Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
ko‘ziga tushdi. — Ko‘k yoqut — bu odam, o‘ziga xoslikdir. Olmoslar unga manguga qadalgan. Bu 
baxtning to‘rt unsuri — sog‘liq, boylik, do‘stlar va sarmoya demakdir. 
— Sog‘liq, boylik, do‘stlar va sarmoya? — qayta so‘radi Palmer. U to‘g‘ri eshitganiga ishonch yo‘q 
edi. 
Berns unga biroz tikilib turdi, uning sarg‘ishroq ko‘zlari qoraygandek bo‘ldi. 
— Xuddi shunday, — dedi Berns. Uning lablari bir zumga qisildi. So‘ng u so‘zida davom etdi: — 
O’ylashimcha, moliyachiga boylik bilan pul o‘rtasidagi farqni tushuntirishning hojati bo‘lmasa kerak. 
Shu payt ofitsiant Palmerga viski olib keldi. Palmer o‘rindiqqa suyandi. 
Berns qadahiga lab ham tekkizmadi. 
— Pul — sen ega bo‘lgan sarmoyadir, agar u yetarli miqdorda bo‘lsa-yu, uzoq vaqt mobaynida 
qo‘lingda ushlab turolsang, u boylikka aylanadi, — dedi Palmer. 
Berns boshini chayqadi. 
— Menga sizning moliyaviy maslahatchingiz bo‘lishimga ruxsat eting, — dedi u. — Pul bu menda 
bor narsa. Boylik — bu men o‘lganimda bolalarimga qoldiradigan narsadir. 
— Yoki, — deya davom etdi birdan xushchaqchaq bo‘lib qolgan Palmer, — pul biz sarflayotgan 
narsadir, boylik esa asraganimiz. 
— Yo‘q. Pul — o‘g‘it, xolos. Boylik bo‘lsa — yig‘ishtirilgan hosil. 
Berns stol uzra engashdi, uning ignatugmasidagi olmoslar yaltirab ketdi. 
— Ayt-chi, Vudi, nega men Leyn Berkxardt bilan mana shu tarzda gaplasha olmayman? — so‘radi 
u. 
Palmer ko‘zlarini qisdi, so‘ng suhbatdoshining nigohiga tikildi: 
— Sizda bu narsa chindan ham qovushmayaptimi? 
— Bo‘lmasam-chi. Biz hech qachon kelisha olmaganmiz. Buning boisi nimada? 
— Buni siz yaxshi bilishingiz kerak, axir, u bilan mendan ko‘ra ko‘proq ishlagansizlar. 
— Siz esa uni bolaligingizdan bilasiz, — dedi Berns. — Xo‘sh, javob qanaqa bo‘ladi endi? 
— Agar bilgan taqdirimda ham meni aytadi, deb o‘ylayapsizmi? — savolga savol bilan javob berdi 
Palmer. — Axir, o‘zingiz ham tegishli ma’lumotni to‘plashingiz kerak bo‘lgan odam aynan shu kimsa 
ekanini menga hech qachon aytmagan bo‘lardingiz. Bu kasb-korlik siriga oid soha. 
Berns bir oz jim qoldi. 
— Bordi-yu, agar men sizga bor gapni aytib bersam, unda bu haqda hech kim eshitmaydi, deb 
va’da berishingiz kerak. 
— Va’da berolmayman, — dedi Palmer. — O’zingiz tushunasiz-ku. 
— Ha, tushunaman, — dedi bazo‘r Berns. — Shuningdek, biz Leyn bilan nega chiqisha 
olmayotganimizni ham bilaman. — U gapidan to‘xtab, yelkasini qisdi. Keyin kutilmagan kuch bilan 
qo‘shib qo‘ydi: — Lekin, mayli, oramizda boshqa hech qanaqa sir bo‘lmasin, Vudi. Men jiddiy 
gapirayapman. 
Yosh bola go‘lligi o‘rnini bunday shafqatsizlik egallashi Palmerni hayratga soldi. Chunki hozir ular 
muhokama qilayotgan narsaning bunga sira daxli yo‘q edi. Albatta, Bernsning gapirganlarini u boshqa 
talqin qilmaganda... 
— Men bankirman, — javob berdi Palmer. — Men qadriyatning ikki toifasiga egaman, xolos. Men 
taklif qila oladigan toifa: bu pul va omonatchi sirini saqlay bilish. Sirlarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, lekin 
umrim bo‘yi ikki kishiga bemalol yetib ortadiganidan ham ko‘proq sirni saqlashimga to‘g‘ri keldi. 
— Ammo ularni mendan yashirmang, Vudi, — turib oldi Berns. — Biz o‘zimizga bunchalik 
dabdabani ep ko‘rolmaymiz, ayniqsa, hozir. — U nafasini rostlab oldi. — Birovning ixtiyori bilan 
qanday ahvolga tushib qolganingiz haqida hech bo‘lmasa sal-pal tasavvurga egamisiz? Yoki hech 
bo‘lmasa vaziyat naqadar tanglashishini sezmayapsizmi? 
— Aftidan, vaziyat allaqachon tanglashib bo‘ldi. Berkxardtni tashvishga solish uchun shuning o‘zi 
yetarli. 
— Bo‘lmasam-chi! — cho‘rt kesdi Berns. — Berkxardt tashvishlana boshladimi, demak ikki marta 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin