Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
197
Ey Navoiy, gar tilar ul sho‘x ozoring sening,
Kim deb erdikim, vafosiz elga mundoq zor bo‘l.
337
Vahki, bu bedil g‘amingdin o‘ldi, ey dilxoh, kel,
Ey ko‘ngul, sen dog‘n ul dilxoh ila hamroh kel.
Mumkin ermas og‘zim ichra kel demakdin o‘zga so‘z,
Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel.
Garchi dardimg‘a davo qilg‘ung yo‘q,
ammo hajr aro,
Asru qattiq holatimdin bo‘lg‘ali ogoh kel.
Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronag‘a,
Chok ko‘ksumdin buzug‘ ko‘nglum aro, ey moh, kel.
Oh o‘tin dedingki past aylay ziloli vasl ila,
Bu nafaskim shu’lasin gardung‘a chekmish, oh, kel.
Bir qadah bersang, qo‘yarmen butqa yuz,
ey piri dayr,
Ikkisin olib, boshimg‘a hasbatahullohu, kel.
Garchi kelmay-kelmay o‘lturdung Navoiyni valek,
Ey Masih, aning mazori boshig‘a gah-goh kel.
388
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sarig‘, yashil,
Shu’lai ohim chiqar har yon qizil, sarig‘, yashil.
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar
ul dasht aro har yon qizil, sarig‘, yashil.
Shishadek ko‘nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sarig‘, yashil.
Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko‘zlarimning oldida davron qizil, sarig‘, yashil.
La’lgun may tutqil
oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo‘q imkon qizil, sarig‘, yashil.
Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sarig‘, yashil.
Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama,
Bo‘ldi
nazming rangidiy devon qizil, sarig‘, yashil.
Dostları ilə paylaş: