14
tanaffuslar, kiritish-chiqarish portlar va xotira manzillari foydalanilayotganligini
bilishingiz kerak. Har bir plataga o’ziga xos tanaffuslar va kiritish-chiqarish portlar
biriktirilishi kerak. Bu kategoriyaga tegishli dasturlarni ko’pincha
tarkibiy
tuzilmali (konfiguratsion) utilit deb atashadi.
Diagnostik dasturlar to’liq ma’lumot bermaydi, lekin, ular foydalidir. Har bir
dastur, aniq tipga tegishli muammoni aniqlashga mo’ljallangani uchun, butun
kompyuter uchun va disklarni tekshirish uchun alohida-alohida dasturlarni xarid
qilish kerak.
Testlash jarayoni uchun xos bo’lgan cheklanishlar. Masalan, tekshiruvchi
dastur qaysidir qurilmada, masalan, disk yurituvchida muammo borligini anikladi.
Diagnostika dasturlar kursatgan muammolar sababi boshka bo’lishi mumkin.
Bunday dasturlar muammoni keltirib
chiqqan qurilmaga emas, balki kompyuter
ostki tizimiga ilova qiladi. Ma’lum simptom bir nechta komponentalarga xos
bo’lishi mumkinligi uchun ko’p hollarda muammoli qurilmani aniq ko’rsatish
mumkin emas.
Hisobot oluvchi utilitlar. Ko’p hollarda kompyuterni ishlatishda kelib
chiqadigan muammolarni echish kaliti operatsion tizim har xil vositalariga, turli
apparat va dasturiy komponentalarni tekshirishga imkon berishdan iborat.
Ma’lumotlarni diagnostika qilish va tiklovchi utilitlar.
Qattik disklarni xolatini
taxlil etish va tiklash bir-biri bilan bog’lik. Siz shu vazifalarni alohida bajaradigan
dasturlardan yoki universal echimlardan foydalanishingiz mumkin.
BIOS yoki DOS, diagnostik dasturlardan olingan xatolar haqidagi
ma’lumotlar anik yo’llanmalarga asoslangan bo’lib unda ko’rsatilgan
ma’lumotlardan foydalanish mumkin, lekin ularga to’liq ishonib bo’lmaydi.
AMI BIOS ni ishlab chikaruvchi American Megatrends kompaniyasi bir
nechta utilitlar va maxsus uskunalarni tavsiya etadi. Shu erga Intel, AMD, Cyrix,
SGS Thomson va Texas Instruments kompaniyalarining
protsessorlarini
tekshirishga imkon beradigan, AMIDIAG dasturi xam kiradi. Protsessorlardan
tashkari bu dastur xotira, disk yurituvchi, kattik disklar, CD, DVD va BD - disk
23
yurituvchilar, videoadapterlar, USB,
parallel va ketma-ket portlar, ovoz platalari,
tarmokli adapterlar va boshkalarni tekshiradi. Yana bir utilitlardan biri - Smith
Micro Software ishlab chikaruvchi kompaniyasining Checkit utilitini keltirish
mumkin. Bu utilitning to’plamiga yana Computer Associates kompaniyasida ishlab
chiqarilgan Clean & Zip File Management Utility va InoculatelT Antivirusni xam
keltirish mumkin.
Diagnostik dasturlar o’z ishini bajarishi uchun ish vaktidagi kompyuterni
tekshirishi lozim.
Piter Norton uz faoliyatini uchirilgan fayllarni tiklaydigan utilitlardan
boshladi va uz imperiyasini yaratdi. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p
har xil utilitlar va
kompyuter diagnostika qiladigan uskunalar yaratildi, lekin Symante
kompaniyasining Norton Utilites utilitalar to’plami eng yaxshilaridan biri deb
hisoblanadi.
Bu to’plamda Norton Disk Doctor va Norton System Doctor utilitlari asosiy
deb xisoblanadi va kattik disk, xamda butun tizim ishini tekshiradi. System Watch
dasturi Windows tizim resurslarini nazorat qiladi va kelib
chiqadigan muammolar
to’g’risida ogohlantiradi.
Shu to’plamga tegishli yana bir utilit - bu Norton Uninstall Deluxe dasturi.
Uning vazifasi - Windows tizimida kerak bo’lmagan dasturlarni olib tashlash.
Norton CrashGuard Deluxe dasturi esa, kompyuter ishidagi nosozliklarni bartaraf
etadi hamda tizim fayllarni va parametrlarni tekshiradi.
Utilit to’plamlaridan yana biri Cyber Media kompaniyasi yaratgan McAfee
Utilities to’plamidir.
Dostları ilə paylaş: