chiqindilar hamda transchegaraviy oqimlarning qisqartirilishiga qaratilgan sakkizta
protokol qabul qilingan.
Atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bugungi kunning ham
dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. O'zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurash va
havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi o'z strategiyasi bor. Davlatimiz 1992 yil 8
fevralda MDH davlat boshliqlari imzolagan bitimga muvofiq tuzilgan MDH
mamalakatlari Davlatlararo ekologiya kengashining to'laqonli a`zosidir. O'zbekiston
hukumati tomonidan ekologik muammolarni bartaraf etish borasida keng ko'lamli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Ammo, O'zbekiston tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilangina umummintaqaviy
ekologik muammolarni to'la yechib bo'lmaydi. Buning uchun Markaziy Osiyo
davlatlarining barchasi birdek harakat qilmog'i talab etiladi. Kezi kelganda ta`kidlash
lozimki, 36 yildan buyon qo'shni Tojikistondagi «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»
davlat unitar korxonasining atmosfera havosiga zararli tashlanmalarining bevosita ta`sir
doirasida Surxondaryo viloyatidagi bir milliondan ortiq aholi yashaydigan Sariosiyo,
Uzun, Denov, Oltinsoy, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari hududi aholisi endokrin va
suyak-bo'g'in tizimi, nafas olish yo'llari, tug'ma nogironlik, flyuoroz va onkologik
kasalliklardan borgan sari ko'proq aziyat chekmoqdalar. Chunki, bu tumanlarning aholisi
sutkaning 18-19 soati davomida ekologik nuqtai nazardan zaharli – zavod mo'rilaridan
tashlanayotgan, tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo'lgan ftorli vodorod va boshqa
qo'shilmalar mavjud havodan nafas olishga majbur bo'lmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: