Microsoft Word bmi b. Boltaev doc



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#119837
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Diagnostik utilitlar. Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga 
mo’ljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni echish 
mumkin. 
Diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter disketadan yoki qattiq 
diskdan yuklanishi lozim. 
Ba’zi bir diagnostik dasturlar DOS yoki Windows ish nusxasi mavjudligiga 
bog’liq, boshqa dasturlar esa DOS dagi chegarali funktsional analogi bilan birga 
etkazib beriladi yoki o’rnatish jarayonida yuklanuvchi disketani yaratadi. 
Yana bir kamchiligi shundaki, eng etakchi diagnostik dasturga, diagnostik 
natijalarni interpretatsiya qila oladigan superkompyuter kerak. 
Diagnostik dasturlar qanchalik yaxshi bo’lmasin, ulardan hech biri 
kompyuterning har bir komponentini yaxshi tekshirolmaydi. Antivirus 
dasturlarning faoliyat maydoniga tusholmaydigan muammolar kuyida keltirilgan. 
Elektr ta’minot blokining holati. Misol uchun, diagnostik dastur xar doim 
o’qish-yozishda xatolar mavjudligini ko’rsatgandan so’ng, tajribasiz mutaxassis 4 
yoki 5 ta kattik disklarni o’zgartiradi. Yangi kattik disk, o’rnatilgandan so’ng 
yaxshi ishlaydi, lekin, bir kecha davomidagi tekshirish natijalari kamaymasdan 
oshib boraverar edi. Har safar tekshiruv natijalarini kurgach va ularni taxlil kilgach 
mutaxassis bu qattiq disk ham yaroqsiz deb biladi. Va nixoyat, kompyuterda bir 
necha qattiq disklar o’zgartirilgandan so’ng xatolarni kelib chiqishi aniqlandi. 
Muammo elektr ta’minot blokining sifatsizligida. Shuni aytib o’tish kerakki, 
zamonaviy tizim platalarda yuboriladigan kuchlanishni sinovdan o’tkazish 


23
(testlash) vositalari mavjud. 
Uskunalar ishidan kelib chiqadigan ba’zi bir muammolar. Masalan, 
kompyuterga o’rnatilgan plata qizib ketgan hollarda aytib o’tilgan muammolar 
kelib chiqadi. Bu muammolarni aniqlash uchun diagnostik dasturni uzoq vaqtga, 
masalan, bir kechaga yuritib qo’yish kerak bo’ladi. 
Butun kompyuterni, disklarni va ma’lumotlarni tekshirish va tizim bo’yicha 
ma’lumotga ega bo’lish uchun dasturlar. 
Hozirgacha mavjud bo’lgan diagnostik dasturlarni 3 ta kategoriyaga bo’lish 
mumkin: 
• 
butun kompyuterni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar butun 
kompyuterning ish faoliyatini tekshirishga harakat qiladi. Ular tizim xotirasini, 
mikroprotsessorni, DMA xotirasidan erkin foydalanish yo’l (kanal)larini, 
soprotsessorni, disk yurituvchi va qattiq disklarni, parallel va ketma-ket portlarni, 
videoadapterni, sichqoncha va klaviaturani tekshiradi. Ular, shuningdek, tizimning 
tarkibiy tuzilmasi, tanaffuslar, kiritish- chiqarish portlarni sozlash hamda har bir 
qurilma ishlatadigan xotira manzillari to’g’risida ham to’liq ma’lumot beradi 
• 
disk va ma’lumotlarni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar fakatgina 
disklarni va ulardagi ma’lumotlar strukturasini (har bitta sektorida shikastlangan 
ma’lumotlar mavjudligini) taxlillaydi. Odatda, shunday dasturlar, ma’lumotlarni 
tiklash uchun murakkab vositalarni tavsiya etadi. Bu bo’lim (kategoriya)ga 
kiradigan dasturlar disklarni intensiv tekshirish, shikastlangan sektorlarni 
blokirovka qilish, fayllarni joyini o’zgartirish, shuningdek, ma’lumotlarni sektor 
bo’yicha to’g’rilash funktsiyalarini bajaradi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin