Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   443
Buxpriy

275-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida 
 
622 Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biror kishi 
duo qilsa, qat'iylik bilan qilsin, Allohim, xohlasang ber-gin", demasin! Zero, Alloh buning 
uchun uni yomon ko'rmaydi", dedilar". 
 
623-hadis Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan bo'lib, 622-hadisning takroridir. 
 
276-bob. Duoda qo'lni ko'tarish haqida 
 
624. Abu Na'im: "Men Ibn Umar va Ibn Zubayrlar duo qilayotib, kaftlarini yuzlari 
barobarida ko'tarayotganlarini ko'rdim", dedilar".Bu hadisni Imom Termiziy ham 
Rasululloh (s.a.v.)dan natsl qilib, ul zotning "Allohga iltijo qshayotganda qo'llaringizni 
baland ko'taring, behafsalalik bilan duo tsilmang, duo qilib bo'lgach, kaftlaringizsh yuzin-
gizga surting", deganlarini aytgan. 
 
625. Ikrima (r.a.) janobi Payg'ambar (s.a.v.) qo'llarini ko'tarib: "Albatta men bir 
insonman, meni azobga duchor qilmagin, biror mo'minga ozor yetkazgan yoki uni 
so'kkan bo'lsam, buning uchun menga azob bermagin", deya Allohga duo 
qilayotganlarini Oyisha onamiz rivoyat qiladilar, dedi. 
 
626. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Davs qabilasidan bo'lgan Tufayl ibn Amr (r.a.) 
Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli! Davs qavmi osiylik va 
takabburlik qildilar, ularni duoibad qiling", dedi. Rasululloh (s.a.v.) qiblaga yuzlanib, 
qo'llarini ko'tardilar. Odamlar ul zot hozir Davs qavmini duoibad qiladilar, deb 
o'ylashgandi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Davs qavmini hidoyatga olgin va (haq uzra) 
keltirgin", deya duo qildilar". 
 
627. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yili qahatchilik kelib, yomg'ir yog'may qo'ydi. Bir 
guruh mu-sulmonlar bir juma kuni Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzur-lariga kelib: "Yo, 
Rasulalloh, yomg'ir yog'may qo'ydi, hayvonlar qirilib ketmoqtsa", dedilar. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.) qo'llarini yuqoriga ko'tardilar. Osmonda bir bulut ko'rinmas edi. Ul zot 
qo'llarini shutsday ko'tardilarki, qo'ltiqlarining oqi ko'rindi, Allohdan yomg'ir so'rab duo 
qiddilar. Juma namozini o'qib bo'lishimiz bilanoq sharros yomg'ir quydi, shu yaqin 
atrofda yashaydigan yigit uyiga shoshildi. Kelgusi juma o'sha yigit Payg'ambarimiz 
(s.a.v.)ga: "Ey, Allohning Rasuli, uylar (yomg'irdan) vayron bo'layapti, karvonlar to'xtab 
qoldi", dedi. Ul zot odam bolasining sabrsizligiga tabassum qildilar, qo'llarini ko'tarib: 
"Allohim, yomg'irni bizning ustimizga emas, atrofimizga yog'dirgin", dedilar. Darhol 
Madinada yomg'ir tindi. 
 
628-hadis 625-hadisning aynan takrori. 
 
629. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: Tufayl ibn Amr Payg'ambarimiz 
(s.a.v.)dan: "Sizni Davs qavminiki kabi qo'shin va biror bir mustahkam qal'aga 
ehtiyojingiz bormi?" - deb so'radi. Jobir dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh ansorlarni 
quvvatlagach, ul zot undan voz kechdilar.Tufayl va u bilan birga qavmidan bir kishi hijrat 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin