289-bob. Yomg'ir yog'ayotgan paytda duo qilish haqida
707. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Osmonda biror bulutni qo'rsalar,
darhol ishlarini tashlardilar, garchi (nafl) namozda bo'lsalar ham. So'ngra bulutga qarab
turardilar: agar Alloh bulutlarni tarq-atib yuborsa, Unga hamd aytardilar, agar yomg'ir
yog'sa: "Allohim, bu yomg'irni foydali qilgin", der edilar".
290-bob. O'lim istab duo qilish haqida
Rasululloh sharorat va fitnalar zamonida, Islom ko'rsatmalariga binoan yashash imkoni qolmagan paytdagana o'limni tilashga ruxsat berganlar, Hadisdagi "yomonlik"dan murod ana shu fitnalardir,
708. Qays (r.a.) aytdilar: "Men Xabbobning uyiga bordim. U qorin og'rig'y kasaliga
duchor bo'lib, bardosh bilan chidagan, kasalligi uzaygandan-uzaygach, bardoshi tugab,
zerikkan edi. Xabbob aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) bizni o'z o'limini tilab duo qilishdan
qaytarmaganlarida edi, men albatta shunday duo qilgan bo'lardim".
Bu o'rinda shu narsani anglab olish lozim: ajal yetib kelmaguncha insonning o'ziga o'lim tilashidan qaytarilgan. Ammo omonat topshirish payti kelganiga ko'zi yetgan solih bandaning Allohga bo'lgan muhabbati uni huzuri Ilohiyga yo'liq-ishga undaydi. Ko'pgina sahobiylarning erishgan ajrlari nuqson topib qolmasligi va dunyo nopokliklari bilan ifloslanib qolmaslik uchun o'zlariga o'lim tilab duo qilganlari rivoyat qilinadi. Qaysning rivoyatida esa: "Sizlardan biringiz dunyoda boshiga tushgan biror zarar tufayli o'limni orzu qilmasin", deyiladi. Lekin agar diida biror fitnaga duchor bo'lishdan qo'rqqan inson uchun bu joiz.