Microsoft Word bmi b. Boltaev doc


Tizim to’g’risida ma’lumotni oluvchi dasturlar



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#119837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Tizim to’g’risida ma’lumotni oluvchi dasturlar. Bu dasturlar, kompyuterda 
o’rnatilgan apparat va dasturiy ta’minot bo’yicha, shuningdek, uskunalar 
foydalangan tanaffuslar, kiritish-chiqarish portlarni sozlash va boshqa resurslar 
to’g’risida keng ma’lumot beradi. Lekin, shunday dasturlar hech qanday sinash 
(testlash) funktsiyalarni bajarmaydi. Yangi platalarni, tarmoq adapterlarni, MIDI - 
qurilmalarni va nostandart tipdagi adapterlarni o’rnatishdan oldin qanday 


14 
tanaffuslar, kiritish-chiqarish portlar va xotira manzillari foydalanilayotganligini 
bilishingiz kerak. Har bir plataga o’ziga xos tanaffuslar va kiritish-chiqarish portlar 
biriktirilishi kerak. Bu kategoriyaga tegishli dasturlarni ko’pincha tarkibiy 
tuzilmali (konfiguratsion) utilit deb atashadi. 
Diagnostik dasturlar to’liq ma’lumot bermaydi, lekin, ular foydalidir. Har bir 
dastur, aniq tipga tegishli muammoni aniqlashga mo’ljallangani uchun, butun 
kompyuter uchun va disklarni tekshirish uchun alohida-alohida dasturlarni xarid 
qilish kerak. 
Testlash jarayoni uchun xos bo’lgan cheklanishlar. Masalan, tekshiruvchi 
dastur qaysidir qurilmada, masalan, disk yurituvchida muammo borligini anikladi. 
Diagnostika dasturlar kursatgan muammolar sababi boshka bo’lishi mumkin. 
Bunday dasturlar muammoni keltirib chiqqan qurilmaga emas, balki kompyuter 
ostki tizimiga ilova qiladi. Ma’lum simptom bir nechta komponentalarga xos 
bo’lishi mumkinligi uchun ko’p hollarda muammoli qurilmani aniq ko’rsatish 
mumkin emas. 
Hisobot oluvchi utilitlar. Ko’p hollarda kompyuterni ishlatishda kelib 
chiqadigan muammolarni echish kaliti operatsion tizim har xil vositalariga, turli 
apparat va dasturiy komponentalarni tekshirishga imkon berishdan iborat. 
Ma’lumotlarni diagnostika qilish va tiklovchi utilitlar. Qattik disklarni xolatini 
taxlil etish va tiklash bir-biri bilan bog’lik. Siz shu vazifalarni alohida bajaradigan 
dasturlardan yoki universal echimlardan foydalanishingiz mumkin. 
BIOS yoki DOS, diagnostik dasturlardan olingan xatolar haqidagi 
ma’lumotlar anik yo’llanmalarga asoslangan bo’lib unda ko’rsatilgan 
ma’lumotlardan foydalanish mumkin, lekin ularga to’liq ishonib bo’lmaydi. 
AMI BIOS ni ishlab chikaruvchi American Megatrends kompaniyasi bir 
nechta utilitlar va maxsus uskunalarni tavsiya etadi. Shu erga Intel, AMD, Cyrix, 
SGS Thomson va Texas Instruments kompaniyalarining protsessorlarini 
tekshirishga imkon beradigan, AMIDIAG dasturi xam kiradi. Protsessorlardan 
tashkari bu dastur xotira, disk yurituvchi, kattik disklar, CD, DVD va BD - disk 


23
yurituvchilar, videoadapterlar, USB, parallel va ketma-ket portlar, ovoz platalari, 
tarmokli adapterlar va boshkalarni tekshiradi. Yana bir utilitlardan biri - Smith 
Micro Software ishlab chikaruvchi kompaniyasining Checkit utilitini keltirish 
mumkin. Bu utilitning to’plamiga yana Computer Associates kompaniyasida ishlab 
chiqarilgan Clean & Zip File Management Utility va InoculatelT Antivirusni xam 
keltirish mumkin. 
Diagnostik dasturlar o’z ishini bajarishi uchun ish vaktidagi kompyuterni 
tekshirishi lozim. 
Piter Norton uz faoliyatini uchirilgan fayllarni tiklaydigan utilitlardan 
boshladi va uz imperiyasini yaratdi. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p har xil utilitlar va 
kompyuter diagnostika qiladigan uskunalar yaratildi, lekin Symante 
kompaniyasining Norton Utilites utilitalar to’plami eng yaxshilaridan biri deb 
hisoblanadi. 
Bu to’plamda Norton Disk Doctor va Norton System Doctor utilitlari asosiy 
deb xisoblanadi va kattik disk, xamda butun tizim ishini tekshiradi. System Watch 
dasturi Windows tizim resurslarini nazorat qiladi va kelib chiqadigan muammolar 
to’g’risida ogohlantiradi. 
Shu to’plamga tegishli yana bir utilit - bu Norton Uninstall Deluxe dasturi. 
Uning vazifasi - Windows tizimida kerak bo’lmagan dasturlarni olib tashlash. 
Norton CrashGuard Deluxe dasturi esa, kompyuter ishidagi nosozliklarni bartaraf 
etadi hamda tizim fayllarni va parametrlarni tekshiradi. 
Utilit to’plamlaridan yana biri Cyber Media kompaniyasi yaratgan McAfee 
Utilities to’plamidir. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin