Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish.
Korxonalarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob berishini ta`minlash uchun
texnik nazorat xizmati tashkil etadi.
Texnik nazorat - ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida
amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.
Texnik nazorat ob`yekti bo’lib korxonaga chetdan keltiriladigan
materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar mashinalar,
instrumentlar va boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonlari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari
va shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur.
80
Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga
majburiyatlarni aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma’naviy
rag’batlantirishning samarali usullarini qo’llashni talab etadi.
Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo’lishi, ya`ni talabdan
chetga chiqishni bartaraf etish emas, balki ularni paydo bo’lishini
ogohlantirish lozim. Amalga oshirish usuliga ko’ra texnik nazoratning vizual
(tashqi kuzatish), geometrik (o’lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy,
mexanik, metallografik (tarkibi chidamliligi tuzilmasini tekshirish) turlari
ajratiladi.
Nazoratda qo’llaniladigan texnik vositalarga ko’ra texnik nazorat qo’l,
mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo’linadi. Nazorat
qilinadigan ob`yektlarni qamranish darajasiga ko’ra umumiy va tanlama
nazorat bo’lishi mumkin.
Tugallangandan so’ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operasiyalar
xarakteriga ko’ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov
berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turlibosqichlarida)
va yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operasiyalaridan so’ng)
nazoratlarni ajratish mumkin.
Nazorat operasiyalarni ijrochilari bo’yicha maxsus nazorat xodimlari
tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan
amalga oshiriladigan nazoratga bo’linadi (3.11-jadval).
Bundan tashqari texnik nazorat operasiya bo’yicha va guruh bo’yicha
(operasiya guruhlaridan so’ng); doimiy va davriy; stasionar va
harakatlanuvchan bo’lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida
yakuniy umumiy nazorat, ta`mirlash korxonalarida dastlabki nazorat
(nosozlikni aniqlash) keng qo’llaniladi. Nazorat operasiyalarini bajarishda
korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita ishtirok etishi lozim.
3.11-jadval.Tikuvchilik korxonasida umumiy texnik nazoratning asosiy bosqichlari.
Nazorat mazmuni
Nazorat maqsadi
Nazoratni amalga
oshiriuvchi xodimlar
Boshlang’ich, dastlabki nazorat
Korxonaga keltirilayotgan
materiallarni tekshirish
Materiallardagi
deffektlarni aniqlash va
belgilash
qabul qiluvchilar,
brakchi-nazoratchilar
Oraliq operasiya bo’yicha nazorat
Ustki mato, astarlik
matolarni tekshirish
Defektlarning kelgusi
operasiyaga tushib
qolishining oldini olish
Brigadir
Operasiyalarni bajarilish
sifatini tekshirish
Tayyor mahsulotda
texnologik defekt-
arga yo’l qo’yilishining
oldini olish
Tikuvchilar
Belgilovchi operasiyalar
bo’yicha nazorat
Normativ texnik-
hujjatlar talabla-riga
rioya qilinishi
ni tekshirish
Yuqori malakali
tikuvchilar
Tayyor mahsulotga ishlov
berishni nazorat qilish
Sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarishga yo’l
Brigadir, bichuvchi
81
qo’ymaslik
Yakuniy nazorat
Tayyor mahsulotni omborga
topshirishdan avvalgi
nazorat
Mahsulotni texno-
logik ko’rsatkichlar
bo’yicha tekshirish
Nazoratchi
Tayyor mahsulotni yakuniy
nazorati
Mahsulotni estetik
konstruktiv-
ergonomik xususiyatlari
bo’yicha yakuniy
nazorat qilish
Bichuvchi,
buyurtmachi.
Dostları ilə paylaş: |