77
konstruksiyasi borasida umumiy ma`lumotga ega bo’lib, rejalashtirish bo’limi
xodimlari bilan birgalikda tajriba ma`lumotlari asosida ish hajmini aniqlaydi.
Namuna bo’yicha me`yorlashtirishda yangi mashina
yoki jihozni tuzilishi
jihatdan bir xil yoki o’xshash mahsulotlar nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Bunda ishning mehnat sig’imi turli omillar bo’yicha ko’rib chiqiladi va har
bir omil bo’yicha xususiy koeffisiyentlar aniqlanadi,
konstruksiyaning talabga
javob berishini hisobga oluvchi koeffisiyent konstruksiyaning murakkabligini
e`tiborga oluvchi koeffisiyent va h.k. So’ngra umumiy mehnat sig’imi
koeffisiyenti topiladi. Ushbu koeffisiyenti yangi mashina yoki mahsulotni
texnik tayyorlash mahsuloti mehnat sig’imidan
qancha farq qilishini
ko’rsatadi.
Detalli me`yorlashtirish usulida konstruktorlik va texnik tayyorgarlik
uchun vaqt sarfini hisobga olish amaldagi vaqt me`yorlari va normativlari
asosida olib boriladi. Ushbu norma va normativlar
mahsulot detallari
konstruktorlik va texnologik murakkabligi guruhi bo’yicha tuziladi.
Hisob tartibi quyidagicha:
1.
Loyihalashtirilayotgan mahsulotlar tarkibidagi original detallar soni
aniqlanadi.
2.
Original detallar konstruktorlik va texnologik murakkablik guruhi
bo’yicha taqismlanadi.
3.
Normativlar asosida ishlab chiqarishni texnik
tayyorlash har bir bosqichi
davomiyligi hisoblanadi.
Har bir bosqichning davomiyligi quyidagi formuladan hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: