy vazifa bo‘lgan bolalarning huquqlarini
himoya qilish birlashtiradi
Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan
sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya
tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirganligi tarixdan
ma’lum. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning
yetakchi omiliga aylangan. Ilmiy inqiloblar o‘z navbatida ijtimoiy
pedagogikaning ham keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning boshqa fanlar-
psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan
yaqinlashuvi ro‘y berdi.
Dostları ilə paylaş: