Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar:”Ko’nglimga, bu xurmo
daraxti bo’lsa kerak, degan fikr keldi(uyalib aytmadim,aytishga
uyaldim)”.Odamlar:”O’zingiz
aytib bering, yo Rasululloh”,-deyishdi. Rasululloh sallolohu
alayhi va sallam:”U xurmo daraxtidir”,-dedilar.
6-bob. Ollohning ilm to’g’risida nozil qilgan kalomi.
Olloh taolo oyati karimasida:”Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb so’ra!”,-deydi.
7-bob. Qur’on qiroatini muhaddis ko’rigidan o’tkazib olish lozimligi to’g’risida.
Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:”Bu joizdir”,-deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib
aytdi:”Olloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?” “Ha”,-dedilar Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z
qavmiga borib, Rasulullohdsn deb
rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on
muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib,tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on
o’rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir).
Anas ibn Molik aytadilar:”Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan
erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi.Keyin
dedi:”Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?” Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib
o’tirgan erdilar. “Mana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi”,-deb ko’rsatdik.
Rasulullohga
qarab:”Mutallibning o’g’limisiz?”-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shunda u Rasulullohga
qarab:”Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen,mendan hafa bo’lmangiz”,-
dedi.”So’rayvering”,-dedilar Rasululloh.”Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o’rtaga
qo’yib so’raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?”-
deb so’radi.”Ha”,-dedilar Rasululloh.”Ollohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen,5 vaqt
namoz o’qimog’imizni Olloh buyurdimi?”-dedi.”Ha”,-dedilar Payg’ambarimiz.”Ollohni
o’rtaga qo’yib so’raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib
bermoqni sizga Olloh
buyurdimi?”-dedi.”Ha ”,-dedilar.”Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,yilda biro y ro’za
tutmoqni Olloh buyurdimi?”,-deb so’radi.”Ha”,-dedilar.Shundan so’ng u kishi dedi:”Men
siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim
Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen”.
Dostları ilə paylaş: