Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
103
Kechkil avval jondin, andin so‘ng tama’ jonondin uz.
Kir fano dashtida ul bemehr mahvash ko‘yidin,
Ya’ni bo‘l ovorayu ummid xonumondin uz.
Mayg‘a, ey soqiy, ajal zahri ezib bir jom tut,
Tori ummidimni, ya’ni rishtai hnjrondin uz.
Ey Navoiy, gulshani davronu jonu xonumon,
Barchadin kechtim dema, lekin ko‘ngulni andin uz.
200
Bizni, ey ishqu junun, rasvoi
olam qildingiz,
Har ne rasvolig‘din afzunroq bo‘lur ham qildingiz.
Jonu ko‘nglimga malolat toshlari birla qoqib,
Dard ila anduh mismorini mahkam qildingnz.
Muncha bedodu sitamkim, qildingiz men telbaga,
Ishq aro shavqu muhabbat ahlig‘a kam qildingiz.
Chun men o‘ldum g‘am tuni ul tundin-o‘q
aylab libos,
Ne osig‘ gar charx ishin holimg‘a motam qildingiz.
Ishq dardidin o‘larmen bu kecha, ey do‘stlar,
Hajr zahridin magar zaxmimg‘a marham qildingiz.
Kishvari vasl ichra har kim aysh etar bo‘lsun halol,
Chun manga ovoralig‘ mulkin musallam qildingiz.
Sirri ishqim bilmagan el qolmadi, garchi manga
Nomabar qush o‘rnig‘a anqonn mahram qildingiz.
Gulshani
dahr ichra, ey bazmi tarab soqiylari,
Hajr xunobin nedin bizga damo-dam qildingnz.
Oxir, ey ishqu junun, yuz nav’ tuhmat aylabon,
Ham Navoiy sirri ishqin elga mubham qildingiz.
201
Bizga jonon vasli uldurkim, jamolin ko‘rgabiz,
Parda
ruxsoridin ochib, zulfu xolin ko‘rgabiz.
Bo‘lsa maydon azmi, yo‘lida tufrog‘ o‘lg‘abiz,
Qilsa gulgashti chaman, ra’no niholin ko‘rgabiz.
Tiyr boroni balo yog‘dursa jonlar qasdig‘a,
Novaki mujgon bila mushkin hilolin ko‘rgabiz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: