Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
— Balki chek dushanbada ertalab kelar. 
— Qanaqa chek? 
— Aliment yoki yordam. 
— Qaerdan bil... 
Yetar endi, — ayol gapni bo‘ldi, ovozi sovuq va silliq edi. 
— U og‘ir ahvolda. Hali yosh ekan. Hech bo‘lmaganda mashinani sotishi mumkin, agar o‘ziniki 
bo‘lsa. 
— Ammo u juda yaxshi taassurot qoldiradi. 
— O, xudoyim, Vuds, jim bo‘l. 
Palmer Qirq sakkizinchi ko‘chadan sharqqa burildi, mashinani topshirdi, xizmatchining uyigacha 
eltib qo‘yish haqidagi taklifni rad etdi va Birinchi avenyu bo‘ylab Virjiniya bilan birga ketdi. 
— Nega rad etding? Taksi topolmasligimiz mumkin, — dedi ayol. 
— U ismimni biladi. Bizni ikki tomonga eltib qo‘yishi kerak. Sog‘lom aql bunday qilib bo‘lmaydi deb 
turibdi. — Palmer o‘tib ketayotgan taksini chaqirdi, u bo‘sh bo‘lishiga qaramay to‘xtamadi.     
— Tushunaman. Kechirasan.. — Bir muddat jimlikdan keyin u zo‘rg‘a gapirdi: — Vuds, gaplarim 
soxta mehribonchilik emas. Ba’zan achchiq haqiqat shunday tuyuladi. Javob bermasliging 
mumkinligini ham o‘ylab ko‘rdim. Bunday javoblarni ko‘p eshitganman. 
 — Mayli. Faqat menga ko‘ngli qattiq odam deb qaraganlarni yoqtirmayman. Haqiqatga yaqin 
gaplarni esa xotirjam eshitsa bo‘ladi. 
— Yo xudo! — U bir necha qadam olg‘a yurib, sovuq havoga bir tekisda hovur chiqardi. — Ba’zi 
odamlar befahm bo‘ladi, ammo sen unday emassan. Senda ajoyib bir qobiliyat bor: hamma narsani 
ko‘rib, his qilib turasan, ammo bironta amaliy ish qilishni o‘ylamaysan. Boyagi ayol... 
— Qaysi ayolni aytasan? 
— Bolasi, kuchugi, akkumulyatori o‘tirib qolgan “folksvageni” bor va hafta oxirigacha o‘ttiz tsenti 
qolgan yosh  ayolni. Mashinasi birdaniga o‘t olib ketgani g‘alati emasmi? 
— Men bil... 
— Albatta, sen tushunding. Akkumulyator butunlay yaroqli edi. Agar biron kori hol yuz berib
to‘g‘risini aytish lozim bo‘lsa va masala nima qilishga kelib taqalsa, bu birinchi marta bo‘lmasa kerak, 
ayol puli yo‘qligini ochiq aytgan. Vuds, marhamat qilib, tushunmadim deya ko‘rma. Uning g‘ururi pul 
so‘rashga yo‘l qo‘ymagan. 
— Ammo u hech... 
— Albatta, yo‘q. Ijobiy javob bo‘lmagandan keyin u darhol suhbatni to‘xtatgan. 
— Ishonamanki, sen... 
— Yo‘q. U juda tushunadigan qilib gapirdi! Ana taksi. 
Palmer beixtiyor qo‘l ko‘tarib, silkitdi. Taksi to‘xtadi va ular o‘tirdilar. Virjiniya shofyorga manzilini 
berib, qo‘shib qo‘ydi: 
— Bu janob uzoqroqqa boradi. 
Mashina ko‘k chiroqni kutib, turib qoldi. Ular jim o‘tirishardi. Mashina qo‘zg‘algach, Virjiniya 
Palmerga burilib qarab: 
— Marhamat qilib, hamma gaplar uchun meni kechir, — dedi... Uning ko‘zlari ko‘p narsalarni aytib 
turardi. Ularga qarab qandaydir uyat, hatto qo‘rquv hissini uqish mumkin edi. Palmer uning qo‘lini 
ushladi: 
Qabul qilaman, — dedi u, — marhamat, sen ham mening uzrimni qabul qil. 
— Bugungi oqshom juda sarguzashtlarga boy bo‘ldi. — dedi u juda tez va ta’sirsiz ohangda. — 
Bolali ayol ham ortiqcha tashvishga aylandi. U o‘yin qildi... — Virjiniya gapini davom ettirolmay, 
yelkasini qisib qo‘ydi. 
— Ochiqroq ayt. 
— Dahshat. Har bir yolg‘iz ayol shu ahvolga tushishi mumkin. Men bu haqda gapirishni 
xohlamayman. — U tashqariga qaradi. Biz, nihoyat, manzilga keldik, shekilli. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin