Microsoft Word bmi b. Boltaev doc


Defragmentatsiyalash utilitlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#119837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Defragmentatsiyalash utilitlari. Fayllarni qattiq diskga saqlashda, amaliy 
tizim (AT) ularni bo’sh joylarga joylashtiradi. Hozirgina formatlangan diskda 
fayllar bir fragment ko’rinishida saqlanadi. Keyingi faylni saqlashni esa, AT 
oldingi faylni oxiridan boshlab, uni ham bir fragment ko’rinishida saklaydi. 
Birinchi faylni ochib, uni hajmini o’zgartirganingizdan so’ng 
defragmentatsiyalash jarayoni boshlanadi. AT yangi ma’lumotlarni faylni oxiriga 
saqlay olmaydi, chunki bu fayldan so’ng boshka faylni ma’lumotlari saqlanadi. 
Agarda ba’zi bir faylni ochmoqchi bo’lsangiz, qattiq disk FAT jadvaliga 
murojaat etadi, chunki bu jadvalda fayllar fragmentlari to’g’risida ma’lumotlar 
ro’yxati mavjud, lekin, fragmentlangan fayllarni ochish uchun ancha vaqt talab 
qilinadi, agarda, FAT jadvali shikastlangan bo’lsa ularni umuman o’qib bo’lmaydi. 
Bu muammoni echish uchun fayllarni defragmentatsiyalashni muntazam ravishda 
bajarishingiz tavsiya etiladi.  [13]. [14], [19]. 


32
14 
2.2. MS Windows tizimining standart utilit dasturlari. 
 
Reestrlarni sozlash. Operatsion tizimi bilan ishlashning asosiy 
momentlaridan biri reestr bilan ishlashdir. Reestrni to’g’ri sozlanishida AT, dastur 
komponentalarini va dasturlarni ish jarayonini ma’qullash (optimizatsiyalash) 
mumkin. Reestr tizimingizni aniqroq va batafsil sozlash imkonini beradi. 
Reestr - tarkibiy tuzilmasi ma’lumotni o’z ichiga olgan, amaliy tizimning 
ma’lumotlar bazasidir. Windows 9X va NT reestrlari qisman ajralib turishadi. 
Windows 95/98da reestrlar, Windows katalogida joylashgan SYSTEM.DAT va 
USER.DAT fayllarida mavjud. Windows Me da esa yana bitta LASSES.DAT fayl 
qo’shilgan. [12], [13]. [14], [19]. 
Microsoft reestr INI fayllarni o’rnini bosish kerak edi. INI fayllar faqatgina
amaliy tizimning ancha oldingi versiyalariga yo’naltirilgan eski dasturlar bilan 
moslashuvchanligi uchun koldirilgan. 
INI fayllarga muhim cheklanishlar qo’yilgan, ulardan asosiysi, INI fayllarning 
maksimal xajmi 64 Kbayt dir. 
Ogohlantirish: reestrga tegishli ma’lumotni, to’la to’kis ishonch hosil 
qilmaguningizcha, hech qachon xotiradan o’chirmang va o’zgartirmang. Aks holda 
bu xarakatlaringiz, Windowsning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin va 
ma’lumotlarni tiklashga to’g’ri keladi. 
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to’plamiga kiruvchi, regedit 
dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni 
bajarng buyrugini kiriting ( Puskg’Vo’polnitg’ regedit) va OK tugmasini bosing. 
Dasturni oynasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma 
(struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo’ladi, o’ng 
tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo’limda joylashgan kalitlar ro’yxati chiqadi. 
Redaktor yordamida kiymatlarni to’g’rilashingiz, reestrni import va eksport 
kilishingiz hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin. 


23
2.1-rasm regedit oynasini ishga tushurish. 
Reestr oltita bo’limdan iborat. Har bir bo’lim, oynaning chap kismida 
joylashgan va papka belgisi ko’rinishiga ega bo’lgan kism bo’limlarni o’z ichiga 
oladi. 
Reestr daraxtning chekli elementi - bu, uch tipga bo’linadigan kalitlardir: 
satrli (masalan, “:g’g’Windows”); 
ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi 
16 Kbayt; 
DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo’lib, o’n oltilik va o’nlik 
ko’rinishda aks etadi (masalan, 0x00000020 (32) - qavsni ichida kalitning o’nlik 
qiymati ko’rsatilgan). 
Endi joriy bo’limlarni ko’rib chikamiz, anikrogi, ular kanday ma’lumotga ega. 
Tartib bo’yicha boshlaymiz: 
HKEY_LASSES_ROOT. Bu bo’limda Windowsda qayt etilgan fayllar tiplari, 
shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. 
HKEY_URRENT_USER. Bu erda, Windowsra kirgan foydalanuvchi 
qobig’ini sozlatuvchilar joylashgan (masalan, “Pusk” menyusini, Ish stolini). Bular 
HKEY_USERg’name qism bo’limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu 
erda, name - Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda 


34
14 
kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsra doimiy kirish ishlatilsa, 
unda bo’lim qiymatlari HKEY_USERSg’.DEFAULT kism bo’limdan olinadi. 
HKEY_LOAL_MACHINE. Bu bulim kompyuterga tegishli, drayverlar, 
dasturiy ta’minotni urnatish va HKEY_USERS sozlash ma’lumotlarni uz ichiga 
oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows kobigini xam o’z ichiga oladi. 
Avval aytilgandek, aynan shu bulimdan HKEY_URRENT_USER bo’limga 
ma’lumotlar nusxalanadi. Barcha XKU (HKEY_URRENT_USER) dagi 
o’zgarishlar avtomatik ravishda XKU ga o’tadi. 
HKEY_URRENT_ONFIG. Bu bo’limda Pdug&Pday qurilmasining va 
apparat vositalari o’zgaruvchan bo’lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida 
ma’lumot joylashadi. 
HKEY_DYN_DATA. Bu erda esa foydalanuvchining kompyuterda 
o’rnatilgan ko’rilmalari haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu 
bo’limga tegishli ma’lumotlar Boshkaruv panelidan chaqirilgan, "Svoystva 
Sistemo’" (“Tizim xususiyat(xossa)lari”) oynasidagi "Ustroystva" ilovasida aks 
etadi. Bu bo’limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o’zgartiriladi. Shunday 
ekan, qo’l yordamida, ba’zi birlarini o’zgartirish tavsiya etilmaydi. 
HKEY_URRENT_USER va HKEY_LOAL_MACHINE bo’limlari katta 
imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo’lgan ko’rinishga olib 
keladigan sozlanishlar saqlanadi. 
Reg-fayllar tuzilmasi. Reg-fayl - bu, o’ziga xos tuzilmaga ega bo’lib, reestrga 
o’tadigan ma’lumotni, o’z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan 
ishlash imkoniyati bo’lmasa, unda reestrni to’g’rilash usulidan biri reg-faylni 
yaratish va boshka joyga o’tkazish usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta 
DOSdagi ximoyalangan rejimiga o’tish va boshka dasturlardan foydalanish 
mumkin, lekin bular xammasi murakkabrok buladi va asosan, uzok vaktda 
bajariladi). 
Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o’ziga xos talablar qo’yiladi. Faylning 
birinchi satrida, albatta, kuyidagilar kiritilishi lozim: 


23
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00 
(Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi 
qatorda bundan tashqari xech narsa bulmasligi kerak. Bu matndan so’ng, keyingi 
katorda Albatta bo’sh qator bo’lishi kerak. So’ngra, ba’zi bir parametrlarni 
o’zgartirish yoki kiritish lozim bo’lgan reestr bo’limini ko’rsatish zarur. 
Bo’limning nomi kvadrat qavslarga [...] olinishi shart. Har bir qatorda 
ko’shiladigan parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo’limlarga 
o’zgartirishlar kiritmoqchi bo’lsangiz, unda oldingi bo’limning oxirgi parametri va 
keyingi bo’limning nomi orasida bo’sh qator qoldirish lozim. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin