Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

193. Salomlashish haqida 
419. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki mo'minning uch 
kecha-yu uch kunduz gaplashmay yurishi halol emas. Uch kun o'tgach, biri ikkinchisini 
uchratib salom bersin, agar salomiga alik olinsa, ikkisi ham ajr topadilar, mobodo 
salomiga alik olinmasa, salom bergan kishi ba'zi gunohlari-dan forig' bo'ladi"; deb 
marhamat qildilar. 
194-bob. Bolalarni ajratish haqida 
420. Abdullohibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: Otam hz. Umar (r.a.) o'g'illariga: "Erta 
bilan turganingizda bir-biringizdan ajrashinglar, hammangiz bir hovlida jam bo'lmang, 
chunki bir hovlida jam bo'lsangiz uzilishib qolishlaringizdan yoki boshqa bir yomonlik 
paydo bo'lishidan qo'rqaman, derdilar", deb hikoya qiladilar. 
195-bob. Birodari maslahat so'ramasa ham maslahat bergan kishi haqida 
421. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir podachi atrofida suvi va o'tlari ko'p yaylov turib, suvi 
ham, o'tlari ham oz yerda qo'ylarini boqib yurganini ko'rib, "Ey, podachi, qo'ylaringni bu 
yerdan ko'ra suvi ham, o'tlari ham ko'p narigi yaylovga olib borsang bo'lmaydimi?" 
degani haqida men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Har bir podachi o'z qaramog'idagi mollari 
uchun javobgardir", degan hadislarini eshitganman", - dedilar. 
196-bob. Yomon o'rnak bo'lishni makruh ko'rgan kishi haqida 
422. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Bizlar boshqa 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
odamlarga yomon o'rnak bo'lishimiz durust emasdir, birovga hadya, tuhfa berib keyin 
hadyasini qaytarib oluvchi kishi o'zi qusib tashlagan qusig'ini yegan itga o'xshaydi", 
dedilar". 
197-bob. Makr va aldash haqida 
423. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min banda(lardan ba'zilari) 
dunyo ishlarida aldanuvchi va lekin o'zi saxovatli, munofiq esa aldovchi, makkor va xasis 
bo'ladi", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin