Microsoft Word Bir havodan nafas olish-Жамият doc



Yüklə 238,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.05.2022
ölçüsü238,7 Kb.
#116070
1   2   3   4   5
Bir havodan nafas olish-saiqhiolyggh

EKOTIZIMDAGI MUAMMOLAR 
Alyuminiy olish jarayonida ftorli vodoroddan tashqari katta miqdordagi uglerod va 
oltingugurt oksidlari kabi zaharli gazlar ajralib chiqib, insonda yiringli bronxit, o'pka 
shamollashi, bosh aylanishi, migren, qon bosimining oshishi kabi kasalliklarni keltirib 
chiqarmoqda. Bunday zaxarli tashlanmalar, ayniqsa, bo'lajak onalar salomatligiga juda 
salbiy ta`sir ko'rsatmoqda. Oqibatda, ularning tug'ish davrida ekologik muammolar tufayli 
yuzaga kelgan turli darajadagi asoratlar sababli chaqaloqlar jarohatlangan miya, miya 
sholi kasalligi, turli xil bel-miya churrasi, yuqori va pastki jag'dagi nuqsonlar hamda 
boshqa jarohatli xastaliklar bilan dunyoga kelmoqda. Ushbu hududda yashovchi 6 
yoshdagi bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari hududdagi maktabgacha yoshdagi 
bolalarning 36,5 foizi jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolayotganini 
ko'rsatmoqda. 
Ftorli vodorod va boshqa zaharli moddalar qishloq xo'jalik mahsulotlari tarkibida ham 
ko'plab uchrayotgani nihoyatda achinarlidir. Jumladan, bunday zaharli moddalar 1 
kilogramm bug'doyda 13,2, no'xatda 57,4, kartoshkada 52,6, sabzida 55,7, sutda 37,2, 
olmada 57,3 milligrammni tashkil etayotir. Bu belgilangan me`yoriy miqdordan 3-5 marta 
ortiqdir.
Surxon vohasida mazasi tilda qoladigan, shirinligi bilan mashhur, hovuchga sig'maydigan 
ekologik toza anorlar, shaftoli va o'riklar yetishtirilgan. Bugun esa ekologik ta`sir tufayli 
ularni yetishtirishning imkoni bo'lmayotir. Bog'lar yo'qotilmoqda. Borlarining ham 


mevasini iste`mol qilish xavfli. Qoramol va ushoq mollarning tishi to'kilib, ularning suti 
tarkibi o'zgarayapti. 
Surxondaryo viloyati iqlimi o'ta issiq bo'lib, ba`zan harorat 40-45 darajagacha 
ko'tariladi. Ma`lum bo'lishicha, ftor bunday haroratda juda faollashadi. U o'simlik 

Yüklə 238,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin