www.ziyouz.com kutubxonasi
17
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
ILM KITOBI 1-bob. Ilm fazilati to’g’risida.
Olloh taolo oyati karimasida:” Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab,martabasini ulug’ qilg’aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir ”,-deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa:”Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb ayt! ”-deyilgan.
2-bob. So’zga mashg’ul bo’lib turgan odamdan ilm(bilim) so’ralganda, uning so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida. Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir
majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy(badaviy) kelib:”Qiyomat
qachon?”,-deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom
etaverdilar.Ba’zi sahobalar:”Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar
shekilli”,-deb o’yladilar. Ayrimlari esa:”So’zini eshitmadilar”,-deb o’yladilar. Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach:”Qiyomat to’g’risida so’ragan odam
qani?”,-dedilar.A’robiy:”Mana men, yo Rasululloh”,-dedi.”Omonat(halollik) o’rtadan
ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il”,-dedilar.”Buni qanday bilsa bo’lur?”-dedi
a’robiy.”Ishing(kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!”,-dedilar”.
3-bob. Biror ilmni(bilimni) baland ovoz bilan aytmoqning mumkinligi haqida. Sahoba Abdulloh ibn Amr aytdilar:” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir safar
vaqtida bizdan orqada qoldilar.Asr namozi o’qiydigan vaqtda bizga yetib oldilar.Biz
tahorat olayotgan edik.Oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizda(suzni kam ishlatish
maqsadida) Rasululloh baland ovoz bilan:”O’t azobidan oyoq kaftlarning holiga voy!”-
deb uch marta nido qildilar”.